Market I ng axborot t I z I mlar I
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq16-Taqdimot
Market i ng axborot t i z i mlar i Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlanishi, boshqarish tizimini mukamallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo’linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o’rtasida va ushbu korxona bilan o’xshash korxonalar va tashkilotlar o’rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fan-texnika taraqqiyoti o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo. Shuning uchun korxonada foydalanadigan axborotlarning miqdori keskin ortadi. Axborotlar etishmasa, yoki ulardan to’la foydalanilmasa, boshqarishda xatoliklarga yo’l qo’yilishi mumkin. Chunki bunday holda rahbar ishlab chiqarishning ahvoli haqida to’la ma'lumotga ega bo’lmaydi. Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish uchunhar qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to’g’risidagi ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar. Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va ob'ekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning etishmasligidan nolisalar, boshqalari noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar. Bundan tashqari, axborotning qanchalik haqqoniyligini aniqlash ham muammodir. Shuning uchun, hatto xorijda ham xaridor bozori sharoitida juda kamdan-kam firmalargina rivojlangan marketing axboroti tizimiga ega ekanliklari bilan maqtana oladilar. Ma'lumki, marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish uchun ham kerakdir. Ko’pgina marketologlarning ta'kidlashicha, axborot bilan bog’liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan tortib yarmigachasini tashkil qiladi. Iqtisodiy amaliyotda qo’llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflanishi mumkin. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling