Маркетинг асослари


-BOB. MARKETING ASOSLARI 1.1. Marketingning mohiyati, mazmuni va maqsadlari


Download 1.66 Mb.
bet2/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

1-BOB. MARKETING ASOSLARI




1.1. Marketingning mohiyati, mazmuni va maqsadlari


Marketing xo’jalik sub’ekti ish faoliyatining barcha jihatlarini - muayyan texnologiyadan foydalangan holda tovarni ishlab chiqarish g’oyasidan tortib to tovarni xaridorga etkazib berilishigacha bo’lgan barcha jarayonlarni tashkil qilish va boshqarish tizimidir.


Marketing muayyan xo’jalik yuritish tizimi va ishlab chiqarish‑bozor muammolarini echish uslubi sifatida yuzaga kelgan bo’lib, bu xo’jalik yuritish sub’ektining assortimentning keskin kengayishi, tez yangilanishi, bozordagi raqobat va boshqalar natijasida ishlab chiqarish va tovarlarni sotish muammolarining murakkablashuvi kabi jarayonlarga javob reaksiyasidir.
Marketing murakkab, serqirra va dinamik voqe’likdir. Shu sababdan marketingga yagona umumiy ta’rif berib, uning mohiyati, tamoyillari va funksiyalariga muvofiq keladigan, to’liq tavsif berib bo’lmaydi.
Hozirgi paytda marketingga berilgan 2000 ga yaqin ta’riflar mavjud bo’lib, ularning har biri o’ziga xos ravishda marketingning u yoki bu jihatini ko’rib chiqadi yohud unga umumiy tavsif berishga urinadi.
Masalan, F. Kotler shunday deydi: “Marketing - ehtiyoj va zaruratlarni almashuv vositasida qondirishga qaratilgan inson faoliyatining bir turidir”.
Doktor A. Folo (Italiya) shunday deydi: “Marketing bu - bozorni unda harakat qilish va o’sish maqsadida bilishdir”.
Bundan tashqari marketingning “tovarning (xizmatning) ishlab chiqarishdan iste’molchigacha bosib o’tadigan butun yo’li” yoki: “Bozordan oqilona foydalanish va uni ishlatish” ekanligi haqida boshqa fikrlar ham bor.

1.2. Marketing nimaga xizmat qiladi?


Marketing korxonaga bozorga muvaffaqiyatli yaqinlashish uchun zarur bo’lgan ma’lumot va axborotlarni muntazam yig’ib borish uchun xizmat qiladi, bu esa quyidagi savollarga aniqroq javob bera olish uchun kerakdir:



  1. Qaysi assortimentdagi tovarlarni ishlab chiqarish kerak?

  2. Qaysi bozor yoki uning segmentlarida savdo qilish kerak?

  3. Mahsulotga qaysi sifat standartlarini qo’llash lozim?

  4. Ishlab chiqarish miqdori qanday bo’lishi kerak?

  5. Qanday narxda ishlab chiqarish lozim?

  6. Iste’molchilarning qanday ehtiyojlarini qondirish kerak?

  7. Savdo uchun qaysi kanallardan foydalanish lozim?

  8. Savdoni qanday tashkil qilish kerak?

  9. Tovarni qanday taklif qilish kerak?

  10. Qanday qilib savdo hajmini olishirish mumkin?

  11. Savdo jarayonini qay yo’sinda nazorat qilish mumkin?

  12. Raqobatda qanday qilib engib chiqish mumkin?

  13. Savdo siyosatini qanday yaxshilash kerak?

  14. Iste’molchiga qanday ta’sir o’tkazish mumkin?

  15. Istiqbolni qanday programmalashtirish kerak?

Marketingning eng muhim xususiyati - uning maqsadga yo’nalganligi va majmuaviyligidir.
1. Korxona marketingining maqsadi berilgan muddat ichida rentabellikni ta’minlashdir.
2. Majmuaviylikning mazmuni shuki, muayyan marketing tadbirlari (ehtiyojlarni tahlil qilish, bozor istiqbolini belgilash, o’z imkoniyatlarini baholash va boshqalar) alohida olganda samara bermaydi. Faqat umumlashgan, dasturiy‑maqsadli yondashuvgina bozorda muvaffaqiyatli harakat qilishga imkon beradi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling