Modulyatsiya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qiladigan signalni) o`zgartirishdir.
Demodulyatsiya — bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o`tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qiladigan signalga teskari o`zgartirishdir.
MODEM (Modulyator—Demodulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to`g`ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o`zgartirish qurilmasidir.
uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o`zgartirish;
q abul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o`zgartirish.
Ichki modem Tashqi modem
Kompyuter tarmog’ining turlari va ularning klasfikatsiyasi
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta`minoti orqali o‘zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Kompyuter tarmoq turlari. Uzatish kanallari orqali о’zaro bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bо’lib foydalanishni taminlaydi.
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar, katta hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma`lumotga ega bо’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish jarayonini butunlay о’zgartirib yubordi. Xizmat kо’rsatishning eng keng tarqalgan tarmog’i - elektron pochta orqali axborot almashuvni amalga oshirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |