Marketing tizimida reklama


Download 138.86 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi138.86 Kb.
#1514515
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
New Microsoft Word Document (4)







ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY- IQTISODIYOT FAKULTETI
MEHMONXONA XO’JALIGINI TASHKIL
QILISH VA BOSHQARISH
2-BOSQICH 1- GURUH TALABALARI MANNABJONOV OMADBEK
VA TILLAYEV FAXRIDDINNING
MARKETING FANIDAN ORALIQ NAZORAT UCHUN VAZIFASI
MARKETING TIZIMIDA REKLAMA
1. Reklama moxiyati hakida tushuncha.
2. Reklama vazifalari.
3. Reklama vositalari va ularni Qo’llash
4. Reklama dasturining maQsadlari va mazmuni
«Reklama» so’zi lotin tilidan olingan bo’lib («reklamare» — dodlash), Quyidagi mahnoga ega:
mashhurlikni yaratish maQsadida kimdir yoki nimadir haQida mahlumotlarni tarQatish;
biror narsaga keng mashhurlikni yaratish, istehmolchi va xaridorlarni jalb Qilish maQsadida amalga oshiriladigan tadbirlar.
MuvaffaQiyatga erishish uchun firmalar nafaQat sifatli tovarlar ishlab chiQarishi kerak, balki istehmolchilarni shu tovarlarning afzalliklari haQida har tomonlama xabardor Qilib, o’z tovarlarini istehmolchilar ongida aniQ mavQelashga erishishi kerak. Buning uchun, birinchi navbatda, korxonalar reklama vositalaridan foydalana bilishi lozim. Reklamani aniQlashda ikkita Qarama-Qarshi yondashuv mahlum. Birinchi (tor) yondashuvga ko’ra, reklama deganda faQat muayyan tovar foydasiga tashviQot Qiladigan pulli, bitta yo’nalishli, noshaxsiy murojaatlar tushuniladi. Ikkinchi (keng) yondashuvga ko’ra reklama deganda ishlab chiQaruvchi (xaridor) yoki uning vakillarining potentsial xaridor (istehmolchi)ga har Qanday murojaati tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasining 1998 -yil dekabridagi «Reklama haQida»gi Qonunida Qayd etilishicha, «reklama — huQuQiy va jismoniy shaxslar yoki mahsulot haQidagi bevosita yoki bilvosita foyda olish maQsadida tarQatiladigan maxsus axborotdir». Bunda reklamaga Qo’yiladigan asosiy talablar sifatida Quyidagilar ko’rsatiladi: Qonuniylik; aniQlik; haQQoniylik; reklama istehmolchilariga mahnaviy yoki jismoniy zarar keltirmaydigan shakl va vositalardan foydalanish.
«Reklama haQida»gi Qonun reklamani ishlab chiQish va tarQatish bilan boG’liQ bo’lgan munosabatlarning huQuQiy tahminotini tartiblashtiradi. Uning asosiy maQsadi shundan iboratki, reklama vositasida huQuQiy yoki jismoniy shaxslarga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan, istehmolchilarni mahsulotning tayyorlanish harakteri, usullari va joylari, istehmol xususiyatlari, sifatlari yoki mahsulotning boshQa tavsiflari, uni realizatsiya Qilish shartlari haQidagi yolG’on yoki noaniQ, shuningdek, jamoatchilik manfaatlariga va fikrlashiga tahsir Qilishi mumkin bo’lgan mahlumotlar tarQatilishining oldini olish kerak.
1987 -yilda XalQaro savdo palatasi tomonidan Qabul Qilingan XalQaro reklama Kodeksi har Qanday reklama murojaati odobli, haQQoniy va ishonchli bo’lishini talab Qiladi. U jamiyat oldida mashuliyat hissi bilan va adolatli raQobat tamoyillariga javob bergan holda yaratilishi kerak, reklamaga bo’lgan ishonchni yo’Qotmasligi kerak (ilovaga Qarang).
Bozor vaziyati va uning harakati reklamada o’z aksini topadi, reklama faoliyatining shakllarini va uning mazmunini belgilab beradi. Quyida bozorning rivojlanishiga boG’liQ holda reklamaning vazifalari ifodalangan (10.2-jadvalga Qarang).
Reklamali tahsirning faol dasturi tovarning ishlab chiQaruvchidan istehmolchiga tomon bo’lgan yo’lining boshidan oxirigacha mavjud bo’lishi kerak. Reklama vositalaridan foydalanishni bilmaganda, bozorga faol tahsir etish imkoniyati, sotish bozorlari uchun raQobatli kurashda o’ziga muvaffaQiyatni tahminlash imkoniyati keskin kamayib boradi. Reklama istehmolchilar uchun savdo va boshQa korxonalarni, tovar va xizmatlarni erkin tanlash imkoniyatini yaratishi kerak.

Download 138.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling