Ma’ruz virtual laboratoriya ishlariga qo’yiladigan metodik va didaktik talablar


Download 1.51 Mb.
Sana04.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1163369
Bog'liq
Ma\'ruza1


MA’RUZA1.Virtual laboratoriya ishlariga qo’yiladigan metodik va didaktik talablar.
REJA:

  • Metodika nima?

  • Didaktika nima?

  • Virtual laboratoriya ishlariga qo’yiladigan metodik talablar.

  • Virtual laboratoriya ishlariga qo’yiladigan didaktik talablar.

Metodika nima?
Metod (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — voqelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. Metodikaning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish Metodikani egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. Metodikani egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. Metodika oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid Metodlar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi. Metodlar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, oʻxshatish, farq qilish asosida voqelik haqida bilimlarini toʻplab borgan. Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda qoʻllaniladigan yoʻl-yoʻriqlar, Metodlar ham takomillashib borgan. Fanning amaliy (empirik) va nazariy Metodlari vujudga keldi. Metodika keng doirada mana shu dars jarayonlarida qo’llaniladigan sanoqsiz metodlar jamlanmasi sifatida tushuniladi. Tor doirada esa chet tili darsiga oid barcha metodlar majmuini ilmiy nazardan örganadigan, rivojlantiradigan fan sifatida tushunish lozim. Chet tillarni öqitish va örganishda metodika ilmiy fan sifatida ham öquv darsturlariga kiritilgan.Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, metodika bu dars jarayonidagi turli maqsadlarga eltuvchi yöllar, uslublar majmuasi bölib, uning öqituvchi oldiga qöyadigan savoli öquvchi örganayotgan materialni QANDAY usulda muvaffaqiyatli özlashtira oladi va rivojlantiradi demakdir.
Didaktika (yun. didaktikos — oʻrgatuvchi, taʼlim beruvchi) — pedagogikaning tarmogʻi. Didaktika - taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi.
Didaktika nima?
"Didaktika" atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy oʻzining "Buyuk didaktika" asari (1657)da bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chikdi. Nemis pedagogi A. Disterveg oʻzining "Nemis oʻqituvchilarini maʼlumotli qilishga rahbarlik" (1834—35) asarida Didaktikaning ped.da taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin Didaktikaga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida Didaktikaga oid maxsus monografiyalar paydo boʻla boshladi.
Virtual laboratoriya ishlariga qo’yiladigan metodik talablar.
Laboratoriya ishlariga qo’yiladigan metodik talablar.
1. Har bir talabada bajariladigan ish bayonnomasi yozilgan qo’llanma bo`lishi shart.
2. Talaba bajariladigan ishni maqsadi va ishni bajarish to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi lozim.
3. O`qituvchi yoki laborant yordamida ish bajarishga kirishadi.
4. Zarur tajriba natijalarini olib, hisob kitoblarni bajarib, jadvallarni to`ldirib, zarur grafiklarni chizadi.
5. Kеyingi mashg`ulotda bajarilgan ish to`g`risida hisobotni topshiradi va yangi laboratoriya ishini bajarishga kirishadi.
1. Har bir talabada bajariladigan ish bayonnomasi yozilgan qo’llanma bo`lishi shart.
2. Talaba bajariladigan ishni maqsadi va ishni bajarish to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi lozim.
3. O`qituvchi yoki laborant yordamida ish bajarishga kirishadi.
4. Zarur tajriba natijalarini olib, hisob kitoblarni bajarib, jadvallarni to`ldirib, zarur grafiklarni chizadi.
5. Kеyingi mashg`ulotda bajarilgan ish to`g`risida hisobotni topshiradi va yangi laboratoriya ishini bajarishga kirishadi.
Virtual laboratoriya ishlariga qo’yiladigan metodik talablar.
Virtual laboratoriya ishi qaysi fandan, qanday maqsadda qo‘llanilishdan qatiy nazar bir qator uslubiy, didaktik va boshqa bir qator talablarga javob bera olishi lozim. Ammo hozirda virtual laboratoriyalarga qo‘yiladigan manna shu talablarning o‘zi qanday bo‘lishi kerak aniq ishlab chiqilmagan.
Virtual laboratoriya ishlariga qo‘yiladigan talablarni uch yo‘nalish bo‘yicha tasniflash mumkin.

  1. Texnik talablar.

  2. Metodik talab.

  3. Dizayn bo‘yicha talab.

  1. Texnik talablar:

  • virtual laboratoriya ishining dasturiy ta’minot ko‘rsatkichlari

  • foydalaniladigan kompyuter ko‘rsatgichlari,

  • uzatiladigan tarmoq ko‘rsatgichlari,

  • operatsion tizim ko‘rsatgichlariga mos kelishi lozim.

2.Metodik talab:

  • virtual laboratoriya ishi oddiy animatsiya yoki multiplikatsiya bo‘lmagani uchun unda kompyuter va talaba o‘rtasida teskari aloqa bo‘lishi lozim.

  • Talaba bajarayotgan virtual laboratoriya ishi real laboratoriyaning aksi bo‘lishi, o‘lchov asboblari, qurilmalar real laboratoriyadagiga tashqi ko‘rinish jihatdan o‘xshash bo‘lishi lozim.

  • Bundan tashqari virtual laboratoriya ishida laboratoriya ishini bajarish bo‘yicha tavsiyanoma, nazariy ma’lumotlar, nazorat savollari, qo‘shimcha mashqlar matnli tarzda berilgan bo‘lishi lozim.


  • Tavsiyalar audio yoki video namoyish tarzida berilsa yana ham qulaylik tug‘diradi.

  • Virtual laboratoriya ishi masofaviy ta’limda qo‘llanilganda mashg‘ulot natijalarini baholash uchun laboratoriya ishiga maxsus test dasturi yoki interfaol muloqot oynsi mavjud bo‘lishi lozim. Foydalanuvchi talaba bajarayotgan virtual laboratoriya ishi bo‘yicha barcha savollarga dasturning o‘zidan javob topa olishi lozim.

3.Dizayn bo‘yicha talab.
Virtual laboratoriya ishlari ko‘rinishi ixtiyoriy tarzda tuzirilish mumkin emas shakli va estetik didi bo‘yicha ba’zi talablarga javob berish lozim:

  • Raqamlar, belgilar, so‘zlar tushunarli, asboblar nomi, o‘lchov birligi standartlariga mos va aniq tushunarli hamda yangi o‘zbek lotin alifbosida yozilgan bo‘lishi lozim.

  • Dasturdagi gipperssilkalar, kattaliklar va birliklar asosiy matndan ajralib turishi, boshqaruv dastaklari, indikatorlar, kontrollerlar, shkalalar iloji boricha real asbob uskunalarda qanday ko‘rinishda bo‘lsa shunday yoki shunga yaqin bo‘lishi lozim.

  • Dastaklardan, kontrollerlardan sichqoncha orqali foydalanish qulay bo‘lishi uchun ularning shakli qulay va yetarlicha yirikroq bo‘lishi lozim.

  • Virtual laboratoriya ishining panel oynasidan ortiqcha manzaralar, rasmlar va animatsiyalar talabalar fikrini chalg‘itishi yoki ortiqcha e’tibor tortishi tufayli ulardan foydalanmaslik yoki kam foydalanish lozim.

  • Yuqorida keltirilgan talablarga mos keluvchi virtual laboratoriya ishlarinigina o‘quv jarayonida qo‘llashga tavsiya berish mumkin va ulardan o‘zlashtirish samaradorligini oshirish omilini kutish mumkin.

Yuqorida keltirilgan talablarni bajarish uchun LabVIEW dasturi qanday darajada mos keladi?

Shu VLI ga yana nimalarni qo’shgan bo’lar edingiz?

VLI kamchiliklarini aniqlang.....





Mustaqil ta’lim topshiriqlari
Labview dasturida 6-ta VLI ish loyihalash
Shundan 4 ta VLI mavzusi o’qituvchi
tomonidan beriladi.
2-ta VLI ixtiyoriy mavzuda
maktab dasturi asosida tanlanadi.
LabVIEW dasturida yaratish tavsiya qilinadi
Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling