Ma’rufjom yo'ldoshev, zokirjon isaqov, shohqadam haydarov


Lisoniy biriiklar indeksini tuzish usuli


Download 194.94 Kb.
bet23/41
Sana22.04.2023
Hajmi194.94 Kb.
#1379953
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
Badiiy matnning lisoniy tahlili 2010 M Yo\'ldoshev 2

Lisoniy biriiklar indeksini tuzish usuli. Badiiy matnning lingvopoetik tahlili jarayonida asardagi lisoniy birliklarning indeksini tuzib chiqish talab qilinadi. Buning uchun dastlab, asardagi eng ko'p qo'llanilgan, asar badiiyati uchun xarakterli bo'lgan biriiklar (masalan, iboralar, sinonomlar, antonimlar yoki epitetli birikmalar, metonimiya, metaforalar bo'lishi mumkin) aniqlanadi. Keyin alifbo tartibida terib chiqiladi. Bu yozuvchining lisoniy mahoratini yoritishda faktik material vazifasini o'taydi. Masalan, mohir so‘z san’atkori Abdulla Qahhorning «Sarob» romanida qollangan yuzdan ziyod ibora, metafora yoki metonimiyalarning indeksini quyidagi tarzda tuzib chiqishimiz mumkin: (5 jildlik. 1 -jild. Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1987 yil).

Iboralar:
Aftini burishtirmoq - qimirlasam, biqinim sanchadi, - dedi Saidiy xuddi hozir sanchadiganday aftini burishtirib. (41 - bet) Bo‘yniga olmoq - Saidiy xayrlashib chiqdi, qishioqqa borishni bo'yniga olib qo'ydi. (83-bet)
Dami ishiga tushmoq - Saidiy Yoqubjonning aytganini qilganida Kenjaning dami ichiga tushdi. (124-bet)
Qqizmay-tomizmay yetkazmoq - So'z o'rni kelganda, u Saidiyda zakovat belgilari ko 'rganini, bu yigit oddiy studentlardan yuqori turishini so'zlar, buni esa Munisxon oqizmay-tomizmay Saidiyga yetkazar edi. (67-bet)
Ta’bi ochilmoq - U qishioqqa kelganida dastlab yangi muhitga o'rganolmay ko'p qiynalgan edi, ammo o'rganganidan so'ng, ta’bi ochilib ketdi. (89-bet)
Yutagi dov bermaslik - Munisxon paltosining yoqasini ko'tardi-yu, eshikdan chiqishga yuragi dov bermay, turib qoldi. (43-bet)
Uhda qilolmaslik - Shef bilan ishlab ham uhda qilolmayotirsizmi? (82-bet)
Quloq bermoq - Qiz uning so'ziga o'zi ustidan chiqarilgan hukmni tinglaganday quloq berar edi. (35-bet)

Download 194.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling