Marshall rejasi


Download 14.3 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi14.3 Kb.
#1225320
Bog'liq
MARSHALL REJASI


MARSHALL REJASI
MARSHALL REJASI — 2-jahon urushidan keyin Yevropani AQSH va Kanadaning iqtisodiy yordami bilan tiklash va rivojlantirish dasturi; bu rejani 1947-y. 5-iyunda AQSH davlat kotibi, general J. K. Marshall (1880 — 1959) ishlab chiqqan va uni amalga oshirish 1948—51 y. larga moʻljallangan. Rejani amalga oshirish boʻyicha Gʻarbiy Yevropadagi 16 davlat — Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Portugaliya, Avstriya, Shveysariya, Gretsiya hamda Turkiya M. r. da ishtirok etishga rozi boʻldi va Yevropa iqtisodiy jamiyatini tuzish haqidagi konvensiyani qabul qildi. Keyinchalik, Marshall rejasiga Gʻarbiy Germaniya ham jalb etildi. AQSH kongressi iqtisodiy hamkorlik qilish qonunini qabul qilgach (1948), M. r., yaʼni toʻrt yillik «chet el davlatlariga yordam» dasturi kuchga kirdi. Unda ikki tomonlama bitim asosida Gʻarbiy Yevropa davlatlariga yordam koʻzda tutilgan. Yordam AQSH federal byudjetidan qaytarib olinmaydigan subsidiya va zayomlar tarzida beriddi. 1948-y. danto 1951-y. gacha AQSH M. p., boʻyicha 17 mlrd. dollar mablagʻ sarfladi. Uning asosiy qismi Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va GFR (AQSH va GRF oʻrtasida 1949-y. dek. da imzolangan ikki tomonlama bitimga asosan) davlatlariga berildi.
Rejada «erkin tadbirkorlik»ni rivojlantirish, xususiy Amerika investitsiyalarini ragʻbatlantirish, bojxona taʼriflarini pasaytirish, AQSHga baʼzi bir taqchil tovarlarni yetkazib berish, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, Amerika yordamini olish natijasida boʻshagan milliy valyutada maxsus fondlar tashkil etish va ularning AQSH tomonidan nazorat kilinishi, olingan mablagʻlarni qay tarzda sarflanayotganligi haqida muntazam hisobot berib turish moʻljallangan.
Download 14.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling