Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari


Download 298.1 Kb.
bet33/67
Sana21.04.2023
Hajmi298.1 Kb.
#1373937
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
Bog'liq
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari

Tashqi siyosat
Yaponiya tashqi siyosatida San-Fransisko shartno- masidan so‘ng AQSH asosiy hal qiluvchi rol o'ynadi. 1954-yil dekabrida Bosh vazirlik lavozimini egallagan Xatoyama o'z dasturining bir punktini Sovet davlati bilan munosabatlarni yaxshilashga bag'ishladi. Natijada 1956-yil oktabrida ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar tiklandi. Yapon fuqarolari o'z vatanlariga qaytarildi. Tinch okean shimoli-g'arbida baliq ovlash, dengizda halokatga uchraganlarga yordam berish to'g'risida bitimlar tuzildi.

  1. yil dekabrda sovet-yapon savdo shartnomasi imzolandi va tovar ayirboshlash yo'lga qo'yildi.

Shu bilan birga 1960-yil Kisi hukumati AQSH bilan «xavfsizlik shartnomasi»ni imzoladi va u 1970-yilda uzaytirildi. Unga muvoliq, Yaponiya hududida AQSHning 118 ta harbiy obyekti bo'lib, ularga 50 mingga yaqin harbiylar joylashtirilgandi. Yaponiya AQSH ning Vetnamdagi urushini qo'llab-quwatladi.
Sobiq bosh vazir Tanaka Amerikaning «Lokxid» aviakompaniyasidan katta miqdorda pora olganligi fosh bo'ldi. Mamlakatda korrupsiya kuchaydi.

  1. yil dekabrda Bosh vazirlik lavozimiga kelgan Miki zo'rg'a 2 yil turdi va Fukudaga o'z o'rnini bo'shatib berdi. Uning davrida Yaponiyaning «Umumiy bozor» davlatlari bilan raqobati kuchaydi.

  1. yilda Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o'rnatildi. 1978-yilda esa tinchlik va do'stlik to'g'risida bitim tuzildi. 1990-yillarda Yaponiya o'z taraqqiyotining yuqori cho'qqisiga ko'tarildi. Lekin Osiyoda uning Janubiy Koreya, Tayvan, Tailand, Malayziya kabi raqobatchilari kuchayib bormoqda.

Siyosiy hayotda 1955-yildan beri Liberal-demokratik partiya hukmron­lik qilib kelmoqda. Korrupsiya, poraxo'rlik, tovlamachilik tez-tez ko'zga tashlanadi.
XXI asr boshlariga kelib Yaponiyada siyosiy kuchlar qayta guruhlandi. 2000-yilda o'tkazilgan saylovlarda Liberal-demokratik partiya rahbari Mori Bosh vazirlik lavozimiga saylandi. Lekin u ham korrupsiya bilan bog'liq janjalga aralashib qoldi va iste’foga chiqdi. Shundan so'ng J. Koidzumi Bosh vazir bo'lib qoldi va u tartibni ancha kuchaytirdi.
238
Y »' O' b k" to Yaponiya dunyo davlatlari ichida birinchilardan aPmunosabat?ari " bolib 0‘zbekiston mustaqilligini tan olgan — davlatlardan biri. 1992-yilning 28-avgustida Yapo­niyaning 0‘zbekistonda faoliyat boshlagan birinchi elchisi Sulilo Edam- mura 0‘zbekiston Prezidenti I. Karimovga ishonch yorlig'ini topshirdi. Har ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yildan-yilga kengayib bordi. 1994-yilning 16—19-may kunlari 0‘zbekiston rahbarining Yaponiyaga rasmiy tashrifi bu ikki davlat aloqalarini yanada rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
Yaponiya — 0‘zbekiston munosabatlari rivojining XXI asr boshlarida yangi bosqichga ko‘tarilishida I. Karimovning 2002-yilning 28—31-iyul kunlarida rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘lishi katta ahamiyatga egadir. Bu tashrif davomida I. Karimov va Yaponiya Bosh vaziri J. Koidzumi muhim siyosiy hujjatni — «Do‘stlik,strategik sheriklik va xalqaro hamkorlik to‘g‘risida» gi bayonotni imzoladilar. Bundan tashqari «0‘zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida», «0‘zbekistondagi islohotlarni qoMlab- quwatlash to‘g‘risida» va yana boshqa qator hujjatlar imzolandi. Bu hujjat- lar Yaponiya — 0‘zbekiston aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Yaponiya 0‘zbekiston bilan har tomonlama yaqin hamkorlik qilib kelayotgan davlatlardan biri. Shu vaqtgacha Yaponiyaning 0‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasining hajmi 1,6 mlrd. AQSH dollaridan oshganligi buning yorqin dalilidir. Ayni paytda 0‘zbekistonda 18 ta yapon kompaniyasining vakolatxonasi, 10 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko'rsatmoqda.
Bundan tashqari Yaponiyaning «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasida 0‘zbekistonga 100 mln. dollardan ziyod mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, Yaponiyaning turli oliy o‘quv yurtlarida 70 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba ta’lim olmoqda. Rasmiy tashrif chog‘ida Yaponiyaning yana 348 mln. iyen miqdorida grant ajratishi haqida bitim imzolandi.
Siyosiy sohada tomonlarning fikrlari bir-biriga yaqin va xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida o‘zaro kelishib olindi. Ayni paytda 0‘zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lishini yoqlab kelmoqda.
Shunday qilib, Yaponiya XX asrning ikkinchi yarmida vayronalikdan chiqib, qudratli rivojlangan davlatga aylandi. Bunga amerika omilining tasiri, harbiy xarajatlarning kamligi, eng muhimi, yapon millatining manaviy yuksakligi sabab boldi. Xalqning yagona musht bolib birlashuvi, oz manfaatlarini xalq, yurt manfaatlari bilan muvofiqlashtirgan holda suiistemol qilmay olib borishi galabaning asosiy tayanchi boldi, Yapon millati ozi- ning buyuk millat ekanligini dunyoga korsatdi. Dunyo bugun «yapon mojizasi»dan hayratlanmoqda va tajriba sifatida foydalanmoqda.

239

  1. Ikkinchi jahon urushining Yaponiya uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. 1951-yilda o'tkazilgan San-Fransisko xalqaro konferensiyasi qanday masalaga bag'ishlangan edi?

  3. Yaponiyaning Sovet davlati bilan munosabati haqida gapirib bering.

  4. Yaponiyada iqtisodiy islohotlar qachon boshlandi va nimalarga asoslandi?

  5. «Yapon mo‘jizasi»ning siri nimada?

  6. Yaponiya tashqi siyosatidagi asosiy yo'nalishlar nimalardan iborat?

  7. Yaponiya — O'zbekiston munosabatlari qanday rivojlanib bormoqda?


Download 298.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling