Маркетинг асослари


Tadqiqotda ko’rib chiqiladigan muammolar qatoriga quyidagilar kiradi


Download 1.66 Mb.
bet7/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

Tadqiqotda ko’rib chiqiladigan muammolar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • bozor yoki uning alohida segmentlarining sig’imi;

  • savdoning kon’yunktura yoki istiqbol nuqtai nazaridan tadqiqotlari;

  • xaridorlar fe’l‑atvorini o’rganish (firmaning tovarlariga munosabat, xarid sabablari, xarid usullari)

  • raqobatchilar faoliyatini o’rganish;

  • yangi tovar kiritilishiga ko’zda tutilayotgan javob reaksiyasini tadqiq etish.

2.2. Tadqiqotlarning o’tkazilishi


Tadqiqotlardan ko’zlangan maqsadni amalga oshirish uchun olti asosiy bosqichlarni bosib o’tish lozim:


1. Tadqiqotni tayyorlash - gap tadqiqotning bozorni umuman yoki uning alohida tarkibiy qismlarini tahlil qilish bo’yicha maqsad va chegaralarini aniq belgilab olish haqida bormoqda.
Hamma ishlar avvalo kabinetda amalga oshiriladi, so’ngra suhbatga, tekshiruvlar va mavjud materiallarni o’rganish asosida o’tkaziladi.
2. Tadqiqotlarni o’tkazish - talab qilinayotgan axborotni olish maqsadida aloqa o’rnatishga qaratilgan ishchi bosqich (turli shakldagi intervyular, so’rov varaqalari, suhbatlar). Jismoniy shaxslar (aholi), sotuvchilar, firma rahbarlari tadqiqot ob’ekti bo’lishlari mumkin.
3. Axborot yig’ish -1- hamda 2-bandlar umumlashtiriladi va maqsadga erishish taktikasi shakllanadi.
4. Interpretatsiya -3-bandning natijalari bozorga kirishning eng muvofiq va mos keluvchi modeli tanlangan holda turli xilda modellashtiriladi.
5. Natijalarni amalda qo’llash -4-banddagi muammolar nihoyasiga etgach tanlangan qaror (model) asosida rejani amalga oshirishning mufassal (ishchi) qarorlari ishlab chiqiladi.
6. Nazorat - qarorlarni ro’yobga chiqarish jarayonida turli bosqichlar davomida tezkor tuzatishlar kiritish maqsadida doimiy nazorat amalga oshiriladi.
Tadqiqot bozorda faoliyat ko’rsatayotgan va bozorga chiqishga qaror qilgan korxona tomonidan doimo etarli darajada o’tkazilib turilishi lozim. Raqobatchi firmalar haqidagi axborotni yig’ish va qayta ishlash namunasi 1‑rasmda keltirilgan.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling