Markyeting tamoyillari, vazifalari, funksiyalari


Download 217.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana20.03.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1285257
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-м. Marketing tamoyillari, vazifalari, funksiyalari, turlari

2.3. Marketingning vazifalari
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni 
faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini 
yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda 
moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni 
vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani 
o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini 
o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir.
Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:
• 
xaridorlar ehtiyojini o’rganish va aniqlash; narxning faoliyatini xaridorlar 
ehtiyojiga moslashtirish;
• 
avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni 
o’rganish;


• 
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar 
olish;
• 
to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborot yig’ish;
• 
tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat 
qilishdan iboratdir.
Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potentsial imkoniyatlarini 
baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish 
maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:

bozorni egallash;

rentabellik;

moliyaviy barqarorlik;

ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash;

bozordagi mavjud va prestijni tashkil tadbiq mustahkamlash.
Korxonaning asosiy maqsadi
3
Maqsadlar  
Ko’rsatkichlar  
Bozorni egallash
Bozor ulushi, aylanma, tovarni roli va ahamiyati, yangi 
bozorlarni qamrab olish
Rentabellik
Foyda, aylanmaga nisbatan rentabellik, shaxs kapitalini 
rentabelligi, umumiy kapitalni rentabelligi
Moliyaviy barqarorlik
Kreditga 
layoqatligi, 
likvidligi, 
o’z-o’zini 
moliyalashtirish darajasi, kapitalni tuzilishi
Ijtimoiy maqsadlar
Ish bilan qoniqish, daromad darajasi va ijtimoiy 
ximoya, ijtimoiy integratsiya, shaxsiy rivojlanish
Bozordagi pozitsiya va 
prestij
Mustaqilligi, imij, siyosiy sharoitga munosabati, 
jamiyatni tan olishi
Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga 
oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o’zaro 
aloqadordir.


Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo’yicha asosiy vazifalarni 
shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o’zaro bog’liq marketingni 
kompleks vazifalarini ajratib ko’rsatadi:
1. Talabni tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan bozor faoliyatiga kiruvchi 
vazifalar.
2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.
3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog’liq masalalar.
Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos 
keluvchi marketing funktsiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi.

Download 217.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling