Asl muammo qayerda? Biror kompaniyaning yoki mahsulotning bozordagi mavqeini anglash muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Qayerda ekanligingizni va maqsadlaringizni bilib, o'z maqsadlaringizga erishish uchun borishingiz kerak bo'lgan yo’nalishni qurishingiz mumkin. Afsuski, kompaniya rahbariyati har doim ham kompaniya nima qiladi, uni kim uchun qiladi, qanday qilib kompaniya barqaror o'sadi, degan savollarni bermaydi. Kompaniyada marketolog vazifasini uning egasi yoki menejeri bajarib, strategik rejalashtirish, biznes jarayonlarini tuzatish o'rniga bozor tahlili, mahsulot dizayni masalasida qo’pol xatolarga yo’l qo’yadilar. Gap shundaki, kompaniyadagi ichki munosabatlar ham marketologning vazifasidir, chunki barqaror bo'lmagan mexanizm yaxshi ishlay olmaydi, izchil ijobiy natijaga olib kelmaydi. Bularning ko’rinib turibdiki, marketolog kompaniyadagi asosiy figura hisoblanadi. Muvaffaqiyat ushbu lavozimga haqiqiy mutaxassisning qo’yilishi va u kompaniyani tushunish-tushunmasligiga bog'liq. Ba’zi holda kompaniya rahbaridan - sizning kompaniyangiz keyingi binoda joylashgan kompaniyadan nimasi bilan farq qiladi?, deb so’ralsa, u nima deb javob berishni bilmaydi. Bunday kompaniyani ayta oladigan yagona mezoni faqat narx bo'lishi mumkin. Biroq xaridor har doim ham past narxga muhtoj emas. Albatta arzon narx ko’p hollarda ustundek, ammo bundan ortiq farqni ko’rsata olmaslik – bu asl muammo!
Do'stlaringiz bilan baham: |