Markyeting tamoyillari, vazifalari, funksiyalari
Download 217.28 Kb. Pdf ko'rish
|
2-м. Marketing tamoyillari, vazifalari, funksiyalari, turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning asosiy maqsadi 3 Maqsadlar Ko’rsatkichlar
2.3. Marketingning vazifalari
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim: • xaridorlar ehtiyojini o’rganish va aniqlash; narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; • avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish; • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish; • to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborot yig’ish; • tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potentsial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi: o bozorni egallash; o rentabellik; o moliyaviy barqarorlik; o ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash; o bozordagi mavjud va prestijni tashkil tadbiq mustahkamlash. Korxonaning asosiy maqsadi 3 Maqsadlar Ko’rsatkichlar Bozorni egallash Bozor ulushi, aylanma, tovarni roli va ahamiyati, yangi bozorlarni qamrab olish Rentabellik Foyda, aylanmaga nisbatan rentabellik, shaxs kapitalini rentabelligi, umumiy kapitalni rentabelligi Moliyaviy barqarorlik Kreditga layoqatligi, likvidligi, o’z-o’zini moliyalashtirish darajasi, kapitalni tuzilishi Ijtimoiy maqsadlar Ish bilan qoniqish, daromad darajasi va ijtimoiy ximoya, ijtimoiy integratsiya, shaxsiy rivojlanish Bozordagi pozitsiya va prestij Mustaqilligi, imij, siyosiy sharoitga munosabati, jamiyatni tan olishi Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o’zaro aloqadordir. Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo’yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o’zaro bog’liq marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko’rsatadi: 1. Talabni tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan bozor faoliyatiga kiruvchi vazifalar. 2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar. 3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog’liq masalalar. Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos keluvchi marketing funktsiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi. Download 217.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling