Marketingda kommunikasiya siyosati (4 soat) umumiy tushuncha
Download 13.19 Kb. Pdf ko'rish
|
15-мавзу амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOPSHIRIQLAR.
- VAZIFA. Keys–stadi
- Nazorat va mulohaza savollari
15-MAVZU. MARKETINGDA KOMMUNIKASIYA SIYOSATI (4 SOAT) UMUMIY TUSHUNCHA. Marketing muammolari bo‘yicha adabiyotlarda marketing kommunikasiyalari strukturasi bo‘yicha biroz farq qilgan holda ochib beriladi. Xususan, Genri Assel va Filipp Kotler marketing kommunikasiyalari tarkibida to‘rtta element: reklama, sotishni rag‘batlantirish, shaxsiy sotuvlar va pablisitini kiritadi. Umuman olganda xuddi shunday kommunikasiya elementlarini Ye.P.Golubkov 1 ham sanab o‘tgan. Taklif etilgan elemyentlarning har birini muallif muayyanlshtiradi. Bunda pablisiti kompaniya, uning tovar yoki xizmatlari haqida ommaviy axborot vositalaridagi bepul xabarlar sifatida jamoatchilik bilan aloqalar kengroq vositalari bilan to‘ldiriladi. Marketingda kommunikasiya deb biz har xil auditoriyalar adresiga, shu jumladan, xaridorlar, sotuvchilar, ta’minotchilar, aksionerlar, boshqaruv organlariga firmadan yuboriladigan signallar majmuini tushunamiz. Kommunikasiya siyosati (promotion mix) – bu tovarni bozorga siljitish usullari yig‘indisidir. Kommunikasiyaning asosiy vositalari bo‘lib pablik rileyshnz – jamoat bilan aloqa; reklama; sotishni rag‘batlantirish; maxsus ko‘rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi. Reklama- bir tomonlama ommaviy kommunikasiyaning to‘lovli turi bo‘lib, u aniq bir xomiydan chiqib, firma faoliyatini bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Shaxsiy sotuv- bu «o‘lchamlik» kommunikasiya yakka ikki tomonlama bo‘lib (dialog) maqsadi mizojni to‘xtovsiz tarzda harakatga keltirishga undash. Bir vaqtning o‘zida firma uchun axborot manbai hamdir. Savdoni avj oldirish - shaxsiy reklama va shaxsiy savdoni to‘ldiruvchi hamma tovarni sotishni tezlashtirish va ma’lum kengaytirishga qaratilgan vaqtincha choralarni o‘z ichiga oladi. TOPSHIRIQLAR. Mavzuga oid qo‘shimcha adabiyotlar, xorijiy adabiyotlar, internet materiallaridan foydalanib mavzuni mustahkamlash. Mamlakatimizda va xorijda faoliyat olib borayotgan kompaniya va firmalarning bozor sharoitida kommunikasiya siyosatini olib borish usullari va yo‘llarini, reklamaini tashkil qilishga doir tajribalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mavzuga doir prezentasiya materiallari tayyorlash. Reklama firmasi faoliyati bilan tanishish va o‘rganish. VAZIFA. Keys–stadi (ingl.sase– to‘plam, aniq vaziyat, stadi-o‘qitish)– amaliy o‘qitish vaziyatlar metodi. Keys-stadi - o‘qitish, axborotlar, kommunikasiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keys-stadida bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli etishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan o‘qitish texnologiyasidir. Ushbu innovasion ta’lim texnologiyasi asosida mavzuga oid tushunchalarni solishtirish va tahlil qilish. Nazorat va mulohaza savollari 1. Talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirish deganda nimani tushunasiz? 1 Голубков Е.П. Маркетинговые исследования: теория, методология и практика: Учебник. – М.: «Финпресс», 2008. – с 123. 2. Sotuvchilarga ta’sir etish uslublarini qanday turlarini bilasiz? 3. Xaridorlarga ta’sir etish uslublari qanday? 4. Marketingda kommunikasiya siyosatining o‘rni qanday? 5. Kommunikasiyaning asosiy vositalariga nimalar kiradi? 6. Marketing kommunikasiyasining asosiy bosqichlarini aytib bering. Download 13.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling