Marketingda tovar siyosati


Yangi tovar ishlab chikarish


Download 32.49 Kb.
bet4/5
Sana08.06.2023
Hajmi32.49 Kb.
#1463498
1   2   3   4   5
Bog'liq
MARKETINGDA TOVAR SIYOSATI

. Yangi tovar ishlab chikarish
Firmaning samarali tovar siyosatini olib borishi ikki yirik muammo bilan boglikdir. Birinchidan, firma mavjud tovar nomenklaturasi chegarasida yashash davri boskichlarini xisobga olgan xolda ishni okilona tashkil etishni tashkil etishi lozim, ikkinchidan, yangi tovar ishlab chikarishni uz vaktida amalga oshirish kerak.
Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu barkaror assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon beradi.
Tovar strategiyasi istikbol uchun ishlab chikariladi va firmada mavjud tovar miksni jalb etuvchanligini yaxshilash buyicha 3 ta strategik yunalishni uz ichiga oladi:
1.tovar innovatsiyasi
2.tovar variatsiyasi
3.tovar eliminatsiyasi.
Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chikarish va tadbik etish dasturini aniklaydi. Birok «yangi tovar» tushunchasini turli talkinga ega va takomillashtirishni asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni yangilash uchun ishlatiladi.
Mavjud nazariya va amaliyotda innovatsiya «yangilik kiritish» va «yangilik» tushunchalari bilan sinonim xisoblanadi. Bozor innovatsiyasi deganda mavjud maxsulot buyicha yangi goyani olish, shuningdek yangi maxsulotlarni ishlab chikish v bozorga chikarish tushuniladi. Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chikish va kullashni kuzda tutadi va amalga oshirish shakli buyicha tovar differentsiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga bulinadi. Tovar diversifikatsiyasi uzida rakobatchi tovarlardan ajralib turuvchi kiladigan bir kator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chikish jarayonini mujassamlashtiradi.
Bozorni modifikatsiyalashda sotish xajmini oshirish, istehmolchilar ishonchini kozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chikarish, mijozlar ehtibori va

kizikishini ushbu firma chikarayotgan tovarlarga karatish, xaridorlarni tovarni intensiv istehmolini ragbatlantirish orkali amalga oshiriladi. Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash, tovarni bezash va tashki dizaynini yaxshilash kuzda tutiladi. Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa marketing elementlaridan tulik ishlatishni nazorat kilish optimal maksadda marketing elementlarini shakllantirish va kullash kuzlanadi. Diversifikatsiya tovarlarni turli tumanligi xisobiga jalb etuvchanligini yaxshilashga asoslanadi. Tovar diversifikatsiyasining maksadi bulib istehmolchilarni tovarni afzal kurish, aloxida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini xisobga olish orkali tovarni jalb etuvchanligini oshirish, uni rakobatbardoshligini usishi xisoblanadi.
Tovar diversifikatsiyasi kuyidagi omillar buyicha amalga oshiriladi:

  1. • Tovarni kushimcha imkoniyatlari

  2. • Tovardan foydalanish samaradorligi

  3. • Komfortlilik

  4. Ishonchlilik

  5. • Tovar dizayni va stili.

Tovar diversifikatsiyasi firmaning tovar siyosatida muxim urin egallaydi. Bu strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda kushimcha tovarlarni ishlab chikarishni boshlaganda kullaniladi. Diversifikatsiya firma faoliyatida barkaror usishini tahminlash uchun samarali vosita sifatida chikadi.
Maksadli bozorni uzlashtirish yullarini kidirishda mukobil strategiyalarni aniklash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan «tovar-bozor» matritsasi ishlatiladi. Bu kuyidagi jadvalda kursatilgan.
Jadval

Tovarlar

Bozorlar

Joriy

Yangi

Joriy

Bozorga chukurrok kirib borish strategiyasi

  1. • Sotishni jadallashtirish

  2. • Yangi xaridorlarni kidirish

  3. • Rakobatchilarni sindirish

  4. • Tovarni istehmol soxasini kengayishi




Bozorni rivojlantirish strategiyasi

  1. Yangi bozorlar

  2. • Yangi sotish xududlari

  3. • Xalkaro bozorlar

  4. • Tovarni ishlatilishini yangi soxalarini tuzish




Yangi

Tovarni rivojlantirish

  1. • Uz kuchi bilan yangi tovar ishlab chikarish

  2. • Bitimlarni rivojlantirish

  3. Litsenziya

  4. • Maxorat bilan ayirboshlash




Diversifikatsiya

  1. • Gorizontal

  2. • Vertikal

  3. • Kontsentrik




Jadvaldan kurinib turibdiki, firmaning afzalligini usish manbalarini uzashtirishni 4 ta asosiy strategiyalari bulishi mumkin:
1.bozorga chukurrok kirib borish strategiyasi;
2.tovarni takomillashtirish strategiyasi.
3.bozorni rivojlantirish strategiyasi;
4.diversifikatsiya. Diversifikatsiyani 3 ta turi mavjud: gorizontal, vertikal va kontsentrik. Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovralarga uxshash ishlab chikarish, texnik, tahminot va sotish sharoitlariga yakin bulgan tovarlarni ishlab chikarish tushuniladi. Vertikal diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chikarishni sotuv yunalishi sifatida xam tovar dasturini chukurligini ustirishni anglatadi. Masalan, gusht maxsulotlarini sotuvchi maxsus dukon mol yetishtirishni va selektsiya buyicha ishlab chikarishni kullab-kuvvatlaydi. Kontsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chikarishni kuzda tutadi. Yangi tovarlarni ishlab chikish va kullash innovatsiya siyosatining tamoyil va uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos xolda amalga oshiriladi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni 6 boskichni uz ichiga oladi:

  1. • yangi tovar xakida goyani kidirish

  2. • goyani tanlash

  3. • yangi tovar goyasini tijoratlashuvini iktisodiy taxlili

  4. tovarni ishlab chikish

  5. • bozor sharoitida uni tajribadan utkazish

  6. • tovarni bozorga kullash

Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar xakida goyani kidirish bilan boshlanadi. Yangi tovar goyani kidirishni asosi bulib tovar xakidagi ichki va tashki goyalar manbai xisoblanadi.
Tashki tovar xakidagi goyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va istehmolchilar, rakobatchilar, yarmarka va kurgazmalar, tadkikot institutlari, tahminotchilar, vazirliklar va boshka davlat institutlari kiradi. Tovar xakidagi ichki goyalar manbaiga: marketing tadkikotlari bulimi, ishlab chikarish bulimi, marketing bulimini barcha kismlari, xalkaro iktisoiy xamkorlik bulimi, tovarni tayyorlash bulimi kiradi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni boskichlari uz mazmuniga kura yangi tovarni rejalashtirish jarayonini ifodalaydi. Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi mukobil variantlarni kidirish va ishlab chikishdan iboratdir.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar kullaniladi. Yangi tovar xakida goyani baxolashda bozorni tadkik kilish va ijodiy uslublardan foydalaniladi.
Iktisodiy taxlil boskichida foydani solishtirish, zararsizlikni baxolash uslubi, xavf-xatar taxlili uslublaridan foydalaniladi.
Tovarni ishlab chikish boskichlarida tovar ishlab chikish uslublari, tovar markasini ishlab chikish texnikasi uslublari, xarajatlarni xisoblash uslublari ishlatiladi.

Download 32.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling