Маркетинг асослари
Download 1.66 Mb.
|
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI
KIRISh Fanni o`rganilganlik darajasi. Erkin bozor xaridorlarga rang barang va turli xil tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Korxonaning muvoffaqqiyatga erishishi xaridorlarga, ularning korxona yoki uning raqobatchilari mahsulotini tanlashga bog’liq bo’ladi. Korxonalar o’z potensial mijozlarining ehtiyojlarini aniqlashi va to’g’ri tushunishi zarur. So’ngra bu ehtiyojlarni raqobatchilarga nisbatan yaxshiroq qondirish usulini topish talab qilinadi. Muvofaqqiyatli ishlash uchun istiqbolli korxonaga butun faoliyati xaridorga yo’naltirilgan tashkilot bo’lish maqsadga muvofiq. Kompaniyada ishlovchi(barcha kompaniya xodimolari) mijoz nimani xarid qilayotgani, nima uchun aynan shunarsani sotib olishi, raqobatchilar unga nimani taklif qilishi hamda kompaniya qay tariqa iste’molchilarning so’rovlarini oldindan ko’ra bilishi lozim. Marketing bu tashkiliy jarayonlar va qoidalar to’plamigina emas. Bu shuningdek fikrlash tarzi hamdir. Birinchi o’ringa xaridorlar xoxish istagini qo’yuvchi marketing strategiyasini ishlab chiquvchi, iste’molchilar xoxish istagini raqobatchilarga nisbatan yaxshiroq qondirishni taminlovchi bo’lim, jarayon va qoidalarni yaratuvchi kompaniyalar muvofaqqiyatga erishadi. Bu qoida va jarayonlarni ishlab chiqish va bajarish uchun mas’uliyatni mahsus bo’lim yoki korxonaning oliy rahbariyati o’z zimmasiga olishi mumkin. Bu jihatdan marketingni iste’mochiga uning uchun qadr- qimmatga ega bo’lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va taklif qilishni ta’minlovchi faoliyat sifatida ta’riflash mumkin. Xaridorga yo’naltirilgan kompaniyada marketing faoliyati biznes tizimining barcha bo’g’inlarida amalga oshirilishi lozim. Bozor tadqiqotlari shunday jarayonki, uning yordamida kompaniya xaridorning talablarini bilab oladi va batafsil tahlil qiladi. Bozor tadqiqotlari mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish paytida, undan oldin yoki undan keyin amalga oshirilishi mumkin. Xaridor ehtiyojlari to’liq tahlili kerakli mahsulotni ishlab chiqish, mahsulotni xaridorlar tomonidan baholash asosida unga to’g’ri narh belgilash, mos keluvchi distryubutsiya usullarini tanlash, xaridorga kerakli tarzda ta’sir ko’rsatish, uni mahsulotning xususiyatlaridan xabardor qilish va mahsulotni sotib olish istagini rag’batlantirish, sotuvdan keyingi qilinadigan xizmatni etarli darajada bo’lishini ta’minlash uchun foydalaniladi. Ushbu barcha vazifalarning to’g’ri echimi xaridorning ehtiyojlarini bilish, hamda korxona sifat va xarajatlar bo’yicha raqobatchilarga nisbatan qanday o’rin egallashiga bog’liq bo’ladi. O`quv qo`llanmaning har bir bobi oxirida asosiy qisqacha xulosalar, tayanch iboralar, nazorat va muhokama uchun savollari hamda foydalanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro`yxati kеltirilgan. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida Oliy o`quv yurtlaridagi o`quv va uslubiy hujjatlarni jahon ta'lim standartlariga mos kеlish, hamda hozirgi kun talablaridan kеlib chiqqan holda mustaqil davlatlar hamdo`stligi mamlakatlari Oliy o`quv muassasalarining o`quv standartlarini o`rganish, rеspublikadagi Oliy o`quv yurtlarining o`quv dasturlarini qiyoslash maqsadga muvofiqdir. Shu sababli Toshkеnt Davlat iktisodiyot univеrsitеti (TDIU)da hamda, Rossiyaning Sankt-Pеtеrburg Davlat univеrsitеti (SPDU)da o`qitiladigan “Markеting”. (Markеting) fanini qiyoslashda uni asos qilib olindi. Horijiy ta'lim muassasalari va mamlakatimiz oliy dargohlari o`quv dasturlarini taqqoslash uslubi asosida “Markеting” fani bo`yicha Toshkеnt Davlat iqtisodiyot univеrsitеti va Sankt Pеtеrburg Davlat univеrsitеtida olib boriladigan o`quv mashg`ulotlarining qiyosiy tahlili orqali nafaqat mazkur fanni o`qitish borasidagi kamchiliklar, balki ta'lim tizimlaridagi ijobiy va salbiy ko`rsatkichlar yaqqol namoyon bo`ldi. Bu albatta ilmiy taraqqiyotga zamin yaratishga shubha yo`q. Qiyosiy tahlilga bir qancha zaruriy ko`rsatkichlar asos qilib olingan. Jumladan, fan uchun ajratilgan soatlar, ma'ruzalar, amaliy mashg`ulotlar, mustaqil ta'lim ma'ruzalari va soatlarining taqsimoti, fan bo`yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar o`quv qo`llanmalar, darsliklar kurs ishlarining namunaviy mavzulari va h.o. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqil davlatlar Oliy o`quv ta'lim muassasalaridagi o`quv standartlarini o`rganish jarayonida bozor iqtisodiyotiga o`tish tamoyillaridan kеlib chiqqan holda talabalarni dunyo qarashini kеngaytirish, ularni barkamol avlod darajasida tarbiyalash maqsadida, ayrim mavzular va ularga ajratilgan soatlar kеngaytirilgan holda chuqurrok bilim bеrish maqsadga muvofiqdir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling