Ma’rufjom yo'ldoshev, zokirjon isaqov, shohqadam haydarov


Download 194.94 Kb.
bet34/41
Sana22.04.2023
Hajmi194.94 Kb.
#1379953
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
Badiiy matnning lisoniy tahlili 2010 M Yo\'ldoshev 2

«Uyqu istagi» qaysi Chexovniki? - dedi Hamida.

  • Hech shubhasiz bu Chexovniki. Bu narsa birinchi marta <

    Shundan keyin o'rtoq Boqijon Baqoyev uzundan-uzoq so'zlab ketdi. Uning nima to'g'rida so'zlayotganini Hamida bilmas edi. Detirding degan allaqanday mashhur tanqidchi Shelling degan yozuvchiga «sen dastyorga zor bo'lguncha o'g‘ling dastyor bo‘ladi» deb xat yozgan; Marks Dobrolyubovni Mering bilan bir qatorga qo'ygan; Stending degan allaqanday bir dramaturg o‘lar chog ‘ida Demping degan bir tanqidchiga: «Agar butun jonivorlarni xudo yaratgan bo'lsa, men uning zavqiga qoyil emasman, echkiemar ham jonivor bo‘ldimi?» degan...
    Hamidaning boshi og'irlashib ketdi; ikki marta sekin, og'zini ochmasdan esnadi. Hamida mezbonlar bilan xayrlashib ko'chaga chiqqanda qorong'i tushgan edi; «Uyqu istagi» to'g'risida pochchasidan hech qanday fikr ololmadi. Uning so'zlaridan nima olgani haqida o'ziga hisob berar ekan, g'uvillab turgan boshida shun-dan boshqa hech narsa yo'q edi: praktikum, minimum, maksimum; Detirding, Stending, Shelling, Mering, Demping... 1937 (A.Qahhor)

    1. Quyida berilgan mavzular bo'yicha badiiy asarlardan misollar to'plang va ularni izohlang.

    1. Mavzu: Shukur Xolmirzayev asarlarida parsellyativ konstruksiyalarning qoilanaliishi.

    Tavsiya: Mavzuni yoritish uchun parsellyatsiya va parsellyativ konstruksiya haqida ma’lumotlarga ega bo'lishingiz lozim. Shunda nasriy va nazmiy asarlardan misollar topishda qiynalmaysiz. A.Xojiyevning “Lingvistik terminlar lug‘ati”da bu haqda shunday ma’lumot berilgan: “Parsellyatsiya gapning shunday bo'linishiki, unda ifodaning mazmuni bitta emas, balki ikki va undan ortiq intonatsion- ma”noviy nutqiy birliklardaanglashiladi. Bunday birliklar biri ikkinchisidan so‘ng ketma-ket keladi”. Shunga ko'ra ularni asos va parsellyat sifatida ikki qismga ajratib tekshirish maqsadga muvofiqdir. Parsellyatsiya lotincha so'z bo'lib, bo'lak, qism, parcha degan ma’nolarni ifodalaydi. Tilshunoslikda bu termin gapning ekspressiv maqsad bilan bo'laklanishi, gapning ta’kid nazarda tutilgan muayyan qismining gap tashqarisiga chiqarilishiga nisbatan qo'llaniladi. Masalan: Salim Toshkentda o'qiydi. Institutda (A.Jo'rayev). Bu gap sintaktik me’yor bo'yicha Salim Toshkentda institutda o'qiydi shaklida bo'lishi kerak. Yuqorida keltirilgan gapdagi qaysi informatsiya eng muhim hisoblanadi? Salimning Toshkentda o'qishimi yoki institutda o'qishimi? Har ikkisi ham muhim. So'zlovchi pozitsiyasidagi qahramon nazdida Salimning qaysi shaharda o'qiyotganligini aytishning o'zi yetarli emas. Xabar mazmunining tugallanmog'i uchun uning qanday ta’lim maskanida o'qiyotganligini ham aytish zaruratini sezadi. Ayniqsa, uning institutda o'qiyotganligini aytish barobarida ichki qoniqish, faxrlanish hissini tuyadi. Va Salimning duch kelgan joyda emas, institutda o'qiyotganligini ta’kidlashni istaydi. Bu istak ayni so'zni gap ichidan ajratib olish orqali qondiriladi. Demak, Salimning Toshkentda, institutda o'qishi haqidagi xabar standart shakl orqali berilganida mazkur jumlaga qahramon ruhiyatidagi g'ururlanish hissi, iftixor tuyg'usi singmagan va tabiiy tarzda kitobxon ham buni sezmagan bo'lardi. Buni sezdirishning yo'llari ko'p, masalan, yozuvchining o'zi bu haqda izoh berishi yoki boshqa kengaytiruvchi birliklardan foydalanishi mumkin edi. Biroq muallif ortiqcha izohlarsiz ayni effektga erishishning yo'lini topadi. Ya’ni buning uchun parsellyatli konstruksiyatarzida ifodalashni eng ma’qul yo'l deb biladi.
    Foydalanish uchun adabiyotlar:

    1. tomajineb h xo3nprn y36ek tm/im. cwhtakcuc. cm-rraktmk ba cmh- tariviatmk t^ama 6y/imhhlu. riapu.e.n.nqm'm. - toiukeht: zarqalam, 2004.

    2. xafiflapob lli. napue/uisitmb i

    1. on/iojiornq maca/ia/iapm.-toljjkeht, 2009. -n°2.

    1. xa^aapob lu. baahum mathfla napuejinqmb kohctpyku,i/m.nap- hhht k,yji/iahmiim. // th/i ba aaa6netta-b.rimmm.-toiui

    2. xa^flapob hi. flmanormk hytkfla napuejuiqu,mfl. // ^36ek ™/mjy- hoc/inrhhhhr ao/i3ap6 wiaca/iajiapn. hhsommm homhflarw touikeht aab/iat neaarormka yhhbepcmetm. \ahmv\v\ tyri/iawi.-touikeht, 2009. - n23.-b. 127-129.

    3. xa^aapob lu. lliykyp xo/imnp3aeb x,m<05i/iaphaa napue.ruiflli,i/m. / / a.fy/iomob ba y36ek tm^ujyhoc/iurn maca/ia/iapn. ^36eknctoh mm/i- /imm yhmbepcmtetm. h/immm tyn/iam. -tolukeht, 2009. -b.97-99.

    4. xafiaapob lu. napue/i/istmb kohctpyku,mfl/iap 6aahn«tm. // m3/ia- hmuj. em taflk,i/ik,othm/iaphmhr m/i mum mak;ojiajiapn tyn/iamm.- towkeht, 2009. -n°3. -b. 12-15.

    1. iviawzu: badiiy matnda murojaat birliklari lingvopoetikasi.


    Download 194.94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling