MARKETING KOMMUNIKATSIYASINI REJALASHTIRISH REJA: - 1. Kommunikatsiya vositalarini tanlash;
- 2. Mediarejaashtirish;
- 3. Marketing kommunikatsiyalari byudjetiga ta’sir etuvchi omillar;
- 4. Marketing kommunikatsiyalari byudjetini rejalashtirish usullari.
Marketing kommunikatsiyalari tadbirlarini amalga oshirish ularni tarqatish xarajatlari, ayniqsa, reklama xarajatlari katta bo’lishini talab qiladi. Shu sababli ularning ta’sir samaradorligi, kommunikatsiya kampaniyasi g’oyalarini qo’yilgan maqsadlarga muvofiq maksimal uzatishga talablar adolatlidir. Kommunikatsiya vositalaridan foydalanishni rejalashtirish murojaat vositalarini tanlash, ularni maqsadli bozorlargacha yetkazish, ulardan qanday foydalanish va har bir vositaga qancha mablag’ sarflash, kommunikasion ta’sir jadvalini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Kommunikatsiya kampaniyalari uchun reklama qilishda foydalaniladigan vositaga asosiy talablar KOMMUNIKATSIYA VOSITALARINI TANLASH Reklama vositalarini ishga tushirishda muloqot doirasini qamrab olish muhim fursat hisoblanadi. Reklama xabarini shunday joylashtirish kerakki, uni maqsadli muloqot doirasi ko’rishi va eshitishi lozim. buning uchun eng to’g’ri keladigan vaqt tanlanadi. Masalan, kech oqshom va erta tongda odamlar, qoidaga ko’ra, bo’shashgan holatda va axborotga ta’sirlanuvchanlik darajasi yuqori bo’ladi. MEDIAREJALASHTIRISH Kommunikasion ta’sir vositalarini tanlash menejerlardan mediarejalashtirish ko’ikmalarini, kommunikatsiya vositalari va vaqtini kombinasiyalash mahoratini, axborot tarqatish maqsadlari qo’yishni, maqsadli bozor imkoniyatlarini baholashni, mavjud moliyaviy resurslar doirasida kommunikasion ta’sir jadvali ishlab chiqishni talab etadi. Mediarejalashtirishga ishonchlilik, o’z vaqtidalik, sermazmunlik, komplekslilik va bir vaqtning o’zida qo’yilgan vazifalarga erishish mumkinligini ta’minlash borasida qator majburiy talablar qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |