Mavzu: ujkx (Uy-joy kommunal xizmati) xizmat turidan foydalanish va joriy etish Ishdan maqsad


Download 5.71 Mb.
Sana19.08.2023
Hajmi5.71 Mb.
#1668387
Bog'liq
Hisobot 6


Mavzu: UJKX (Uy-joy kommunal xizmati) xizmat turidan foydalanish va joriy etish
Ishdan maqsad: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini amalda qo’llab, uning “UJKX” xizmat turidan foydalanish. Uning bo’limlari, faoliyat maqsadlaridan foydalanish.
Masalaning qo’yilishi: Talaba my.gov.uz portal, ya’ni yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan “UJKX” xizmat turi orqali uning bo’limlariga kirishi hamda ular orqali davlat tashkilotiga murojaat etishi mumkin.
Ishni bajarish jarayonni: Birinchi bo’lib qiladigan ishimiz my.gov.uz portaliga kirishdan oldin chrome yoki google ga ONE ID deb yozib undan keyin bizga quyidagi oyna hosil bo’ladi.

ONE ID ga kirganimizdan so’ng strelka bilan ko’rsatilgan “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” bo’limiga kiramiz.Keyin quyidagi oyna hosil bo’ladi:

Kirganimizdan so’ng bir qancha xizmatlar ro’yxatini ko’rishimiz mumkin. Bu ro’yxatlardan “UJKX” bo’limiga kiramiz. Kirganimizdan so’ng quyidagi oyna hosil bo’ladi:

UJKX” bo’limida xizmatlar ro’yxati berilgan bo’lib, unda 26 ta xizmat turi mavjud ekan. Ulardan foydalanishni ko’rib chiqamiz. Birinchi “Ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o’tkazish” bo’limi bo’lib, unga kirganimizda quyidagi oyna hosil bo’ladi:

Bu bo’lim orqali siz ichimlik suvi hisoblagichidagi to’lovni amalga oshirishingiz mumkin.

Ikkinchi oynada siz turadigan obyekt turar joy yoki noturar joy ekanligini belgilashingiz kerak. Belgilaganingizdan so’ng quyidagi oyna hosil bo’ladi:

Ikkinchi oynada siz berilgan arizani to’ldirishingiz kerak. To’ldirganingizdan so’ng sizga to’lov summasi ko’rsatib beriladi. Navbatdagi xizmat turini ko’rib chiqamiz. Keyingi “Sovuq suv hisoblagichini yechish, o’rnatish va tamg’alashga ariza yuborish” xizmat turi ekan.

Xizmatdan foydalanishga kirganimizdan so’ng quyidagi oyna hosil bo’ladi:

Bu oynada “Xizmatdan foydalanish turi” berilgan bo’lib, bu yerda bir qancha xizmat turlari berilgan. U yerdan sizga qaysi xizmat turi kerakli bo’lsa o’shani tanlab foydalanishingiz mumkin. Tanlaganingizdan so’ng pastdagi “Keyingisi” tugmasini bosib, ikkinchi qadamga o’tasiz va o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to’ldirasiz:

Navbatdagi “Issiq suv hisoblagichini qiyoslash” xizmat turi bo’lib, bunda siz issiq suv hisoblagichi to’lovi summasi miqdorini ko’rishingiz va uni to’lashingiz mumkin.

Quyida berilgan oynada bu xizmat turiga kirganingizdan keyin birinchi qadamda “Keyingisi” tugmasini bosganimizdan so’ng ikkinchi qadamga o’tiladi va bu qadamda siz foydalanuvchi ma’lumotlarini to’ldirishingiz kerak bo’ladi va undan keyin to’lovni amalga oshirishingiz mumkin:

Keyingi xizmat turi “Elektr energiya hisoblagichini yechish va o’rnatish” :

Bu xizmat turiga kirganimizda quyidagi oyna ochiladi va bu oynadagi birinchi qadamda “Xizmatdan foydalanish turi” berilgan bo’lib, ulardan birini tanlab, “Keyingisi” tugmasini bosamiz va ikkinchi qadamga o’tamiz:

Ikkinchi qadamga o’tganimizdan so’ng ma’lumotlar hosli bo’ladi va siz bu yerga foydalanuvchi ma’lumotlarini kiritishingiz kerak bo’ladi.


Navbatdagi xizmat turi “Kommunal ma’lumotlarini to’g’irlash” ekan:

Bu xizmat turidan foydalanganimizdan so’ng quyidagi oyna hosil bo’ladi:

Bu yerda birinchi qadamda foydalanuvchi kadastr raqamini kiritishingiz va xizmatni tanlashingiz kerak. Masalan, men elektr ta’minot xizmatini tanladim, undan so’ng pastda elektr uchun hisob raqam joyi chiqadi va bu yerga kerakli hisob raqamini kiritganingizdan so’ng sizga kommunal xizmatlar jadvalini chiqarib beradi. Siz xizmatingizni tanlashingiz va u haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Keyingi xizmat turi:

Kommunal xizmatlar” xizmat turidan foydalanganingizda quyidagi oyna hosil bo’ladi:

Men foydalanib ko’rdim. Mening nomimda kommunal xizmatlar bo’lmaganligi sababli chiqarib bermadi. Agarda siz kommunal xizmatlarga ega foydalanuvchi nomidan kirsangiz sizga ma’lumotlarni taqdim etadi.
Qolgan xizmat turlaridan ham mana shunday foydalanib ko’rib, o’zingizga kerakli ma’lumotlarga ega bo’lishingiz va muammolaringizni tezda hal qilishingiz mumkin.
Download 5.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling