Marketing va menejment kafedrasi «marketingni boshqarish» fanidan


Download 124.14 Kb.
bet2/6
Sana21.06.2023
Hajmi124.14 Kb.
#1637720
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISHI jav

M U N D A R I J A
Kirish……………………………………………………………….
1-bob. Marketing faoliyatining tizimi va sohasi……………………

    1. Marketing faoliyatini boshqarishni tashkil etish………………..

    2. Marketing faoliyatining asosiy turlari…………………………..

    3. Marketing faoliyatining axborot bilan ta’minlash………………

2-bob Samsung va Apple misolida marketing………………………
2.1 Samsung kampaniyasida marketing faoliyatini tashkil etish……
2.2 Apple kampaniyasida marketing faoliyatini tashkil etish……….
Xulosa……………………………………………………………….
Foydalingan adabiyotlar…………………………………………….

KIRISH
Hozirgi davrda korxonada marketing xizmati mavjud bo‘lmagan bozor tizimidagi biron-bir korxona normal faoliyat olib borolmaydi. Shuningdek, vaqt o‘tishi bilan marketingning foydaliligi oshib bormoqda. Buning sababi shuki, hammaga ma’lum bo‘lgan inson ehtiyojlari cheksiz, koxonaning resurslari esa cheklangandir. Har bir subyektning o‘ziga xos ehtiyojlari mavjud, ularni qondirish esa har doim ham sifatli bo‘lmaydi. Har bir insonga o‘ziga xos individual yondashuv lozim. Shuning uchun yangi sharoitda didning xilma-xilligini aniq ajrata oladigan va ularni his eta oladigan korxonalargina yashay oladilar.Bozor sharoitida savdo tizimi mahsulotdan voz kechishi mumkin, davlat zararlarni qoplamaydi, kredit berishda banklar o‘zlarining shartlarini olga suradilar, bozorga xos bo‘lgan raqobat paydo bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotiga moslashmagan korxonalar tez orada inqirozga uchrashi mumkin. Bunday hollardan omon qolish maqsadida, xo‘jalik faoliyati sohasidagi mutaxassislariga, bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarish texnikasini va uslublarini o‘rganishlari lozimdir. Zamonaviy O‘zbekiston Respublikasida marketing endi rivojlana bormoqda, shuning uchun mamlakat korxonalarining marketing faoliyatidagi tajribalari juda ham cheklangan. Bunda «istalgan narxda, istalgan mahsulotni sotish» tamoyiliga amal qilinmoqda. Bu so‘zsiz marketing g‘oyasiga qarshidir. Zamonaviy marketing konsepsiyasi korxonaning barcha faoliyat turlari iste’mol talablarini va ularning kelajakdagi o‘zgarishini bilishga asoslanishidi. Bundan tashqari marketingning yana bir maqsadlaridan biri xaridorlarning qoniqtirilmagan talablarini aniqlash va bu bilan ishlab chiqarishni ushbu talablarni qoniqtirishga yo‘llantirishdan iboratdir. Marketing tizimi iste’molchilarga zarur bo‘lgan miqdor va assortimentdan kelib chiqqan holda, tovar ishlab chiqarishni ushbu omillarga bog‘liq bo‘lgan funksional qaramlikka yuz tutadi. Aynan shu sababdan marketing bozorni o‘rganish metodlari yig‘indisi bo‘lishidan tashqari, u o‘z urinishlarini samarali savdo kanallarini yaratish va reklama kompaniyalarini o‘tkazishga qaratadi. Bunday ko‘p qirrali va hozirda dolzarb bo‘lgan marketing mavzusiga bo‘lgan qiziqish nafaqat, alohida bir mamlakat, balki, butun dunyoda ham ko‘paymoqda, ta’kidlash joizki ushbu qiziqish kundan-kunga ortib globallashmoqda. Bu marketing har birimizni qiziqishlarimizga taalluqliligi bilan tushuntiriladi. Marketing bu - korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, shuningdek, sotish faoliyatini tashkil qilish tizimidir, daromad olish maqsadida mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talablarni shakllantirish va qondirish. Mutaxassislar «marketing» terminiga ikki xil ma’noni kiritishadi: bu boshqarishning funktsiyalaridan biri va bozor munosabatlari sharoitida to‘liq boshqaruv konsepsiyasidir. Boshqaruv funksiyasi sifatida marketing moliya, ishlab chiqarish, ilmiy izlanishlar, moddiy-texnik ta’minot va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa turdagi faoliyatlardan kam bo‘lmagan ahamiyatga egadir. Boshqaruv konsepsiyasi sifatida (biznes falsafasi) marketing korxonadan iste’molni «demokratik» jarayon sifatida tan olishlarini talab etadi va bu jarayonda iste’molchilar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarga o‘zlarining pul mablag‘lari bilan «ovoz» berish imkoniyatini yaratadi. Bu korxonaning muvaffaqiyatini aniqlaydi va iste’molchilarning talablarini optimal tarzda qondirish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, tovarlar assortimentini kengaytirish orqali kichik sanoat zonalari korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini amalga oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va kelgusida ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish, korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish muhim o‘ringa ega Fanni o'rganishning dolzarbligli marketingni boshqarish marketmgning nazariy asoslarini va ushbu sohadagi marketingning amaliy jihatlarini o'rganishni o'z ichiga olishi lozim. Marketingni boshqarishni o'rganishda iqtisodiy nazariya asoslari va marketingning umumiy nazariyasi sohasidagi bilimlar hamda moddiy ishlab chiqarish sohasidagi va noishlab chiqarish sohasidagi marketingning amaliy jihatlari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lish g'oyat muhimdir. Bozor munosabatlari faqatgina korxonalar faoliyat yuritayotgan ichki va tashqi muhitlarga emas, balkl ularning xo'jalik yuritish usullari maqsadli yo'nalishlarini ham isloh qilishga qaratilgan.Bunday munosabatlar doirasida korxonalar faoliyatining mohiyati va ularning iqtisodiy xatti-xarakati tubdan o'zgaradi. To'liq o'z-o'zini qoplash, Iqtisodiy mustaqillik va o'z-o’zini boshqarish sharoitida foyda va rentabellik turli xil mulk shaklidagi korxonalar xo'jalik faoliyatining asosiy mezonlari bo'lib hisoblanadi.
Kurs ishibning tarkibi 2 ta bob 5 ta bo’lim, kirish, xulosa va foydanilgan adabiyotlardan iborat. Kurs ishining maqsadi: Daromadlar tengsizligi vujudga kelishining ijtimoiy jihatlari, uning sabablari va oqibatlarining nazariy xususiyatlarini va amaliy jihatlarini ochib berish. Maqsadga erishish uchun o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydim: 1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari. 2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash. 3. O‘zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari. 4. Inson iqtisodiy nafliligi: holatlari, aniqlash usuli va taqdimlash shakli. 5. O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi. Vazifalarni yoritish maqsadida mavzuga mos darsliklar, o’quv qullanmalar, prezident asarlari, internet manbalar va statistik ma’lumotlardan foydalandim.
窗体顶端

窗体底端
窗体顶端


窗体底端



Download 124.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling