Ma’rufjom yo'ldoshev, zokirjon isaqov, shohqadam haydarov


[Eslatma: Tasviriy matniar


Download 194.94 Kb.
bet26/41
Sana22.04.2023
Hajmi194.94 Kb.
#1379953
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
Badiiy matnning lisoniy tahlili 2010 M Yo\'ldoshev 2

[Eslatma: Tasviriy matniar (deskriptiv matn). Bunday matn tinglovchiga noma’lum bo'lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo'ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko'rinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi. Ya’ni, tasvirlanayotgan obyektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan so'z yuritiladi.]
Yakan degan o’simlik bo’ladi. Nima uchundir san’atkorlar, aniqrog’i otarchilar pulni «yakan» deyishadi. Aslida esa yakan - qamishzorda o’suvchi o’simlik. Yakan ni o'rib olib, quritib uzum osadilar yoki savat qalpoq to’qiydilar. Ma’lumki, qamish uzun, yakan esa, aksincha, pastak o’simlik. Shunday bo'libdiki, bir kuni yakan qamishga qarab:
-O', birodar, hadeb g‘o‘ddayaverma, salgina egil. Ollohning quyoshi nuridan biz ham bahramand bo'laylik, - debdi.
Qamish unga qaragisi ham kelmabdi. javob ham bermay burnini jiyirib qo‘ya qolibdi. Vaqti-soati kelib awal qamishni, so'ng yakanni o‘ribdilar. Tasodifni qarangki, o‘sha qamishdan yasalgan bo'yrani bir uyga to‘shabdilar. Tasodifni qarangki, shu uy to'sinlariga uzumiarni osibdilar, yakandan to1 qilgan savat qalpoqlarni esa devordagi qoziqlarga ilibdilar. Oradan kunlar
o ‘taveribdi. Qamish pastda, oyoq ostida, yakan esa tepada ekan. Oyoqosti bo'laverib xorlangan qamish axiyri yakanga qarab zorlanibdi:

  • Meni o'rib olib quritdilar, tepkilab qovurg‘alarimnisindirdilar, so'ng suvga bo'ktirdilar. So'ng qayirib-bukib mana shu bo'yra holiga keltirdilar. Endi esa tinimsiz, har kuni tepkilaydilar. Bu ham yetmaganday sal qayirib, ostimga noslarini tupuradilar. Bu zorlanishni eshitib yakan debdikim:

  • Sizbekorga g'o'ddaydingiz. G'o'ddayib o'saverdingiz. Ichingiz g'ovak ekanini unutdingiz. G'ovak bo'lganingiz uchun ham tepkilashdan bo'lak narsaga yaramadingiz. (T.Malik)

  1. mashq. Abdulla Qodiriyning «0‘tkan kunlar» romanidan olingan quyidagi parchada bir saroy tasviri berilgan, Tasviriy matn tahlili shartlari asosida berilgan parchani lisoniy tahlil qiling, Unda tasvir ob’yekti, ob’yekt bilan bog'liq birlamchi xususiyat va aloqador xususiyatlarni aniqlang.

Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg'an bu dongdor saroyni Toshkand, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to‘la. Saroy ahli kunduzgi ish kuchlaridan bo'shab hujralariga qaytqanlar, ko'b hujralar kechiik osh pishirish ila mashg'ul, shuning uchun kunduzgiga qarag'anda saroy jonliq: kishilarning shaqillashib so'zlashishlari, xoxolab kulishishlari saroyni ko'kka ko'targudek.
Saroyning to'rida boshqalarg'a qarag'anda ko'rkamrak bir hujra, anovi hujraiarga kiygiz to'shalgani holda bu hujrada qip- qizil gilam, uttalarda bo'z ko'rpalar ko'rilgan bo'lsa, munda ipak va adras ko'rpalar, narigilarda qora charog' sasig'anda, bu hujrada sham’ yonadir, o'zga hujralarda yengil tabiatlik, serchaqchaq kishilar bo'lg'anida bu hujraning egasi boshqacha yaratilishda.
Og'ir tabi’atlik, ulug' gavdalik, ko'rkam va oqyuzlik, mutanosib
qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit84.

  1. mashq. Badiiy matnning morfologik xususiyatlarini qanday aniqlash haqidagi ma’ruzadan o‘rganganlaringiz asosida quyidagi savollarga javob bering va topshiriqni bajaring.

1.Badiiy matnning morfologik xususiyatlari deganda nimani tushunasiz? 2.Antonomasiya haqida ma’lumot bering. 3.Morfologik parallelizm deb nimaga aytiladi? 4.Qo‘shimchalardagi sinonimiya, omonimiya va antonimiyadan badiiy matnda nima maqsadda foydalaniladi?

  1. mashq. Quyida berilgan she’rning morfologik xususiyatlarini aniqlang. She’r tahlilida morfologik parallelizm va affiksal takror haqida ma’lumot bering. Ostiga chizilgan birliklarni alohida izohlang.


Download 194.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling