Marosim folklori


Download 1.18 Mb.
bet38/79
Sana07.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1337502
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79
Bog'liq
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.

Mavzu: Nodira lirikasi.


R E J A:



  1. Nodiraning hayot yo’li.

  2. Shoira ijodi to’g’risida.

  3. Yorsiz ko’ngil nolalari.



Nodiraning hayot yo'li. Asli ismi Mohlaroyim bo'lib, Andijon hokimi Rahmonqulbiyning qizidir. Otasi Qo'qon xonligida yetakchi mavqeda bo'lgan ming urug'ining e'tiborli kishilandan edi. U qizini har tomonlama yetuk tarbiya topishiga alohida e'tibor berdi. Go'zal va oqila Mohlaroyimning ta'rifi atrofga yoyila bordi. Uning ta'rifini eshitgan Marg'ilonning yigirma yoshli hokimi, Qo'qon xoni Norbo'tabiyning o'g'li Umarbek 1808- yilda unga uylanadi. 1810-yilda Olimxon o'ldirilgandan so'ng, Umarbek akasining o'rniga xon qilib ko'tariladi. Umarxon va Mohlaroyim birgalikda qisqa, lekin baxtiyor va mazmunli hayot kechirdilar. Ulardan Muhammad Alixon va Sulton Mahmud ismli o'g'illar tug'ildi.
1822-yilda Amir Umarxon vafot etadi. Bu endigina o'ttiz yoshga kirgan shoira uchun og'ir hayot zarbasi edi. Lekin u o'zini yo'qotmadi, ayriliqdan sarosimaga tushmadi Iroda kuchini to'plab, o'n to'rt yashar o'g'li Muhammad Alixonni otasining o'rniga xon qilib ko'tardi. Uning yonida maslahatchi va ko'makchiday bo'lib tursada, aslida mamlakat mas'uliyatini, xalq tashvishini o'z zimmasiga olgan edi. Uzlat, Mahjur taxalluslari bilan ko'plab asarlar yozgan shoir Nodir o'zining "Haft gulshan" ("Yetti gulshan") dostonida uni "Bilqisi mamoliki jahondur" (jahon mamlakatlarining Bilqisi) deb atagan edi.
Nodira ijod ahlini o'ziga yaqin tutuvchi inson sifatida qalam tutgan ayollarni atrofiga jipslashtirdi, ularga homiylik qildi. Natijada Qo'qonda ayollardan ham iborat adabiy muhit vujudga keldi. Shoir Nodirning "Haft gulshan" asarida shunday satrlar bor:
Yig'ibon har tarafdin necha xotun,
Barisi fazl-u donish ichra otun.
Bari Zebunisodek erdi shoir,
Bari Maryam kabi zuhd ichra mohir.
Banning fahmi bir-birdin fuzunroq,
Banning ilmi bir-birdin uzunroq.
1842-yilda Buxoro amiri Nasrulloxon Qo'qonda islom ahkomlari oyoq osti qilindi deb e'lon qildi va shariatni tiklamoq iddaosi bilan mamlakatga bostirib kirdi. Shoiraning o'g'illari: Muhammad Alixon, Sulton Mahmudxon va o'n ikki yoshli nabirasi Muhammad Aminni Nodirabegim ko'zi oldida qatl etdi. So'ng Nodiraning o'zini ham azoblab o'ldirtirdi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling