Agnonim - bilinmagan, tushunarsiz, noma’lum nom degan ma’noni bildiradi. (Yun.“inkor”, “bilish”, va “nom” so'zlaridan)
Agnomaziya - agnonimlarning badiiy matnda qo'llanishi.
Anafora - she’riy misralarning boshida yoki nasriy asardagi gaplarning oldida bir xil jaranglagan tovush, ohangdosh so'z va iboralaming takrorlanib kelishi.
Antiteza - badiiy asarda bir-biriga zid ma’noli so'zlarni yonma-yon qo'llash, qarshilantirish san’ati.
Antifraza - ironiyaning bir ko‘rinishi bo'lib, biror shaxs yoki predmetga xos bo'lgan u yoki bu ijobiy xususiyatni kulgili intonatsiya bilan inkor qilishga aytiladi.
Aiiegoriya - qochirim, kesatish, pishingga asoslangan ma’no ko'chishi.
Alliteratsiya - misralar, undagi so'zlar boshida bir xil undosh tovushlarning takror qo'llanishi: Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz...
Amfiboliya - ikki xil talqin etish, ikki ma’noda tushunish mumkin bo'ladigan gap. Bu // ahmoq odam emas. Bu ahmoq // odam emas.
Antonomasiya - atoqli otlarning badiiy matnda alohida maqsadlar bilan qo'llanishi: omborchi Yovqosh Olloberganov, Oldi Sottiyev...
Apastrofa - jonsiz predmetlarga jonli narsadek murojaat qilish va shunday munosabatda bo'lish.
Argo - yasama til. Biror ijtimoiy guruh, toifa vakillari o'rtasida tushunarli bo'lgan, boshqalar tushunmaydigan lug'aviy birliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |