Market I ng axborot t I z I mlar I


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1161289
1   2
Bog'liq
16-Taqdimot

Marketing axborot
tizimining modeli chizmasi


Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o’z
ichiga oladi:
1.
Marketing
faoliyatini
shakllantirishda
korxonaning
ichki
imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
2. Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va operativ
qarorlarini ishlab chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi haqidagi
axborot.
3. O’ziga xos harakterdagi qo’shimcha ma'lumotlarni olish maqsadida
korxonada o’tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari natijalari haqidagi
axborot.
4. Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma'lumotlarni yig’ish, ularni
tahlil qilish va prognozlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda).


Marketing axborot tizimlarining asosiy vazifasi marketing qarorlarini
qabul qilishda noaniqlikni kamaytirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni
doimo to’plab borishdan iborat. Tashqi manbalardan ma'lumotlar asosan
marketing razvedkasi va marketing tadqiqotlari asosida olinadi.


Marketing razvedkasi - bu, birinchi navbatda, marketing
rejalarini ishlab
chiqish va ularni to’g’rilash uchun zarur bo’lgan
marketing tashqi muhitining o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni
to’plash bo’yicha tizimli faoliyatdir. Ichki axborot olingan natijalarga
qaratilsa, marketing razvedkasi tashqi muhitda ro’y berishi mumkin
bo’lgan hodisalarni o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing razvedkasi
ma'lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma'muriyat, muhandislar,
xaridlar bo’yicha agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta'minotchilar,
vositachilar va xaridorlar etkazib berishlari mumkin. Razvedka
ma'lumotlarini maxsus tadqiqotchi firmalardan ham olish mumkin.


Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib
beradi. Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va
boshqa resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan
resurslarni tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish
sharti bilan amalga oshiriladi. Bu erdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning
o’sishi uchun mahsulot tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur,
boshqacha qilib aytganda xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan
qat'iy nazorat siyosatini olib borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z
ishida
marketing
qarorlarida
quyidagi
ko’rsatkichlarni
hisoblash
va
foydalanishni bilishi kerak:
mahsulotning me'yoriy va haqiqiy tannarxi;
to’g’ri va egri xarajatlar;
chegaralangan foyda;
foydalilik nuqtasi;
narx chegirmalari.


Monitoring deb aniq belgilangan, tor doiradagi ma'lumotlarni
doimiy to’plash, izlash tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy
axborot vositalarini o’rganishda eng ko’p tarqalgan. Ko’pincha
monitoring ob'ekti bo’lib reklama va, birinchi navbatda, uning
radio va, ayniqsa, televidenie kabi vositalari hisoblanadi. Quyida
batafsil yoritiladigan marketing tadqiqotlari bozor rivojlanishining
tendentsiyalari va jarayonlari, uning sig’imi, sotilishlar dinamikasi,
raqobatchilarning xatti-harakatlari, shuningdek, iste'molchilar xatti-
harakatlarining
sabablari,
mahsulotning
raqobatbardoshligi,
rag’batlantirish va reklamaning samaradorligi, taqsimlash kanallari
va boshqalarga nisbatan qo’llanadi.


Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, korxonadagi axborot tizimlari turli xil
rivojlanish bosqichida bo‘lishi mumkin, shu jumladan: - ma'lumotlarni
hisobga olishning oddiy modeli; - marketing hisobotlari tizimi; - turli
hisob-kitob modellarini qo‘llashga mo‘ljallangan tizimlar; - marketingni
prognozlash tizimi va hokazo.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling