Marketing


Download 0.55 Mb.
bet36/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Marketing

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi)

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga


4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2017-yil 1-apreldan boshlab kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Oldingi tahrirga qarang.

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)

2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 2-bandda:

quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin:

“qonun hujjatlarida belgilangan o‘z vazifalari va funksiyalarini bajarishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida tadbirkorlik subyektlariga — jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan axborotlar almashishni unifikatsiya qilish”;

yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;

b) 5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“STIR aniq vaqt rejimida, yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga, shuningdek xorijiy yuridik shaxslarni, xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tadbirkorlik subyektlari sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yoki soliq majburiyatlari paydo bo‘lganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda beriladi”;

v) 6-bandda:

quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:

“ruxsat berish tusidagi, shu jumladan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasida ko‘rsatilgan ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tgandan keyin beriladigan barcha hujjatlarda”;



uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi-o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;

g) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“12. Soliq to‘lovchilarga — yuridik shaxslarga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida ular tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazish shaklini to‘ldirayotganda ko‘rsatilgan soliq to‘lovchining ma’lumotlari asosida beriladi”;

d) 16-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarda identifikatsiya raqamini aniq va tushunarli qilib qayd etishlari shart”;

e) 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“17. Yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilarga — jismoniy shaxslarga indentifikatsiya raqami O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq beriladi”;

j) 23-banddagi “noto‘g‘ri va noaniq deklaratsiya qilinishi” so‘zlari “noto‘g‘ri va noaniq ko‘rsatilishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“26. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma tijorat maqsadi uchun ularning o‘zi olib kirayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Bunda import qilingan tovarlarni sotish ushbu guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi”;

b) 41-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“41. Import tovarlar savdosini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak va uning tovarlarni respublika hududiga olib kelganligi faktini va ularning bojxonada rasmiylashtirilganligini, muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini, bojxona to‘lovlari va belgilangan soliq to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi shart”;

v) 46-banddagi “davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun tovar keltiruvchi, yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida” so‘zlari “tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida” so‘zlari bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxs bo‘lmasdan oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin:

“Shogird ushbu Nizomning 14-bandi talablariga rioya etgan taqdirda bir necha hunarmandlarda buyumlar yoki tovarlarni tayyorlash (ishlar, xizmatlarni bajarish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga haqlidir”.

5. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomda:

a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“statistika registrlarini hamda statistika kuzatuvlari obyektlari ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va muntazam yangilab borish”;

b) 18-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“KTYADRdagi ma’lumotlar — yuridik shaxsga unga berilgan statistika kodlari, ularning o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar”.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga
5-ILOVA


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling