Tarqoq tarmoqlarda raqobat kurashi o’rtacha kuchlidan shiddatligacha bulishi mumkin. Tarqoq tarmoklarga to’g’ri keladigan rakobat strategiyasining extimoldagi variantlariga kuyidagilar kiradi: - 1. Namunali sharoitlarni yaratish va ulardan foydalanish.
- 2. Past xarajatlarni ta’minlash.
- 3. Integratsiya yuli bilan xaridor uchun foydani oshirish.
- 4. Tovar turiga ixtisoslashish.
- 5. Xaridor turiga ixtisoslashish.
- 6. Cheklangan geografik xududlarga fokuslash.
Tarmoqning tarqoqlik sharoitida firmada strategik tanlash erkinligi mavjud: ya’ni keng marketing maksadlarini kuzlash, xarajatlarning rakobat ustunligi yoki tabaqalashtirishdan foydalanish.Tarqoq tarmoqlarda bir vaktning uzida kup strategik yondoshuvlardan foydalanish mumkin bo’ladi. Firmalarning xalkaro bozorga chikishlarini asosiy sabablari kuyidagilardir:yangi bozorlarni egallash,boshka mamlakatlar tabiiy resurslaridan foydalanish xukukini olish yoki yana xam past xarajatlarga erishish zaruriyati.Sanab utilgan xar bir xolatda dunyo bozoriga chikish strategiyasi mavjud sharoitga mos kelishi kerak. Dunyo bozorlaridagi rakobat strategiyalarini ishlab chikishga milliy bozorlardagiga karaganda ancha kattik talablar kuyadi. Bir mamlakat bozorining ikkinchi mamlakat bozoridan asosiy farklariga xaridorlarning didlari, sotish kanallari, usish istikbollari, xarakatlantiruvchi kuchlar va rakobatchilarning ta’ziqlari, milliy bozorlardagi sharoitlardan kanchalik farklanishi kiradi. Bundan tashkari bunday farklarga xalkaro operatsiyalarning turtta xarakterli xususiyatlari xam kiradi. - 1. Ishlab chikarish xarajatlari darajasini xar-xilligi.
- 2. Valyuta kurslarining uzgaruvchanligi.
- 3. Xukumatlarning savdo siyosati.
- 4. Xalkaro rakobatning xarakteri.
Turli tarmoqlarda xalkaro rakobat shakllari bir-birdan tubdan fark kiladi. Frantsiyada xam, Braziliyada va Yaponiyada xam bank xizmatlari kursatiladi, lekin bu mamlakatlardagi bank soxasidagi rakobat shartlari va sharoitlari turlichadir.Xalkaro bozorda rakobat global va kup millatli buladi. Turli milliy bozorlarda rakobat sharoitlari bir-biri bilan uzviy boglangan takdirda global rakobat mavjud bo’ladi. Bu esa xakikatda dunyo bozorini tashkil etish imkonini beradi. Global rakobatning mavjud bulish shartlaridan yana biri turli mamlakatlardagi ilgor firmalar uzaro, bir-birlari bilan rakobat kilishi bilan ifodalanadi. Kup millatli rakobat davomida firmalar milliy bozorda ilgorlik uchun kurashadilar, global rakobatda esa firmalar dunyo mikyosida ustunlikka erishish uchun kurashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |