Marosim folklori


Download 1.18 Mb.
bet55/79
Sana07.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1337502
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
Bog'liq
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.

Shoirning ijodiy merosi. Ogahiy — serqirra va sermahsul ijod sohibi. Uning shoir, tarjimon, tarixchi sifatidagi xizmatlari beqiyosdir. Ogahiyning she'riy merosini tashkil qiluvchi "Ta'viz ul-oshiqinf( fOshiqlar tumori") majmuasi mumtoz adabiyotimiz zahiralaridagi eng mo'tabar va qimmatli devonlardan. (Mazkur devon Xiva xoni va shoiri Muhammad Rahimxon Feruzning taklifi va rahnamoligida tuzilgan.) Ogahiy tarjimon sifatida ham talay ishlarni amalga oshirdi. U forsiy tilda bitilgan juda ko'p tarixiy va badiiy asarlarni o'zbek tiliga mohirlik bilan o'girdi. Chunonchi, Mirxondning "Ravzat us-safo" ("Jannat bog'i"), Muhammad Mahdiy Astrobodiyning "Tarixi Jahon kushoyi Nodiriy", Zayniddin Vosifiyning "Badoe' ul-vaqoe"' ("Go'zal voqealar"), Mahmud binni Shayx Ali G'ijduvoniyning "Miftoh ut-tolibin" ("Bilim oluvchilar kaliti"), Muhammad Muqim Hirotiyning "Tabaqoti Akbarshohiy", Muhammad Yusuf Munshining "Tazkirayi Muqimxoniy", Husayn Voiz Koshifiyning "Axloqi muhsiniy" ("Yaxshixulqlar"), Kaykovusning "Qobusnoma", Muham­mad Vorisning "Zubdat ul-hikoyot", ("Hikoyalar qaymog'i"), Sa'diy Sheroziyning "Guliston", Abdurahmon Jomiyning "Yusuf va Zulayho", "Salomon va Ibsol", "Bahoriston", Amir Xusrav Dehlaviyning "Hasht behisht" ("Sakkiz jannat"), Badriddin Hiloliyning "Shoh va gado", Nizomiy Ganjaviyning "Haft paykar" ("Yetti go'zal") kabi tarjima asarlari bilan Ogahiy o'zbek tarjima adabiyotini boyitdi. Ogahiyning tarixnavislik faoliyati ham diqqatga sazovar. Uning tarixnavisligiga mansub "Firdavs ul- iqbol" ("Baxt bog'i") (bu asarni 1839-yilda amakisi Munis boshlagan, Ogahiy uni yozib tugatadi), "Riyoz ud-davla" ("Jannat bog'lari") (1844), " Zubdat ut-tavorix" ("Tarixlar qaymog'i") (1846), "Jome ul-voqeoti sultoniy" ("Sulton voqealarining yig'indisi") (1847-1855), "Gulsham davlat" (1859-1860), "Shohidi iqbol" ("Baxt shohidi") (1860) asar­lari mamlakatimizdagi o'tmish voqealarni real aks ettirgan tarixiy hujjatlardir. Bu asarlar faqat XIX asrdagi tarixiy voqea va hodisalarni o'rganishdagina emas, balki shu davrdagi adabiy-madaniy muhitni tekshirish va yoritishda ham muhim rol o'ynovchi man-ba hisoblanadi. Ogahiy ijodining qaynagan davri Xiva xonligini Muhammad Rahimxon Feruz boshqargan davriga to'g'ri keladi. Feruzgacha ham, Feruz davrida ham adabiy anjumanlarning bosh sarvari Ogahiy bo'lgan, shuningdek, shoh Feruzning ustozi ham Oga­hiy bo'lgan. Bu haqda shoh va shoir Feruz iftixor ila shunday yozgan:
Komil ersam nazm aro Feruzdek, ermas ajab,
Ogahiydur she'r mashq aylarda ustodim mening.
Darvoqe', Ogahiyning bu davrda saroy adabiy muhitida yetakchi siymo ekanligini ko'rsatuvchi yana bir dalil bor. Feruzni taxtga chiqishi munosabati bilan Ogahiy bir ta'rix va bir qasida bitadi. Yosh hukmdorga ham qutlov, ham nasihat tarzidagi bunday pandnomani Ogahiychalik hech kim qoyilmaqom qila olmas edi. Bu, ayni paytda, Ogahiyning yuqori saviyasidan hamda ustoz ijodkor darajasiga ko'tarilganidan darak beradi. Uning 15 mis-radan iborat forsiy tildagi "Tarixi julusi Sayid Muhammad Ra-himxoni Domi iqbola" sarlavhali ta'rixi va 92 bayt (184misra)li "Ayo, xusravi ma'dalat dastgoh" satri bilan boshlanuvchi qasidasi ham shoir ijodiy merosini to'ldiradi. Qolaversa, uning ijtimoiy-adabiy jarayonning faol, harakatchan vakili bo'lganlini dalillaydi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling