Marketing aslida nima? - Marketing aslida nima?
- Ko'pincha, bugungi kunda marketologlar deb ataladigan mutaxassislarning aslida bajarayotgan ishi, ularning vazifalari emas. To'lov uchun hisob-fakturalar berish, hisobvaraqlarning to'lanishini tekshirish, xaridorga tovarlarni jo'natish yoki berish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish kimningdir kasb vazifasi, lekin negadir bu vazifalarni "savdo menejeri" bajaradi. Kechirasiz, janoblar, bu qanday menejer? Ushbu "menejer" aslida nimani boshqarishi kerak?
- Bloglarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda maqola yozadigan, Yandex.Direct’da sotib olish yoki sotish bilan shug’ullanadigan, reklama materiallarini matbuotda yoki e'lonlar tarmog’ida chop etib yuradigan yoshlar negadir o’zlarini marketologlar yoki marketing bo'limining menejerlari deyishadi. Men umuman buni tushunmayman.
- Birinchidan, marketolog – bu bozorni o'rganadigan, bozorni biladigan, bozor tendensiyasini analiz qiladigan, o'zi ishlaydigan yoki mahsulotni ilgari suradigan, bozorda yo'lni qanday “topishni” biladigan mutaxassis. Marketing menejeri bo’lsa, biznes jarayonini boshqaradigan bo'lim menejeri hisoblanadi.
- Shubhasiz, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar, Yandex.Direct, Google Adwords, reklama tarmoqlari va ko'rgazmalar – bularning barchasi juda muhim! Bu sohalar mutaxassislar tomonidan hal qilinishi kerak. Ammo men har doim ham ushbu mutaxassislarni chinakam marketologlar deb atay olmayman.
- Xo'sh, marketolog aslida kim, u qanday figura va u korporativ ierarxiyadagi qanday pozitsiyani egallashi kerak, nima uchun unga ehtiyoj zarur?
- Marketingning ko'plab ta'riflari mavjud. Mening tajribam shundan iboratki, marketing bu kompaniyaning bozordagi muvaffaqiyatining muhim tarkibiy qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |