Marketing
-bob. Tizim foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari
Download 0.55 Mb.
|
Marketing
6-bob. Tizim foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari
34. Tizim foydalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega: qonun hujjatlari va ushbu Reglamentda belgilangan holatlarda va tartibda elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlarni jo‘natish va olish; ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlardan ular tomonidan ularga jo‘natilgan elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar qabul qilib olinganligi tasdig‘ini so‘rash. Tizim foydalanuvchilarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlari ham bo‘lishi mumkin. 35. Tizim foydalanuvchilari quyidagi majburiyatlarga ega: Tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlashga ko‘maklashish; elektron hujjatlar almashinishida foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini lozim darajadagi ishchi holatida saqlab turish; Tizim foydalanuvchisini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingandan keyingi kundan kechiktirmasdan, Tizimda mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish darajasi va mazkur Tizim foydalanuvchisida elektron raqamli imzo sertifikati mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan shunday buyruqning asl nusxasini ta’minot guruhiga taqdim etish. Tizim foydalanuvchilarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin. 36. Tizim foydalanuvchisi tomonidan uning lavozim yo‘riqnomasida nazarda tutilgan o‘z vazifalari va funksiyalari bajarilishini belgilangan tartibda yakunlaganda, shu jumladan boshqa ishga o‘tganda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar zudlik bilan ta’minot guruhini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishlari shart. Bunda ta’minot guruhi zudlik bilan bunday Tizim foydalanuvchisini Tizimdan butunlay cheklab qo‘yishi shart. 37. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazi tomonidan elektron raqamli imzo ochiq kaliti sertifikatining amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilganda yoki bekor qilinganda Tizim avtomatik tarzda Tizim foydalanuvchisining Tizimdan erkin foydalanish imkoniyatini to‘sib qo‘yadi va bu haqda ta’minot guruhini darhol xabardor qiladi. 38. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi lozim.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling