Ma’rufjom yo'ldoshev, zokirjon isaqov, shohqadam haydarov


Download 194.94 Kb.
bet20/41
Sana22.04.2023
Hajmi194.94 Kb.
#1379953
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
Badiiy matnning lisoniy tahlili 2010 M Yo\'ldoshev 2

Sizga bir gilamni sovg'a qilib keltirdim, uning bir uchi bu yerda bo ‘Isa, ikkinchi uchi Samarqandda turibdi.

Ikkinchi lofchi unga darhol javob berdi:

  • Rahmat, yaxshi qilibsan, mehmonxonadagi gilamning ozgina yeriga o‘t tushib kuygan edi, sen sovg'a qilgan gilamni o‘shanga yamoq qilaman.

SAVQL VA TOPSHiRIQLAR:


1 .Badiiy matnda metafora qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

  1. Badiiy matnda metonimiyadan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

  2. Badiiy matnda sinekdoha qanday maqsadlarda ishlatiladi?

  3. Kinoyadan badiiy matnda qanday maqsadlarda foydalaniladi?

  4. Perifrazdan badiiy matnda qanday maqsadlarda foydalaniladi?

  5. Mubolag'adan badiiy matnda qanday maqsadlarda foydalaniladi?

  6. Badiiy matnda groteskdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

  7. Kichraytirishdan badiiy matnda qanday maqsadlarda foydalaniladi?

BADIIY MATHNi TAHLSL QILISH TAMOYILLAB8


Reja:

  1. Badiiy matnni tahiil qilish tamoyilllari.

  2. Badiiy matnni tahiil qilish usullari.

Tayatich tushunchaiar:
Metodologiya, metod, tamoyil, usul, shakl va mazmun birligi tamoyili, makon va zarrion birligi tamoyili, ilmiy mushohada usuli, lisoniy tabdil usuli, matn variantlarini qiyoslash usuli, lug'atlarga asoslanish usuli.
Badiiy matnning lisoniy tahlili fanining metodologiyasi dialektik tafakkur qonuniyatlariga asoslanadi. Metodologiya so‘zi yunon tilidan olingan bo'lib, metodos-yo‘l, usul va logos-ta’limot demakdir. Boshqacha qilib aytganda, insonning nazariy va amaliy faoliyatini to‘g‘ri uyushtirish, tashkil etish haqidagi ta’limotdir. Dialektik tafakkur narsa va hodisalarning mohiyati ularning bir- biri bilan aloqadorligi va rivojlanishi falsafiy qonunlar, tushunchalar (kategoriyalar) tizimi yordamida ochib beradi. Dialektikaning qonun va tushunchalari voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqasini aks ettirib, insonda narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borish va ongli tahiil qilish imkoniyatini yaratadi. Lekin mazkur qonuniyatlar muayyan badiiy asarga tatbiq qilinganida uning xususiy tomonlarini hisobga olish zarur.
Badiiy matnni lisoniy tahiil qilish jarayonida quyidagi tamoyillarga tayanib ish ko'rilsa maqsadga muvofiq bo'ladi degan fikrdamiz:
1.Shakl va mazmun birligi tamoyili.

  1. Makon va zamon birligi tamoyili.

  2. Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabatini aniqiash tamoyili.

  3. Badiiy matndagi poetik aktuallashgan til vositalarini aniqiash tamoyillari.

  4. Badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarini aniqiash tamoyili79.

Tahiil usullari sifatida esa quyidagilar e’tirof etiladi:

  1. .Lisoniy tabdil usuli.

  1. Matn variantlarini qiyoslash us.uli. .

  2. Lug‘atlarga asoslanish usuli.

  3. Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli.


  1. Download 194.94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling