Xizmat ko’rsatish saviyasi quyidagi omillarga bog’liqdir:
buyurtmalarni bajarish tezligi;
tovarni tezda etkazib berish;
yaroqsiz deb topilgan tovarni tezkorlik bilan qabul qilib olib, uni eng qisqa muddatlarda almashtirib berishga hozir turish;
transportning har qanday turidan foydalanish; yuqori saviyadagi xizmat ko’rsatish (servis); yaxshi yo’lga tashkil qilingan omborlar tarmog’i;
tovar va ehtiyot qismlarning etarli miqdorda mavjudligi;
narx‑navo darajasi.
Bu omillarning hech qaysisi o’zicha alohida hal qiluvchi omil emas. Shuning uchun kompleks yondashuv mutlaqo zarurdir. Taqsimot tizimiga marketingning ichki va tashqi muhitiga oid elementlar kiradi.
Ichki muhit elementlari quyidagilardir:
xaridorlarning buyurtmalari ustida ishlash;
ta’minotchilar tomonidan etkazib berilgan ehtiyot qismlar sifatini nazorat qilish;
tovarni transport xizmati talablariga muvofiq holda o’rab tayyorlash (o’rash);
bojxona hujjatlarini sug’urta qildirish va rasmiylashtirish;
tovarni yuklab jo’natish va yukning harakatini nazorat qilish.
Tashqi muhit elementlariga quyidagilar kiradi:
tashish bo’yicha firma;
vositachilar va ularning omborlari;
savdo tarmog’i (do’konlar).
Tabiiyki, bu ro’yxatda mazkur elementlarning qaysisidir bo’lmasligi va boshqalari ishtirok etishi mumkin.
Taqsimot tizimining asosan ikki hil varianti mavjud:
a) ishlab chiqaruvchi firma bilan xaridor o’rtasidagi bevosita aloqa;
b) tovarning “ishlab chiqaruvchi - eksportchi - importchi - ulgurji savdogar - chakana savdogar - sotuvchi - xaridor” zanjiri bo’ylab harakatlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |