U yoki bu strategiyaning marketing jihatidan jozibaligi Ansoff matritsasi bo‘yicha sotilishlar kattaligi va kutiladigan xavf-xatar darajasi bilan aniqlanadi - Sotilishlarning potensial hajmi mazkur bozor segmentining sig‘imi bilan, xavf-xatar darajasi esa (% ifodasida) ekspert yo‘li bilan belgilanadi. Olingan ko‘rsatkichlar mazkur strategiyani amalga oshirish uchun kutiladigan xarajatlar kattaligi bilan ham solishtiriladi. Shunday qilib, korxona bozordagi o‘zining tovarlari bilan bog‘liq bo‘lgan imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmagan bo‘lsa, o‘sish strategiyasi muhim bo‘ladi.
- Korxonaning marketing urinishlari har bir strategik kvadrantning yo‘nalishini shartlab qo‘yadi. Xususan, bozorga kirish strategiyasi, qoida bo‘yicha, an’anaviy xaridorlar bilan tovarlarni rag‘batlantirish, bozor ulushini ko‘paytirish, raqobatchilardan xaridorlarni yoki yangi iste’molchilarni jalb qilish.
- Bozor rivojlanish strategiyasi — bu asosan yangi iste’molchi segmentlarga, yangi hududiy bozorlarga va yangi sotish tarmoqlariga chiqish.
- Mahsulot rivojlanish strategiyasi yaxshilangan yoki yangi tovarlarni tayyorlash (innovatsiya, yangi marka, assortiment modifikatsiyasi, mahsulot parametrlarini yaxshilash, instrumental va emotsional tavsiflarni rivojlantirish) hisobiga sotuv o‘sishiga yo‘naltirilgan.
- Diversifikatsiya strategiyasi yangi bozorlar uchun mo‘ljallangan yangi mahsulotlar bilan bog‘liq. Albatta, bu strategiya qiyin va hatarli, chunki u korxonani yangi sohalarga olib chiqadi. Ularning muvaffaqiyati uchun yirik kadr va moliya resurslarini jalb qilish talab etiladi.
- Raqobatchilar strategiyasi. Korxonaga potensial iste’molchilar va bir vaqtda asosiy raqobatchilarga nisbatan siyosatni ko‘proq jalb qilish mavqeidan bozordagi ustunlikni shakllantiradi. Bu yerda, eng avvalo, raqobat tahlili asosida ma’lum jarayon o‘rganiladi va korxona o‘zining ham, bozordagi raqobatchilarga ham raqobat ustunligiga baho berish zaruriyati paydo bo‘ladi.
- O‘z navbatida, raqobat ustunligi raqobatchilarga nisbatan ma’lum ustunliklarni yaratuvchi korxonaning bozor faoliyati tavsifini ifodalaydi. Raqobat ustunligini yaratish raqobatchilarning mos harakatlari ustidan ustunlikni ta’minlovchi tovar, narx, taqsimlash, rag‘batlantirish sohasida marketing kompleksini tayyorlash bilan bog‘liq.
- Raqobat strategiyasining marketing ma’nosi shundan iboratki, ular korxona tomonidan bozorning ma’lum ulushini ushlab qolishga (bozorning alohida segmentini) yoki uning ko‘payishiga ko‘maklashadi. Buning uchun qo‘yidagi model va matritsalar ishlatiladi: umumiy raqobatchi matritsa, raqobat kuchi modeli, raqobat ustunligi matritsasi va raqobatchi reaksiyasi modeli.
- Umumiy raqobatchi matritsa. Amerikalik tadqiqotchi M. Porterning umumiy raqobatchi matritsasi shundan kelib chiqadiki, korxonaning bozordagi raqobat ustunligi uchta asosiy yo‘l bilan ta’minlanadi.
- Narx yetakchiligi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish mumkinligiga asoslanadi. Bu yerda asosiy bo‘lib xarajatlarni boshqarish va nazorat qilish, mukammal texnologiyalarni kiritish, investitsiyalar barqarorligi, standartlashtirilgan tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Ishlab chiqarishning har ikki marta ko‘payishida mahsulot birligini ishlab chiqarishdagi xarajatlar 20%ga pasayadi («tajriba egrisi»).
- Mahsulot yetakchiligi tovarlar differensiatsiyasi mumkinligi bilan ta’minlanadi. Asosiy o‘rinni tovarni mukammallashtirish, markali mahsulotni rivojlantirish, servis, dizayn, imijni tashkil etish va boshqalar bilan bog‘liq jarayonlar egallaydi. Iste’molchilar uchun tovar qadrining oshishi iste’molchining kerakli tovar uchun yuqoriroq narx berish tayyorligiga olib keladi. Shunday qilib, bu yerda hukmron rolini marketing uynaydi.
- Bo‘shliqda yetakchilik narx yoki mahsulot ustunligini bozorning torroq segmentlarida ishlatishni bildiradi. Shu bilan birga korxona tomonidan tanlangan segment kuchliroq raqobatchilar e’tiborini o‘ziga tortmasligi kerak. Ma’lum darajada bu amaliyot asosan korxona tomonidan iste’molchilarning tor guruhini ajratish uchun qo‘llanilishi mumkin.
- Корхонанинг рақобат устунлиги матрицаси қуйидаги матрицада келтирилган стратегиялар билан ифодаланган бўлиши мумкин (5.5-расм).
Do'stlaringiz bilan baham: |