Yodgorliklarni yozma va ogzaki ma’lumotlar
Download 14.36 Kb.
|
YoDGORLIKLARNI YoZMA VA OGZAKI MA’LUMOTLAR YoRDAMIDA O’rganish ( 2-soat) Ta’mirlash albatta kompleks tadkikotga tayanishi kerak. Tadkikot obida bilan dastlabki tanishish davridan boshlanadi. Me’mor bilan muxandis yodgorlikni va adabiyetdagi ma’lumotlar bilan tanishadi. Bu ishlarning maksadi yodgorlikning badiiy kiymatini, yodgorlik o’zgarishlarini, mustaxkamligini aniklashdir. Odatda, dastlabki ko’zatuv bulguvchi ta’mirchiga topshiriladi. Dastlabki izlanishlar natijasida tadkdkdy ishlarning xajmi, tarkibi va yunalishi aniklanadi. Tadkikot yodgorlikni atroficha o’rganish ishlar dasturini o’z ichiga oladi. Tadkikot o’zaro boglik bo’lgan ikki: me’moriy va muxandislik-texnik qismlardan iboratdir. Me’moriy tadkik maksadi obida qurilishi tarixini mumkin kadar tula yoritish, yuq bo’lib ketgan me’moriy shakllarni ochish, tiklash imkoniyatini aniklash kabi amallardan tashqil topadi. Me’moriy tadkik obidaning o’zida va tashda olib boriladi. Obida tashkarisida matn yoki surat tarzidagi tarixiy ma’lumotlar yigiladi. Obida o’zida ulchov, arxeologik tadkikot va ochmalar (zondajlar) bajariladi. Bulardan tashkari ba’zan obidaga zamoni va zamini (xududi) bir bo’lgan boshka obidalar-uxshamalar ham urganiladi. Me’moriy tadkik me’mor tomonidan utkaziladi. Ayrim hollarda turdosh mutaxasislar ham jalb etiladi. Muxandislik-texnik tadkik vositasida obidaning texnik holati kayd etiladi. Bo’zilishlarning sabab va omillari aniklanadi, konstruksiyalarning va bezaklarning o’zok vaktgacha saklanishi uchun tadbirlar belgilandi. Buning uchun konstruksiya urganiladi, zondajlar (ochmalar) va shurflar bajariladi. Poydevor, devor, tok kabilardagi berk darzlar aniklanadi. Muxandislik tadkikning muxim qismi-tajribaxona ishlaridir. Obidaning mustaxkamligi, namligi, shurxokligi, govakliligi kabi fizik- mexanik xususiyatlari urganiladi. Konstruksiyalarga biologik organizmlar yetkazgan shikastlar aniklanadi. Muxandislik tadkikotlarga ham geologiya, kimyo, metallshunoslik kabi sohalarning mutaxassislari jalb etilishi mumkin. Bibliografik ishlar va arxiv tadkikotlari yodgorlikdan tashkarida utkaziladigan tadkikotlar sirasiga kiradi. Obida To’g’risida matn yoki surat tarzidagi hamma man’balar tuplanishi lozim. Bunday man’balar nashr etilgan yoki nashr etilmagan, ya’ni tarixiy-bibliografik yoki tarixiy-arxiv tiynatida bulishi mumkin. Ta’mirchi me’morni avvalo obidaning qurilish tarixi, ayniksa yuq bo’lib ketgan jixatlari kiziktiradi. Shuning uchun birinchi navbatda obidaning qurilish shart-sharoitlari: tarixiy vaziyat, qurilish vakti, farmondori (buyurtmachisi), ustasi To’g’risidagi ma’lumotlar tuplanadi. Yuqorida obida uchun uning atrofi-me’moriy muxiti katta ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etiladi. Shu jixatni nazarda tutib obida joylashgan xududning (joyning) tarixiga, u yerdagi davrma-davr o’zgarishlariga aloxida e’tibor berilishi kerak. Obida bilan boglik bo’lgan muxim tarixiy vokea va shaxslar aniklanishi lozim. Obidani o’rganish tarixi ham muximdir. Oldin yigilgan ilmiy izlanish natijalaridan foydalanish zarur. Avvalgi ta’mir ishlari (agarda utkazilgan bo’lsa) aloxida sinchikovlik bilan urganilishi kerak. Tarixiy- bibliografik va tarixiy-arxiv ilmiy ishlar natijasida yodgorlik To’g’risida tarixiy ma’lumotlar to’ziladi. Tarixiy ma’lumot o’zaro boglangan, ketma-ket bayon etilgan noma tarikasida yoziladi. Ma’lumotlar mutlok ishonchli bulishiga aloxida e’tibor beriladi. Shunga ko’ra ma’lumotlarning ishonchlilik darajasi matnda o’z ifodasini topishi lozim. Bu O’sha ma’lumotlarning kiymatini oshiradi. Xrzirgi zamonda obidalarni o’rganishda kompyuter texnikasidan foydalanish kerak. Obida To’g’risidagi mavjud dasturlarni (programmalarni) toshish lozim. Xrzirda turli mavzularga, chunonchi Amir Temurga, bagishlangan dasturlar ishlab chikilgan. Ulardan tashkari kompyuterlar yordamida chizmalardan nushalar olish, ularni kattalashtirish, kichiklashtirish kabi ishlarni bajarish mumkin. Tarixiy ma’lumotlarni yigishni mavjud adabiyotdan boshlash joizdir. Chunki, birinchidan-arxiv materiallar kup hollarda nashr etilgan, ulardan foydalanish osonrok; ikkinchidan-bunday nashrlada boshka bilvosita kerakli ilmiy materiallar ham mavjud buladi. Bibliografik ishlar ilmiy kutubxonalarda olib boriladi. Kerakli adabiyot tizim buyicha yoki predmetli soxa buyicha to’zilgan kataloglardan foydalanilib topiladi. Kitob To’g’risidagi ma’lumot aksari muallif (yoki mualliflar), sarlavxa, nashr etilgan shaxar, nashriyot, yilni o’z ichiga oladi. Bulardan tashkari kup jildlik nashrlar uchun jild, davriy nashrlar uchun tartib rakami kursatiladi. Makola ma’lumotida u joylashgan tuplam yoki jarida (jurnal) kursatiladi. Arxivlardagi ishlar tadkikotning muxim qismi xisoblanadi. Materiallar bevosita yodgorlikka tegishli xujjatlar bulishi mumkin. Masalan, vakfnomalar. Boshka xillardagi materiallarda ma’lumot aksari juda kiska kurinishda beriladi. Arxivlardagi materiallar u yoki bu jixatlar bilan turli fondlar sifatida yigiladi. X,ar fondda uni tashqil kilgan materiallar turkumlardan iborat buladi. Fondlardagi turkumlar ruyxat (opis) tarikasida ajratiladi. Katta fondlar bir necha ruyxatlardan (opislardan) tashqil topadi. Ruyxatlarga kirgan, tegishli biror masalaga doir materialning saklov birligi daftar (delo) dir. Bunday daftar bir varakdan tortib minglab varaklardan iborat bulishi mumkin. X,ar daftar tartib rakami, asosiy mazmunini ifodalovchi sarlavxasi, sanasi bilan belgilanadi. Kuchirmalar keltirilganda varak, (saxifa emas) kursatiladi. Kerakli materiallar yodgorliklarni sakdash jamiyatlari arxivlarida ham izlanishi mumkin. Sobik sovet davrida viloyatlar ijroya kumitalarining madaniyat bulimlari yodgorliklarni saqlash masalalari bilan shugullangan. Ularning ishlarini O’zbekistan moddiy madaniyat yodgorliklarini saqlash jamiyati boshkargan. Xrzirgi vaqtda yodgorliklarga oid ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi yodgorliklarni saqlash bosh boshkarmasi, "Ta’mirshunoslik" loyihalash instituti, "San’atshunoslik" ilmiy-tekshirish institutlari va boshka muassasa arxivlarida mavjud. Undan tashkari chet ellarda ham, xususan Moskva, Sankt-Peterburg arxivlarida ham ma’lumotlar bor. Arxivlardagi ma’lumotlarni izlash borasida nashr etilgan kataloglar yordam kursatadi. Masalan: "Arxiv Kokandskix xanov" katalogi. Arxivda olib boriladigan ishlarning o’ziga xos yana bir tomoni topilgan xujjatlarning uqilishidagi kiyinchiliklardir. Kddimgi manbaalardan foydalanishda aksari eski yozuvlarni, fors, arab tillarini, abjad (sanani ibora orkali ifodalash) koidalarini yaxshi biladigan mutaxassislar yordamiga muxtojlik tugiladi. Arxivdagi ishlar kurib chikilgan materiallarni kayd qilish, kuchirmalar keltirish tarikasida bajaraladi. Arxivlarda yodgorlik To’g’risida nafaqat matn shaklidagi, balki tasvir (chizma, surat) shaklidagi man’balar uchraydi. Lekin ulardan tashkari yodgorliklarga tegishli tasvirlar maxsus muassasalarda yigiladi. Masalan, O’zbekistan kinofoto-xujjatlar arxivi, texnik inventarizasiya bulimlari, tasviriy san’at asarlari tarikasida kupgina ajoyibxonalarda (mo’zeylarda) saklanadi. xududlarning tarixiy-ulkashunoslik ajoyibxonalarida ham kimmatli tasviriy manba’lar uchraydi. Ushbu tasvirlar aksari atribusiyalanadi, ya’ni ularning bunyod bo’lgan vakti, muallifi, paydo bulish sharoitlari aniklanadi. Kuyilgan atribusiya tekshirilishi lozim. Fotosuratlar eng ishonchli tasviriy man’ba xisoblanadi. Eng kadimgi fotosuratlar utgan asrning o’rtalariga oiddir. Biroq kadimgilar aksari utgan asrning so’nggi choragida tushirilgan. Iloji bo’lgancha negativlardan foydalanishga xarakat qilish kerak. Kadimgi tasvirlardan, xususan mu’jaz (miniatyura) asarlaridan foydalanilganda binolarni tasvirlashda musavvir o’z oldiga binoni anik, ifodalash maksadini kuymaganligini nazarda tutish kerak. Ular xozirgi zamon tasvirlaridan farkdi koidalar buyicha bajarilgan. Ularda muayyan bino emas, balki umuman "masjid", "saroy"l va shunga uxshash boshka binolar tasvir etilgan. "Teskari perspektiva" kullanilgan. Shu bilan birgalikda ulardan kupgina foydali ma’lumot ham olinishi mumkin. Kadimgi me’moriy chizmalar O’rta Osiyoda XVI asrdan ma’lum, masalan “Buxoro ustasi chizmalari" deb nomlanadigan chizmalar. Ulardagi tarxlar ifolalash uslubiyati jixatidan xozirgi zamon tarxlariga uxshashdir. Bu chizmalar tuplamida tarz, kirkim kabi boshka ortogonal tasvirlar yuq. Halk ustasi Shirin Murodovning eng murakkab shakllardan xisoblanmish mukarnas chizmalarida tarz (perspektiva kurinishi) va tarx o’ziga xos ravishda biriktirilgan. Foydalaniladigan chizmalarning anikligi masshtab (mikyos, nisbat) mavjudligi bilan belgilanadi. Tasviriy san’at asarlaridan foydalanilganda hamisha rassom o’z oldiga kuygan maksadni nazarda tutib ish kurishi kerak. Kamera-obsko’ra ishlatib chizilgan rasm fotosurat kabi xujjatiy aniqlikka ega buladi. Download 14.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling