Marketingda tovar siyosati Reja


Download 216.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.05.2020
Hajmi216.01 Kb.
#108594
Bog'liq
Marketingda tovar siyosati Reja (1)


Aim.uz 

Marketingda tovar siyosati  

        

        

Reja 

.

1.



Tovar-extiyojni qondirish vositasidir.  

.2.Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi bo’yicha tushuncha.  

 

                                  



  Tovar – extiyojni qondirish vositasidir 

 

 Tovar-murakkab ko’p kirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa istemol xususiyatlari , yani 

tovarning  o’z  vazifasini  bajarish-unga  ega  bo’lgan  istemolchining  extiyojlarini  qondirish 

xususiyatidir.  Tovarning  istemol  qiymati  uning  istemol  xususiyati  majmuasidir.  Tovarning 

quyidagi xususiyatlariga qarab aloxida e’tibor beriladi: -rangi , upakovkasi (o’rash, boglash), tashki 

kurinishi (dizayni),ergonomik xususiyatlari (foydalanish, tamirlash va boshqalarning qulayligi va 

boshqalar). Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning istemol xususiyati taxlil qilinadi.  

Tovarlar quyidagi mezonlari bo’yicha aloxida guruxlarga bo’linadi:  

• maqsadli kursatkich bo’yicha  

• bozor turiga ko’ra   

• foydalanishga tayyorligiga ko’ra   

• istemolchilar soniga qarab bo’linadi.  

Maqsadli xarakteriga ko'ra esa tovarlar istemol tovarlari va ishlab chiqarishga oid tovarlarga 

buo’inadi.  Istemol  tovarlari  –  bu  shaxsiy  istemol  uchun  muljallangan  tovarlardir.  Ular  kundalik 

talab  tovarlari,  dastlabki  tanlov  asosida  olinadigan  tovarlar,  aloxida  talabdagi  tovarlar,  passiv 

talabdagi tovarlarga bo’linadi.  

Kundalik  talab  tovarlariga  kundalik  turmush  uchun  zaruriy  oziq-ovqatlar,  kir  yuvish, 

tozalash vositalari, uy xujaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish mumkin.  

Kundalik  istemol  tovarlarini  istemol  qilish  intensivligiga  ko’ra    ularni  uz  navbatida  3  ta  quyi 

guruxga ajratish mumkin:  

1.doimiy extiyojdagi asosiy tovarlar (non, xujalik sovuni)  

2.impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (sakich, gazeta)  

3.favkulodda xolatlar uchun xarid kilinadigan tovarlar (zont).  

Dastlabki  tanlov  asosidagi  tovarlar  safiga:  mebel,  kiyim-kechak,  uy-ro’zgor  uchun  elektr 

jixozlari  kiradi  va  u  xaridorlarni  kiyoslashni,  narx,  moda,  dizayn  jixatidan  tanlovda  bir  muncha 

muloxaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar:  

• o’xshash tovarlar (sifat jixatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi bo’yicha farqlanadi,)  

• aloxida kurinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jixatidan)  

Passiv  talabdagi  tovarlar  –  xaridorlarga  notanish  yoki  ular  xususida  juda  kam  o’ylaydigan  

tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko’ra   

• kisqa  muddatli foydalanishga oid tovarlar  

• uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar  

Tovar siyosatini asosiy maqsadi  bo’lib  

• foydani tahminlash  

• taqsimotni o'stirish  

• firma xarakat qilayotgan  bozor ulushini kupaytirish  

• ishlab chiqarish va marketingiga xarajatlarni tejash  

• imidjni oshirish bo’lib xisoblanadi.  

Tovar siyosatida asosiy maqsadga  erishish quyidagi soxalardagi vazifalarni xal etish orqali amalga 

oshiriladi:  


Aim.uz 

• uning innovatsiyasi  

• variatsiya  

• differentsiya  

• eliminatsiya  

• markani o’rnatish  va tanlash  

• qadoqlash  

• tovarni shakli,  turi va boshqalar 

 shunga mos xolda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi:  

• yangi tovarlarni qidirish  

• yangi tovarlarni rivojlantirish  

• bozorga yangi tovarlarni qiritish  

• tovar shakllarini asoslash  

• tovar sifatini tartibga solish  

• bozordagi yangi tovarlar xulk-atvorini nazorat qilish va boshqalar.  

Birinchi  3  tasi  bozorga  yangi  tovarlarni  kiritayotganda  xal  etiladi,  kolgan  vazifalarni  xal 

etish tovarni butun xayoti davomida amalga oshadi. Buning uchun, yahni karorni asoslash uchun 

tovarni xayotiylik tsikli modeli ishlatiladi.  

Tovarlar  va  xizmatlar  assortimenti  –  bu  foydalanish  bo’yicha  bir-biriga  juda  o’xshash  tovarlar 

(xizmatlar)  guruxidir.  Tovar  sifati  –  bu  tovarning  uz  funktsiyalarini  bajarishda  kurinadi  va  u 

kuyidagi  parametr  bilan  xarakterlanadi,  yahni  uzoq  muddat  xizmat  kursatishi,  pishikligi, 

foydalanishda soddaligi va boshkalar.  

Marketing fani bo’yicha tovar sifati xaridorlar bergan baxo bilan ulchanadi.  

 

      

Raqobat  va tovarning raqobat bardoshligi xakida tushuncha  

 

Raqobat  - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo’lagidir.  

Xozirgi  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish    sharoitida  mamlakatimizni  iqtisodiy  saloxiyatini 

mustaxkamlash  va  rivojlanishda,  dunyo  bozorida    qatnashishda  tovarlar  sifatini  kutarib,  ularni 

raqobat bardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir.  

Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat  aloxida faollikka ega bo’ladi.  

Xar  bir  xaridor  o’ziga    yoqqan  tovarni  sotib  oladi,  istemolchilar  esa  raqiblar  tovariga 

nisbatan  ko’proq  ijtimoiy  extiyojlariga  mos  keluvchilarini  tanlashadi.  Shuning  uchun  raqobat 

bardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni faqat raqiblar tovarni solishtirish orqali 

aniqlash  mumkin.  Raqobat  bardoshlik  nisbiy  tushuncha,  aniq  bozorga  va  unga  kirish  vaqtiga 

bog’liqdir.  Tovar  raqobat  bardoshligini  o’rganish  murakkab  va  uz  ichiga  kuyidagi  bosqichlarni 

oladi:  


-tovarni sotish bozorni o’rganish;  

-raqiblar xaqida malumotlar yigish;  

-istemolchilar talablarini o’rganish;  

-raqobat bardoshligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish;  

 

-ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish xakidagi karor.  



Bu  masalalarni  xal  qilish  korxonada  tovar  raqobat  bardoshligi  darajasini  baxolashning  uzluksiz 

tizimini yaratishni talab qiladi.  

Xar qanday tovar bozorga chiqishi bilanok uz  raqobat  kobiliyatini yo’qota boshlaydi, bu 

jarayonni  sekinlatish  mumkin,  bu  iqtisodiy  foyda  va  oldingi  buyum  raqobat    kobiliyatini  tula 

yuqotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi.  


Aim.uz 

Raqobat  so’zi lotinchadan olingan bo’lib, maqsadga  erishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda 

raqiblarning maqsadi  xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan iborat.  

Tovar raqobat bardoshligini asosiy sharti quyidagi kurinishga ega bo’lgan xuddi shunday tovarga 

nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat:  

K= R/S max  

bu yerda: R-tovarning foydali samarasi;  

S-tovarni xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar;  

(sotib olish xarajatlari);  

Tovarning raqobat bardoshliligini baxolash kuyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:  

-bozorni taxlil kilib, o’zimizning tovarimizga o’xshash namunasini topib olish;  

-bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy kursatkichlarni belgilash;  

-o’zimizning tovarimizdagi integral raqobat bardoshlik xususiyatini aniqlash.  

Raqobat ning asosiy quroli bo’lib, talabni shakllantirish va sotishni ragbatlantirish vositalari xizmat 

qiladi.  Asosiy  axborotni  xaridorlar  tovar  ishlab  chikaruvchilardan  olishadi.  Xaridorlarni  asosan 

tovarning  istemol  qiymati  qiziqtiradi.  Raqobat    asosan  kuyidagi  kurinishlarda  bo’lishi  mumkin: 

tovarlarning xizmatlari  bo’yicha, bir xil extiyojni qondirishga qaratilgan raqobat , bir xil tovarni 

xar  xil  firmalar  ishlab  chiqarishi  orqali  buladigan  raqobat  ;  yoki  bir  xil  firma  tomonidan  xar  xil 

modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish. Narxlar orqali raqobatlashish eng keng tarqalgan.  

Xozirgi  davrda  raqobat    o’ziga    xos  qiyofa  kasb  etmokda.  Narxlar  soxasida  raqobat    ishlab 

chikarishni xarajatlar eng kam buladigan mamlakatlarda yo’lga quyishni talab qiladi.  

Narx bilan raqobat  o’tmishda erkin bozor raqobati bo’lgan, bozorda bir xil tovarlar xar xil narxlar 

bilan  sotilgan  davrlarda  paydo  bulgandi.  Ishlab  chiqaruvchi  narxni  pasaytirish  bilan  uz  tovarini 

ajratib  kursatishga,  unga  e’tiborni  qaratishga  va  pirovard  natijada  o’zi  istagan  bozor  xissasini 

egallashga erishgan. Xozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochiq raqobat  amal qilmaydi, 

chunki ishlab chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi xam shu ishni qiladi, bu 

esa  firmaning  bozordagi  mavqeini  o’zgartirmaydi,  balki,  umuman  tarmokdagi  foydaning 

pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun investitsiyalarning kamayishiga olib 

keladi. Natijada kutilgan zafar va raqiblarni surib chiqarish o’rniga kutilmagan xonavayronlik va 

sinish  yuz  beradi.  Shu  sababli  sanoat  monopoliyalari  narxlarni  iloji  boricha  uzoqroq  ushlab 

turishga, tannarxni xamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani kupaytirishga intiladi. 

Fan-texnika  tarakkiyoti  yutuklari  tufayli  raqobatning  narx  bilan  bog’lik  bulmagan  usullaridan 

foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi.  

Narxsiz raqobat da tovarning narxi emas, balki uning yukori sifat, past istemol narxi, zamonaviy 

dizayn,  servis  xizmati,  ishlab  chiqargan  firma  shuxrati  raqobat    kurashining  asosiy  omiliga 

aylanadi.  

Narxni  pasaytirib  bozorni  egallash  strategiyasini  o’rganishda  quyidagi  savollarga  javob 

topiladi:  

-boshqa tovarlarni raqobat bardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?  

 

-raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni ragbatlantirish usullari qanday?  



-qaysi savdo belgilari ishlatilmokda?  

-raqobatchilar tovarlarining uramasi-bezaklari, dizaynida nimalar ko’zga tashlanmokda?  

-tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif qilinmoqda?  

-milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmoqdami? yoki firma o’z shaxobchasini ochganmi?  

-raqobatchilar  qo’llayotgan  tovar  xarakati  (transport,  zaxiralar  xajmi,  omborlari  va  ularning 

joylanishi.  Natijada  raqobatchi  shunday  xarakat  qivotti?  Boshqacha  yo’li  yo’qmi?  Degan 

savollarga javob topiladi. P.S.Zavgyalov fikricha «Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda 

xaridorgirligini  taminlaydigan  istemol  va  qiymat  tavsiflari  majmuini,  yani  o’xshash  raqobatchi 



Aim.uz 

tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo’lgan sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish 

qobiliyatini tushunmok lozim».  

Xaridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid xarajatlari (tovar 

narxi), ikkinchi qismini uni istemol etish bilan bog’lik xarajatlar tashkil etadi. Raqobat bardoshlik 

keng tushuncha bo’lib, unga ko’plab omillar tasir etadi.  

Firmaning  raqobat  bardoshligi  darajasini  baxolashda  tarmok  bozorida  raqobat    ko’ra    jadalligini 

belgilaydigan omillar taxlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi:  

1. Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati;  

2. Raqiblar xarakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;  

3. Bozordagi talab xajmini o’rganish;  

4. Maxsulotni tabaqalashuvi darajasi;  

5. Istemolchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko’chish xarakatlari;  

6. Bozordan chiqib ketish to’siqlari va ularning darajasi.  

7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi.  

8. Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.  

9. Raqiblar strategiyasidagi farqlar.  

10.  Ushbu  bozorda  raqobat    uchun  aloxida  sabablarning  bo’lishi,  raqobat    darajasi  bozorning 

aloxida  jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik xususiyatlari bilan xam belgilanadi.  

J.J.Lamben raqobatni afzalliklari ikkita  keng  kategoriyalarga  guruxlaydi  – tashqi  va ichki 

raqobatli  afzalliklar,  yani  firma  va  tovarni  raqobatdoshligini  tavsiflovchi  raqobatli  afzalliklardir. 

Tashki  raqobatli  afzallik  tovarni  «bozor  kuchini  ifodalaydi,  yani  u  bozorni  imtiyozli 

raqobatchidagiga nisbatan yuqorirok sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi va mavjud 

tovarlardan  norozi  bo’lgan  xaridorlarning  istaklarini  aniqlash  va  qondirishdagi  afzalliklarga 

tayanadi.  Ichki  raqobatli  afzallik  firmaning  ishlab  chiqarish  xarajatlari,  raqobat  chidan  ko’ra  

kamrok tannarxga erishishga imkon beruvchi  va ishlab chiqaruvchi uchun qiymat xosil qiluvchi 

tovarga  asoslangan  xamda  sotish  narxlarining  bozor  yoki  raqobat    tomoindan  pasaytirilishiga 

ko’proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik oqibatidir. 

Tovarni jalb etuvchanligi  va  raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar  klassifikatsiyasi sxemasini 

zanjir kurinishida kursatish mumkin: narx – sifat – servis – marketing muxiti.  

Raqobatbardoshlik  sifat  va  qiymat  omillari  bilan  bog’likdir.  Ular  sifat,  iqtisodiyot  va  marketing 

ko’rsatkichlari yordami bilan to’liq tavsiflanishi mumkin.  



 

                                

 

Download 216.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling