Tuzuvchi : Jamolov Mardon Murojaat uchun : +998995544570


Download 51.86 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi51.86 Kb.
#1491476
Bog'liq
biologiya 2 dekabr blok


Tuzuvchi : Jamolov Mardon Murojaat uchun : +998995544570

TITULGA BIOLOGIYA 2 DEB YOZILSIN
1.Hayotiy jarayonlari faqat hujayra orgonoidlarida kechadigan organizm
A) meduza B) g’umay
C) planariya D) tufelka

2.Qon aylanish sistemasiga xos bo`lgan to`g`ri javoblarni aniqlang. 1-o`pka venasidan kelayotgan qon yurakka quyilyotganida 2 tavaqali klapan ochiq;


2-chap qorincha sistola holatida yarim oysimon klapan ochiq; 3-qon o`pka arteriyasiga harakatlanayotganda 3 tavaqali klapan yopiq bo`ladi; 4-o`ng qorincha
diastola holatida 3 tavaqali klapan yopiq
A)2,3 B)2,4 C)1,3 D)1,4

3. Adenin nukleotidlari 37,5 % ni tashkil qilgan DNK fragmenti tarkibidagi vodorod bog‘lar soni fosfodiefir bog‘lar sonidan 80 taga ko‘p bo‘lsa, shu DNK tarkibidagi G va C nukleotidlari orasidagi vodorod bog‘lar sonini (Stop kodon hisobga olinmasin.)


A)234 B)160 C)240 D)213

4. Insonda suyaklar yig’indisi to’g’ri tenglashtirilgan qatorni toping. 1) son, boldir= bel, to’sh; 2) bilak-tirsak,yetim qovurg`a= kurak va yetim qovurg’alar;


3) yelka, son= kurak, o’mrov; 4) dumg’aza, bo’yin= yetim va chin qovurg’a; 5) chanoq, dumg’aza= yelka, boldir 6) o’mrov, son=yelka, son
A) 1, 3, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 3, 2, 6

5. Odamning sezgi organlari bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.


A)ichki quloq bo‘shlig‘ida uchta eshitish
suyakchalari - bolg‘acha, sandoncha va
uzangicha joylashgan
B)ichki quloqdagi suyak va parda labirint
orasida endolimfa suyuqligi, parda labirint
ichida esa perilimfa suyuqligi bo‘ladi
C)har ikkala ko‘zning qorachig‘i bir vaqtda
kengayish va torayish xususiyatiga ega
D)tug‘ma yaqinni ko‘rish ko‘z kosasining qisqa
bo‘lishi, tug‘ma uzoqni ko‘rish esa ko‘z
kosasining cho‘ziq bo‘lishi bilan bog‘liq

6.Qonning vena tomirlarida oqishini nimalar ta'minlaydi


A) qorinchalarda bosimning past bo'lishi
B) bo'lmachalarda bosimning past bo'lishi
C) bo'lmachalarda bosimning yuqori bo'lishi D) arteriyalarda bosimning yuqori bo'lishi

7. Nuklein kislatalar uchun xos bo'lgan javobni belgilang


A) A va T o'rtasidagi vodorod bog’larning uzunligi 0.34 nm
B) C va A orasidagi fosfodiefir bog’ 0,34 nm bo'lishi mumkin
C) G va T orasida masofa doim 2 nm
D) A va C orasida masofa 0,34 nm bo'lishi mumkin emas

8. Sitoskelet tuzilmalarining vazifalarini aniqlang. a) hujayra shaklini aniqlaydi;


b) hujayra joyining o'zgarishini ta'minlaydi; c) hujayra ichki tizimlarining harakatini ta'minlaydi; d) hujayraning turgor
holatini ta'minlaydi
A) a, b, c B) b, c, d
C) a, b, d D) a, b, c, d

9. Suvda erimaydigan organik birikmalarga xos to’g’ri javobni belgilang


A) ularning monomerlari bir xil bo’lib energiya manbayi
B) Yuqori molekulali kolloid birikma hisoblanadi
C) qurilish va energetik vazifalarni bajaradi
D) pentoza guruhiga kiruvchi riboza RNK da uchraydi

10. Batsidiyadagi qaysi xususiyatlar achitqi zamburug!ida ham uchraydi


1) avtotrof oziqlanish; 2) geterotrof oziqlanish; 3)hujayrasi yadroga ega;
4) hujayrasi xitin qobiqli;
5) parazit hayot tarzi; 6) eukariot organizm
A) 3, 6 B )2,6 C) 4, 5 D) 1, 5

11. Odamlarda quyidagi funksiyalarni bajaruvchi vegetativ nerv sistemasi qismlarini aniqlang.


a) ichak muskullari qisqarishini kuchaytirish;
b) buyrak qon tomirlarini kengaytirib, siydik
ajralishini ko‘paytirish; c) yurakning qisqarish kuchini va tezligini oshirish.
A)a - simpatik nerv; b, c - parasimpatik nerv
B)a, c - simpatik nerv; b - parasimpatik nerv
C)a - parasimpatik nerv; b, c - simpatik nerv
D)a, b - parasimpatik nerv; c - simpatik nerv

12. Sog‘lom odam nefron kanalchalaridagi


siydikning tashqi muhitga ajralish
ketma-ketligini aniqlang.
A)buyrak jomi → buyrak kosachalari → siydik chiqarish yo‘li → qovuq → siydik yo‘li
B)buyrak kosachalari → buyrak jomi → siydik
yo‘li → qovuq → siydik chiqarish yo‘li
C)buyrak kosachalari → buyrak jomi → siydik yo‘li → siydik chiqarish yo‘li → qovuq
D)buyrak jomi → buyrak kosachalari → siydik yo‘li → qovuq → siydik chiqarish yo‘li

13. Mimoza uchun xos bo‘lgan xususiyatni


aniqlang.
A)fototaksis jarayoni kuzatiladi
B)prokariot organizm
C)yadrosi rivojlanmagan
D)produtsent organism

14. Quyidagilardan a-qobiqsiz organizmda parazitlik qiluvchi qobiqli, b-qobiqli organizmda parazitlik qiluvchi qobiqsiz organizmlar berilgan qatorni toping


A) a-sil b-vabo
B) a-o’lat b-nematoda
C) a-qizamiq b-gijja
D) a-tripanasoma b-zang

15. Berilgan ma’lumotlardan nechtasi to’g’ri: 1.lizosoma yadro membranasidan hosil bo’ladi; 2.mitoxondriya membranasida ko’plab fermentlar joylashgan; 3.plastidalar boshqa organoidlarga aylana


oladi; 4. golji majmuasidan 0,4 nm kattalikdagi organoidlar hosil bo’ladi
5. ayrim xloroplastlarda moylar
ham to’planadi; 6.turgor o’simlikning mexanik tasirga chidamliligini taminlaydi
A) 2 ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta

16. Bitta azotli asos, bitta dezoksiriboza va bitta fosfat kislotaning umumiy og’irligini hisoblang. (aminokislota og’irligi 120 deb hisoblansin)


A)138 B)120 C)345 D)0.34

17.Qaysi organoidning ko’payish jarayonida r-RNK molekulalari ishtirok etadi?


A)mitoxondriya B)xloroplast
C)hujayra markazi D)lizosoma

18.Rasmdagi meva tuzilishiga xos xususiyatni belgilang.



A)1,2 B)1,3 C)3,4 D)2,3

19. Ushbu tajribada o'simlikdagi qaysi hayotiy jarayon o’rganilmoqda



A)Nafas olish B)suv bug’latish
C)ildiz bosim kuchi
D)ksilema orqali suv transporti

20.Quyidagi 2-raqami bilan ko’rsatilgan ildiz nomini toping.



A)o’q ildiz B)qo’shimcha ildiz
C)yon ildiz D)asosiy ildiz

21. Achituvchi bakteriyalar qanday muhitda ko‘payadi (a) va nima ishlab chiqaradi (b) ?


A) a-shakarli muhit, b-spirt ishlab chiqaradi
B) a-sho‘r muhitda ko‘payadi, b- sut kislota ishlaydi
C) a-sirka kislotali muhitda ko‘payadi,
b-zahar ishlaydi
D) a-sho‘r muhitda ko‘payadi, b- sirka kislota ishlaydi

22. Sporasi shu +140oC ... –253oCga dosh bera oladigan organizmlarga xos bo‘lmagan xususiyatlar to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang ?


A) ular o‘simliklar ildizida simbioz holda yashaydi
B) ularning batsilla guruhining shakli tayoqchasimon
C) sutdan qatiq ivitishda foydalaniladi
D) ularning yashashi uchun ozuqa, harorat va namlik yetarli bo‘lishi kerak, yorug‘lik bo‘lishi shart emas

23. Bu ta‘rifga mos o‘simlikni belgilang ? Ortiqcha ozuqani hujayrasida to‘playdi. Uni akvarium devorida ham uchratish mumkin.


A) xlorella B) laminariya
C) porfira D) xlamidamonada

24. Viruslarnining tirik organizmlarga o’xsash bo’lgan hususiyatlari tog’ri ko’rsatilgan javobni


aniqlang. 1) irsiy axborotga ega;
2) membrana va sitoplazmasi mavjud;
3) oqsil va nuklein kislotalarga
ega; 4) mustaqil oqsil sintezlash hususiyatiga ega; 5) o’z tarkibida oqsillarining axborotini saqlaydi;
A) 1, 2 B) 3, 4
C) 1, 3, 5 D) 2, 3

25. Kaktus hujayrasidagi monomer sintezlovchi-a; monomerdan polimer sintezlovchi-b organoidlarni


aniqlang
A) a-ribosoma b-silliq e.p.t
B) a-xloroplast b-leykoplast
C) a-mitoxondriya b-ribosoma
D) a-xlorenxima b-vakuola

26. Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar


A) albuminlar B) globulinlar
C) nucleoprotein D) xromoprotein

27. Suvda erimaydigan organik birikmalarga xos to’g’ri javobni belgilang


A) ularning monomerlari bir xil bo’lib energiya manbayi
B) Yuqori molekulali kolloid birikma hisoblanadi
C) qurilish va energetik vazifalarni bajaradi
D) pentoza guruhiga kiruvchi riboza RNK da uchraydi

28. Dorivor, avtotrof (a) va geterotrof (b) organizmlarni belgilang ?


A) a-ilon, b-bo‘rsiq
B) a-yalpiz; b-ilon
C) a-bo‘rsiq; b-kapalak
D) a-asalari; b-chayon

29. Ushbu ta‘rif qaysi tip vakillari uchun xos ? Tanasining orqa qismi o‘rtadan chetga tomon yassilashib boradi, ikki tomonlama simmetriyaga ega. Tana bo‘shlig‘i bo‘lmaydi. Hazm tizimi og‘iz, halqum va ichakdan iborat.


A) halqali chuvalchanglar
B) mollyuskalar
C) yassi chuvalchanglar
D) bo‘g‘imoyoqlilar
30. Monomer ko’rsatilmagan javobni toping
A) asparagin kislota B) pentoza
C) ligaza D) galaktoza
Download 51.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling