Marketingning mohiyati, maqsadi va vazifalari


Download 200.5 Kb.
bet9/9
Sana22.11.2023
Hajmi200.5 Kb.
#1793664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Marketingning mohiyati, maqsadi va vazifalari

Konsepsiya nomi

Tarifi

Ilmiy adabiyotlar

1. Marketingni boshqarish konsepsiyasi

1. Ishlab chiqarishni takomillashtirish

iste’molchilar keng tarqalgan va narx bo’yicha qulay bo’lgan tovarlarni afzal bilishadi. marketingni boshqarish ishlab chiqarishni, sotish shakl va usullarini takomillashtirishga qaratilishi lozim

Marketing management/ Philip Kotler, Kevin Lane Keller.— 14th ed. Pearson Education, Inc. 2012 y – 657 pages.-18 bet

2. Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi

iste’molchilar sifatli va doimiy takomillashib, yaxshilanib boradigan tovarlarni afzal bilishadi, shunga muvofiq marketingni boshqarish eng avvalo tovar va xizmatlarning sifatini takomillashtirishga qaratilmog’i lozim

Marketing management/ Philip Kotler, Kevin Lane Keller.— 14th ed. Pearson Education, Inc. 2012 y – 657 pages.-18 bet

3. Tijorat faoliyatini jadallashtirish konsepsiyasi

iste’molchilar tovarlarni siljitish bilan bog’liq maxsus tadbirlar va rag’batlantirish choralari qo’llanilmasa xarid to’g’risida qaror qabul qilishda faol bo’lmaydi

Marketing management/ Philip Kotler, Kevin Lane Keller.— 14th ed. Pearson Education, Inc. 2012 y – 657 pages.-18 bet

2. Marketing boshqaruvi konsepsiyasi

4. Marketing konsepsiyasi

marketing boshqaruvi falsafasi, kompaniyalarning erishgan maqsadi maqsadli bozor talabi va iste’molchilar ehtiyojini aniqlash natijasi bo’lib, raqib kompaniyalarga nisbatan qanchalik samarali ekanligini ko’zda tutadi. Mazkur konsepsiya maqsadli bozor, iste’molchilar zarurati, integrasiyalashgan marketing va rentabellikni o’z ichiga oladi. Integrasiyalashgan marketing – ikkitomonlama tizim, tashqi marketing – mijoz nuqtai nazaridan barcha marketing funksiyalarini muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan. Ichki marketing esa xodimlar nuqtai nazaridan kompaniyaning barcha bo’limlari muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan. Ichki marketing har doim tashqi marketingdan oldin qo’llanilishi lozim.

Peter Drucker. Management: tasks, responsibilities, practice. New York. Harper & Row 1973, p. 64-65

5.Ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi

kompaniyaning marketing faoliyati uzoq muddatli kelajakda sotish tizimini beshta muhim tamoyil: marketing, iste’molchiga yo’naltirilganlik, innovasion marketing, tovarning iste’mol afzalliklari marketingi, kompaniya missiyasini anglash asosida marketingni tashkil qilish, ijtimoiy-axloqiy marketing. Bu iste’molni raqiblarga nisbatan samarali qondirish va jamiyat, iste’molchilar farovonligiga ziyon yetkazmaslikni anglatadi

Marketing management/ Philip Kotler, Kevin Lane Keller.— 14th ed. Pearson Education, Inc. 2012 y – 657 pages.-18 bet

6. Marketing boshqaruvi konsepsiyasi

marketing boshqaruvi hyech bo’lmaganda tomonlardan biri boshqa tomonning nafli javobiga erishishi uchun zarur vositalarni ishlab chiqadi va qo’llaydi. “Marketing boshqaruvi – ayirboshlash maqsadida turli individlarning tovar va xizmatlar, g’oyalarni taqsimlash va siljitish, narxlashtirishdir” (Amerika Marketing Assosiasiyasi)

Marketing management/ Philip Kotler, Kevin Lane Keller.— 14th ed. Pearson Education, Inc. 2012 y – 657 pages.-18 bet

7. Strategik marketing konsepsiyasi

strategik va operasion marketing o’rtasidagi tafovutni aniqlashga asoslangan. Strategik marketing – bu barqaror raqobat afzalligini ta’minlash va muayyan iste’molchilar guruhi uchun raqib tovarlardan farq qiluvchi o’ziga xos va mukammal tovarlar yaratish va ishlab chiqarishni ko’zda tutgan holda bozor talabini uzluksiz va tizimli ravishda tadqiq qilishdir. Bunda ehtiyojlar, makro-, mikrosegmentlash, raqobatbardoshlik tahlili, mahsulot portfeli va raqobat strategiyasini ishlab chiqish ko’zda tutiladi. Operasion marketing – bu tanlangan marketing strategiyasini amalga oshirish, marketing kompleksi rejasini ishlab chiqishdir

Lamben Jan-Jak. Strategicheskiy marketing. Yevropeyskaya perspektiva. Sankt-Peterburg, Nauka, 1996, s. 1X

8. Munosabatlar marketingi konsepsiyasi

marketingni boshqarish iste’molchilar yoki boshqa manfaatdor tomonlar (ta’minotchilar, aloqa auditoriyalari, vositachilar va shu kabilar) bilan hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va kengaytirish, kelgusida iste’molchilar bilan bitimlar tuzilish va takroriy xaridlar ehtimolini yanada oshirishdir. Ushbu konsepsiyaga teskari konsepsiya — transaksion marketing bo’lib, korxonalar yangi iste’molchilar bilan bir marotabalik bitimlar sonini oshirishga qaratilgan

Marketing management/ Philip Kotler, Kevin Lane Keller.— 14th ed. Pearson Education, Inc. 2012 y – 657 pages.-18 bet

9. Maksi-marketing konsepsiyasi

marketingni boshqarish savdo aylanmasi va foydani motensial mijozlar va iste’molchilarni samarali tanlash asosida eng maksimum darajaga yetkazishdir. Bunda ikkita bosqich – yuqori sinergizm (ikki bosqichli targ’ibot va reklama) va samarali taqsimot (yangi taqsimot kanallaridan foydalanish)

Sten Repp, Tomas L. Kollinz. Novыy maksi-marketing, Chelyabinsk, Ural LTD, 1997, s. 19-20

10. Raqobat konsepsiyasi

korporasiyalarning asosiy maqsadi firamlar, hamkorlar va aksiyadorlarning iste’molchilar talabini qondira oladigan raqobatbardosh tovar yaratish va shu asosda foydaga erishish hisoblanadi. Raqobatbardoshlik marketing konsepsiyasining harakatga keltiruvchi asosiy kuchi sifatida maydonga chiqadi. Raqobat muhitida marketing qarorlarini qabul qilish raqobatlashuvning oqilonaligi deb qabul qilinadi

P. Dikson. Upravleniye marketingom. M., Binom, 1998, s. 24

11. Mega-marketing konsepsiyasi

bozorga chiqish yoki ma’lum bozorlarda faoliyat olib borish maqsadida siyosatchilar va siyosiy partiyalar bilan iqtisodiy, psixologik va jamoatchilik munosabatlarini o’rnatish va muvofiqlashtirish

F. Kotler. Marketing menedjment. Sankt-Peterburg, Piter, 1998, s. 350




1


2


3


4


5



Download 200.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling