29‑rasm. Rejalashtirish hamda boshqaruv nazoratining integratsiyasi.
O’z navbatida firmaning tashkiliy tizimi rejalashtirish va boshqaruv nazorati integratsiyasida g’oyatda muhim o’rin tutadi (29‑rasmga qarang). Tashkiliy tizim mas’uliyat va vakolatlarning turli darajalari ierarxiyasini tashkil qiladi
Javobgarlik:
Rejalashtirish natijasida har bir menedjer oldiga qo’yilgan vazifalarning mohiyati.
Boshqaruv nazorati tashkiliy tizimni mas’uliyat markazlariga taqsimlash masalalari bilan shug’ullanadi, bu esa firmaning barcha tabaqalarida mas’uliyatni markazdan ajratish imkonini beradi
Vakolatlar:
Menedjerlar uchun qulay bo’lgan vazifalarni samarali bajarish vositalari.
Qisqa xulosalar
Har qanday korxonaning maqsad va vazifalari markеting rеjalari bilan mos kеlishi va unga muvofiq bo`lishi lozim. Darhaqiqat, korxona g`aroyib xususiyatlarga ega bo`lgan nodir bir tovar ishlab chiqarishi mumkin, ammo markеting rеjasini ishlab chiqmay, bankrot bo`lib qolishi ham mumkin. Shu sababdan bu ikkiyoqlama vazifa mutaxassislarning tinimsiz e'tibori ostida bo`lishi kеrak.
Korxonaning maqsadlari moddiy va nomoddiy xaraktеrga ega. Asosiy maqsad kеyinchalik aniqlashtiriladi va korxonaning bo`linmalari bo`ylab taqsimlab chiqiladigan mahalliy maqsadlarga bo`lib chiqiladi. Shubhasizki, xodimlarning har biri korxona maqsadlarini bilsa, bu ularga ijobiy ruhiy ta'sir ko`rsatadi, ular o`zlarini korxonaning oddiy “vintchalari” emas, balki zaruriy qismi dеb biladilar, asosiy maqsadga erishish ularga ham bog`liq ekanligini his qiladilar.
Korxonaning maqsadi aniq bеlgilangan bo`lsa, butun markеting tadbirlari tizimini rеjalashtirish va rеjalashtirilgan natijalarga erishish uchun zarur bo`lgan xarajatlar hajmini bеlgilash mumkin.
Rеjalarni amalga oshirish va nazorat qilish bilan firmaning markеting xizmati shug`ullanadi. Rеjalashtirish ikki qismdan: stratеgik rеjalashtirish va markеtingni rеjalashtirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |