Marosim folklori


Mavzu: Ogahiy –mukammal mustazod kashfiyotchishi


Download 1.18 Mb.
bet58/79
Sana07.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1337502
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79
Bog'liq
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.

Mavzu: Ogahiy –mukammal mustazod kashfiyotchishi
REJA:

  1. Mustazod haqida ma’lumot.

  2. Ogahiy –mukammal mustazod kashfiyotchishi

  3. “Arzimas” g’azali tahlili.

Ogahiy muhabbat timsolida ma'rifatni ham targ'ib qiladi, ayollarnida ilm-ma'rifatli bo'lishmi xohlaydi, ma'rifatparvarlik g'oyalarini targ'ib qiladi. Ogahiy ajoyib she'riy shakl sanalmish mustazodning namunalarini yaratdi. Ma'lumki, mustazod "orttirilgan" degan ma'noni bildiradi, ya'ni g'azalga monand she'r misralaridan har biriga yana yarim misra orttiriladi, natijada har qatori bir misralik she'r paydo bo'ladi. Bu she'riy shakl o'zining oshiqona mazmuni va musiqiy ohangdorligi bilanda ajralib turadi. San'atkor shoir Ogahiy mustazodning an'anaviy qofiya tuzilishini takomillashtirib, har qaysi yarim misradan so'ng yana ya­rim misra orttirib, har qaysi qatordagi qofiyalar sonini uchtaga yetkazadi:
Ey yorr sango ushbu jahon bog'i aro gul
bir oshiqi, hayron,
diydoringa shay do.
Bir sheftadur kokuli mushkininga sunbul,
ham holi parishon,
ham boshida savdo.
Ham sarv qading jilvasini ko'rgali qumri
har dam chekibon oh,
bilkul borur o'zdin,
Ham gul yuzunga mahvi jamol o'lg'ali bulbul,
tun-kun chekar afg'on,
tinmay dami aslo...
Ogahiy mustazodi sof oshiqona ruhdagi asar bo'lib, uning boshdan-oyoq mazmuni oshiqning mahbubuni vasf etishi va unga dil izhorini ifodalashiga qaratilgan.
"Arzimas" g'azali. Ogahiy ijodidagi dunyoqarash, ruh, badiiy mazmun tasavvuf ta'limoti bilan yo'g'rilib ifoda etilgan asarlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Uning "Arzimas" radifli g'azalida ham insoniylikni mukammal jabhalari sari ko'tarilish g'oyalari, tasav-vufning umuminsoniy masalalari orifona talqin etiladi. Bu asar shoirning hayotiy sarguzashtlarining xulosasi, uning dunyo' qarashidagi haqparastlik, haqiqatbinlikning shakllanishidan tug'ilgan. Bir so'z bilan aytganda, bu g'azal dunyoning g'atfiu anduhidan zardob bo'lgan shoir qalbining afg'onidir.
Badiiyat ilmini chuqur egallagan shoir, uni she'riyatida о'гni bilan qo'llay oladi va badiiy usul imkoniyatlaridan foydalanib ajabtovur she'riy manzaralar chizdi. Mazkur g'azal ham boshdan-oyoq tazod san'ati asosida qurilgan bo'lib, bu bir tomondan o'quvchiga fikrni chuqurroq anglatishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, she'rxon idrokini charxlashga yordam beradi. G'azal baytlarida tazodning turli xil suratlari sayqallangan. G'azal matla'sidanoq buni anglash qiyin emas:
Dahr bazmu ayshi anduh-u g'amiga arzimas,
Sharbati jonparvari muhlik samig'a arzimas.
Shoir bu dunyoning ayshu ishratlari, o'tkinchi rohat-farog'atlari uning g'am-u anduhlariga arzimasligini, vaqtincha jonbaxsh etuvchi sharbatlari esa jon oluvchi zahri zaqqumga aylanishini chuqur ta'kidlaydi.
G'azalning ikkinchi baytida silsilaviy taftish yanada takomillashadi. Shoir iqroricha, agarchi yuz yil yor vaslining munavvar tongidan bobahra bo'lsangiz ham, bu shodlik "bir zamonlig'" hajrning, ayriliqdagi zulmatning zulmidagi qayg'uga arzimaydi:
Yuz yil o'lsang yor vaslining safolig’ subhida,
Bir zamonlig' hajri - shomi muzlamig'a arzimas.
Lirik qahramon yana shunga amin bo'ladiki, inson umr bo'yi hayotini davr-u davronda, to'y ustiga to'yda, bazm ustiga bazmda o'tkazsada, bir nafaslik g’am, motam musibati, ayriliq zulmati hammasini yuvib ketadi va bu o'tkazgan surur damlar hech narsaga arzimaydi:
Yetsa davrondin sanga gar umrlar sur uzra sur,
Bir nafas yetgan malol-u motamig'a arzimas.
Inson yuragi va tafakkuri ortiqcha sevinchni ham, g'amni ham ko'tara olmaydi. Haddan ziyod sevinchdan hovliqib, atrofidagilarni ham taniyolmay qoladi yoki ozgina g'amdan mutlaqo tushkinlikka tushib egilib qoladi. Shoir sevinchli kunlar abadiy uning o'rnini qayg'uli onlar egallashi mumkinligini an-baytga kuchliroq faryod bilan bayon qiladi, ya'ni o'limni eslatadi:
Lalidin gar jon topub quchsang muroding shohidin,
Naz vaqti paykaring pech-u xamig'a arzimas.
Zero inson har qanday chog'da ham o'limning haqligini yodda tutmoq darkor. Baytning mazmunidan, yor vasliga vosil sarmast qalb baxtiyor damlarda har narsani unutadi, ammo ajal vaqti yetganda, vujudini o'lim tahlikasi bosganda, tanasi о'lim bilan olishayotgan damdagi azobdan titraydi o'sha qalb. Demak, shoir xulosa qiladiki, visol murodiga yetmoqlik jon berish azoblari oldida hech gapmas, arzimas hoi.
Ko'rinadiki, g'azalning barcha baytlari bir-biri bilan bog'liq, bir-birini to'ldiradi, mazmuniiii chuqurlashtiradi, dalillaydi. Tubandagi baytda ham yetakchi mavzu yangicha qirralarda ochilgan:
Madhinga ochsa ulus gar xush iborat birla til,
Bir qabih alfoz ila qilg'on zamig'a arzimas,
Ya'ni til shunday narsaki, u insonni bir lahzada ko'kka chiqarsa, bir lahzada yerga kirgizdirib yuboradi. Shuning uchun o'sha bir lahzalik madh va maqtovdan esankiramaslik darkorki, bu madhlar bir og'iz achchiq so'zga yoki qalbni og'rituvchi qa'pol muomalaga arzimaydi, chunki bu birgina badso'z sizning qalbingizni sindiradi.
Navbatdagi bayt lirik qahramonning o'z-o'ziga va o'zgalarga taskin-o'g'it aralash murojaati, xitobi tarzida bitilgan. Uning iqroricha: bu dunyoning boru yo'g'iga sabr qilish, borlikda kekkayib, yo'qlikda egilib qolmaslik, ko'pida ham, ozida ham o'zini teng tutish iozim. Zero, borlikdagi baxt kamlikdagi g'amga arzimaydi:
Teng tut amvoli jahon beshu kaminikim, oning Inbisoti beshi anduhi kamig'a arzimas. Shoir g'azalni naqadar zukko mushohada bilan boshlagan bo'lsa, shunchalik teran hayotiy o'g'it bilan yakunlaydi: Istabon aysh, Ogahiy, g'am boshinga kelturmakim, Dahr bazm-u ayshi anduhi g'amiga arzimas. Shoir insonga doim raxna solib kelgan nafs balosidan ogoh etadi, nafsni deb, o'tkinchi aysh-ishratni deb o'z boshiga ortiqcha g'am-tashvish orttirmaslikni maslahat beradi. Zotan, har qanday "bazm-u aysh" "anduhi g'amga arzimaydi deya xulosalaydi.
Bu nazmiy falsafa va xulosa hali hanuz o'zining hayotiy qudratini saqlab kelmoqda. U Ogahiy zamondoshlari uchun qanchalik qadrli bo'lsa, bugungi kun va kelajak uchun ham undan-da ko'proq saboq bo'lgulik ahamiyatga ega.
Har davr va zamon uchun mashhur va manzur bo'lgan bu g'azal aruzning ramali musammani mahzuf vaznida (foilotun-foilotun-foilotun-foilun) bitilgan.
Ogahiyning adabiy merosi xalqimiz ardog'idagi umrboqiy, mo'tabar ma'naviy xazina. Olimlarimiz e'tirof etganlaridek, Ogahiy ijtimoiy hayotning ilg'or shaxsi sifatida ham, adabiy jarayonning yuksak iste'dodi sifatida ham qadr-qimmati zamon o'tgan sari ortib bormoqda. Uning pandnoma, oshiqona, rindona g'azallari, muazzam tarjimalari-yu nodir tarix kitoblari bugungi istiqlol kunlarimizda, milliy ma'naviyatimiz, milliy ongimiz qaytadan shakllanayotgan bir davr da dasturil amal bo'lib xizmat qilishi tabiiy. Bu ulkan ma'naviy boylik har birimizning siyratimizga singmog'i, qalblarimizga jo bo'lmog'i lozim.


Tayanch tushunchalar:



  • mustazod

  • “Taviz ul- oshiqin”

  • Mirob

  • "Gulsham davlat"

  • "Shohidi iqbol" ("Baxt shohidi )

  • "Riyoz ud-davla" ("Jannat bog'lari")

  • , " Zubdat ut-tavorix" ("Tarixlar qaymog'i")

  • "Jome ul-voqeoti sultoniy" ("Sulton voqealarining yig'indisi")



Savol va topshiriqlar:



  1. Mustazod qanday turdagi she'riy asar?

  2. Ogahiy g'azallaridan birini yod oling.

  3. Uy daftaringizga shoir she'rlarining badiiy tili va timsollari tarkibini badiiy tahlil qiling.

  4. Shoirning iyhom, tashbeh, irsoli masal, husni ta'lil kabi badiiy san'atlar qo'llash mahoratini misollar asosida sharhlang.

  5. Ogahiyning adabiy merosi o'z davrida va bugungi kunda qanday qimmatga ega?

Adabiyotlar:

  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling