Marketing strategiyasi


Bozor imkoniyatlarini o'rganish


Download 32.99 Kb.
bet5/5
Sana19.04.2023
Hajmi32.99 Kb.
#1365538
1   2   3   4   5
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MARKETING STRATEGIYASI

2. Bozor imkoniyatlarini o'rganish


Bozor o'zgarmas emas va doimo uni o'rganish, savdo imkoniyatlari masalasi bo'yicha ma'lumotlarni tahlil etishni talab qiladi. Bozorni o'rganish maqsadni belgilash va izlanish rejasini tuzishdan boshlanadi. Undan keyin bir necha yil davomida mahsulot sotish natijalari tahlil qilinib, xato va noaniqliklar aniqlanadi, marketing bo'yicha mutaxassislar fikri o'rganiladi. Ixborot turli manbaalar: matbuot, reklama, telefon orqali, so'rov anketalari tarqatish va yig'ish vositasida yíg'iladi. Anketa so'rovi intervyu olish yoki telefon orqali so'rov o'tkazish bilan to'ldirilishi mumkin. Bozorda rnavjud vaziyatni bilgan hołda korxonada ishlab chiqarish va ta'minlov-savdo faoliyatini rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish mumkin.
Korxonalar davriy ravishda (yiliga bir necha marła) bozordagi o'z holatini anqlashi lozim. Bozorning potensial sig'imi deganda ma'lum vaqt davomida amalga oshirish murnkin bo'lgan savdo hajmi tushuniladi. Uzoq istiqbol uchun rejalar 15—20 yilga, o•rta muddatli 5 yil, qisqa muddatli 1 —2 yilga mo s ljallangan bo'ladi.
Bozorga yangi mahsulot chiqarishda bozor sig'imini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bozor sig'imi va konyukturasini o'rganish bilan korxonadan tashqari yoki uning tapshirig'i bilan boshqa xo'jalik hisobida ishlovchi tashkilot (KITI, marketing izlanishlari bo'yicha shirkat) shug'ullanishi mumkin. Xo'jalik hisobi asosida ishlovchi pulli axborot-maslahat beruvchi bunday tashkilotlar barmog'ini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu tashkilotlar o'rtasida raqobat munosabatlari bo'lishi ham muhimdir.
Bozorni o'rganish bo'yicha tadqiqotlar Olib borish ko'p mablag' talab etadi, shu sababli mavjud axborot manbalaridan iloji boricha keng foydalanish lozim. Tadqiqot davomida barqaror qonun va qonuniyatlarni aniqlash muhimdir. Bozor sig'imini o'rganish bo'yicha marketing izlanishlarini Olib borishda raqobatchilar faoliyatini, reklama, savdo siyosatini, tovarlar assortimentini, texnik xizmat, bo'limlar tashkiliy tuzilishini tahlil etishni unutmaslik kerak. Bozor bu orzu emas, balki qat'iy, ba'zan shafqatsiz, hayolni tan olmaydigan, o'ylab qadam bosish lozim bo'lgan haqiqatdir.
Bozor korxonalarni demonopollashtirish, qat'iy raqobat kurashi, korxonaning butun xo'jalik mexanizmini qayta tashkil etishni, ilg'or texnologiyani joriy qilish, loyiha-konstruktor mutaxassislarining malakasi yuqori bo'lishiga, marketing bo'yicha tajribaga ega bo'lish va boshqalarni ko'zda tutadi. Juda ilg'or g'oya va tajriba-konstruktorlik žoyihalari mavjud bo'lsa ham, zamonaviy taxnologiyasiz jahon bozori talablariga javob beruvchi mahsulot ishlab chiqarib bo'lmaydi. Yangi texnologiya sotib olish uchun valyuta ishlab topish kerak. Umumiy hołda bozorni egallash strategiyasi quyidagicha bo'ladi:

  • qator tadbirlarni amalga oshirish hisobiga dastlabki jamg'arish (maqsadni aniqlash, tashkiliy tarkibni łakomillashtirish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, ishlab chiqarish intizomini kuchaytirish, mehnat va moddiy xarajatlarni qisqartirish va h.k.);

  • yangí texnologiyalarni, imkoni bo'lsa, qo'shma korxona tuzish yo'li bilan sotib olish; iqtidorli menejer va konstruktorlarni jalb etish yo'li bilan yangi, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish;

  • xalqaro talabga javob beruvchi mahsulot ishlab chiqarish va uni jahon hamda ichki bozorga Olib chiqish; korxonani ulgurji savdo bilan shug'ullana oluvchi yuqori samarali xo'jalikka aylantirish.

Bozorni egallash strategiyasi asosiy maqsadga erishishni oliy sifatli mahsulot yetishtirish, korxonada ishlovchilar turmush farovonligini oshirish, belgilangan ijtimoiy dasturlarni bajarishni ta'minlashdan iborat. Belgilangan tadbirlarning muvaffaqiyatli bajarilishi mehnat jamoasining har bir azosi ishning oxirgi natijasidan manfaatdor bo'lishiga bog'liqdir. Jamoa moddiy manfaatdorligi, ijtimoiy faolligi va javobgarlik hissini oshirish zarur. Bunga erishish uchun egalariga yiliga 10—15% foyda keltiruvchi aksiyalar chiqarish kerak.
Download 32.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling