Marksheyderlik xujjatlari


Download 57.17 Kb.
Sana07.11.2023
Hajmi57.17 Kb.
#1753849
Bog'liq
2 mavzu


2 - Ma'ruza.
MARKSHEYDERLIK XUJJATLARI.


Reja:
1. Dala marksheyderlik xujjatlar.
2. Marksheyderlik hisob kitob xujjatlar.
3. Marksheyderlik grafik xujjatlar.


Tayanch iboralar: dala marksheyderlik xujjatlar, instruksiya, jurnal, o`lchamlari, xisob-kitob xujjatlar, bo`yab o`chirilmasligi, eskiz, grafik xujjatlar, chizmalar, planshet, masshtab.

1. Dala marksheyderlik xujjatlariga dala jurnallari kiradi. Yo`riqnoma (instruksiya) o`uyicha har bir marksheyderlik ishi turi uchun alohida jurnal tutilishi shart. Jurnal asosiy o`zining o`lchamiga ega bo`ladi (150x210). Har bir jurnalga tartib raqami beriladi. Oxirgi betida varaqlar soni korxonaning bosh marksheyderi tomonidan belgilab qo`yiladi. Dala jurnali qalam bilan to`ldiriladi. Jurnalda ishni bajaruvchi, sana ko`rsatilishi kerak. Yozuvlar aniq, qisqartmalar yo`riqnoma bo`yicha bo`lishi shart. Dala sharoitida o`lchangan qiymatlarning o`rtachalari topiladi va ularning yuriqnoma shartlariga javob berishi tekshiriladi.


2. O'lchash ishlari tugatilgandan keyin hisob-kitob ishlari xona sharoitida bajariladi. Jurnalda xato yozilgan sonlar o'qiladigan qilib ustidan qo'yiladi. Jurnalga yozilgan sonni o'chirgich bilan o'chirish, sonlarni ustma-ust yozish mumkin emas. Yo'riqnoma bo'yicha har bir ish uchun alohida hisoblash jurnali belgilangan. Jurnal o'lchamlari 300x210 mm. Jurnal varaqlariga tartib raqami byerilishi kerak va undagi qiymatlar chizmalar, eskizlar qaysi manbadan olinganligi ko'rsatilishi kerak. Hisoblash ishlarini EHMda bajarganda kiritish qiymatlari, natijalarni olish aniqligi ta'minlanishi shart. Dala ishlari va hisoblash ishlari natijasida chizilgan marksheyderlik chizmalar asosiy xujjat hisoblaniladi, bu xujjatlar asosida konlarni qazib olish, konning geomexaniq-geologik xolatini aniqlash, tog'-kon ishlarini rivojlantirish, kon korxonalarini loyixalarini tuzish, qazib olish ishlarining xavfsizligini ta'minlash kabi masalalar yechiladi.
Marksheyderlik chizmalari tuzilishi bo'yicha asosiy, asl (original) va ko'chirma chizmalardan iborat. Asosiy, asl chizmalar o'lchash natijalariga asoslanib tuziladi. Ko'chirma chizmalar asosiy chizmalarning nusxalari hisoblanadi va qo'shimcha ma'lumotlar bilan to'ldiriladi.
Marksheyderlik chizmalar qo'llanilishi bo'yicha quyidagilarga bo'linadi:
1. Yer yuzasi chizmalari.
2. Kon inshootlari chizmalari
3. Kon-geologik chizmalar
4. Maxsus ishlab-chiqarish texnologik chizmalar.
Grafik xujjatlar to'la, aniq, oson o'qiladigan bo'lishi kerak. Kon grafik xujjatlarni tuzishda shartli belgilar, ramka tashqarisi chizmala¬ri, koordinatalar tizimi yagona talablarga javob berishi shart. Kon grafikaviy chizmalar (karta,plan,Vertikal tekislikdagi proektsiya, vyerti¬kal, gorizontal, aksonometrik proektsiyalar) qo'llanilishiga karab quyidagi miqyoslarda tuziladi (1:20, 1:50, 1:100, 1:200, 1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000, 1:10000, 1:25000). 20 km dan kichik maydoning yer usti chizmalari, yer osti inshootlari chizmalari kvadrat planshetlarda, to'gri burchakli koordinatalar tizimida tuziladi (2.1-rasm). Bu chizmalarni joylashtirish uchun 1:5000 masshtabli o'lchamlari 400x400mm bo'lgan planshet asos qilib olinadi.



2.1-rasm. Planshetni boshqa miqyoslarga bo'lish ko'rsatilgan.

1:5000 masshtabni bo'lgandan keyin 1:2000, 1:1000, 1:500 masshtabli planshet bo'laklari hosil bo'ldi. Bunda planshet 500x500 mm o'lchamga teng 6o'ladi. Bo'lingan planshetlarni topish oson bo'lishi uchun yuqoridagi sxema 1:5000 li planshet orqasiga biriktirib qo'yiladi. Marksheyderlik chizmalarda kon-grafikaviy xujjatlari shartli belgilari qo'llaniladi. Shartli belgilar miqyosli, miqyossiz, har xil miqyosli bo'lishi mumkin. Shartli belgilar chegaralari kora rang bilan chiziladi. Boshqa ranglar geologik xolatni tasvirlashda ishlatiladi. Marksheyderlik xujjatlar kon tuzilishi, kon laxmlari chizmalari, geologik tuzilishi chizmalari, hisoblash daftarlar, tayyor planshetlar va boshqa maxsus bo'lgan chizmalar marksheyderlik bo'limida saqlaniladi. Xamma xujjatlar korxona bosh marksheyderi tomonidan tasdiqlangan bo'lishi shart.


Marksheyderlik ishi asoslari va kon geometriyasi fanida xam 1946 yil 7 aprelda tasdiqlangan yagona koordinatalar sistemasidan foydalaniladi. Koordinatalar sistemalari "Geodeziya" fanida to'liq yoritilib berilgan. To'g'ri burchakli koordinatalar sistemasi marksheyderlik planlari chizish uchun qo'llaniladi. Balandlik qiymatlarini aniqlash uchun Boltiq koor¬dinatalar sistemasiga murojaat qilinadi, ya'ni Kronshtad futshtoki qabul qilingan nol nuqtaga nisbatan olinadi. Kartalar tuzish uchun kartografiya proektsiyalardan foydalaniladi. Geografik koordinatalarni aniqlash uchun parallel, myeridianlar yordamida tur hosil qilinadi. Geodeziya fanida koordinatalar xaqidagi tushunchalar to'liq yoritilganligi sababli, bu fanda to'liq detallar bilan ko'rsatilmaydi.
Download 57.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling