Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
Download 298.1 Kb.
|
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza №: 5. Yaponiya 1945 – 2015 yy.
ry 1. Hindiston va Pokistonning tashkil etilishi sabablari va mustaqillikka erishishi
qanday yuz berdi? J. Neru davrida Hindistonning ahvoli qanday edi? Pancha chila nima? Hindiston tarixida I. Gandining roli qanday bo'ldi? Hindiston bilan Pokiston o'rtasidagi mojaroning asosiy sababi nima? M. Desai davrida Hindiston taraqqiyoti haqida gapirib bering. «Bxarati janati parti» qanday partiya? Pokiston 1958-yilgacha qanday idora qilindi? Pokistonda harbiy diktaturalar nega o'rnatildi? Toshkent deklaratsiyasining ahamiyati qanday bo'ldi? Bangladesh mustaqillikka qanday erishdi? Benazir Bxutto qanday siyosat yurgizdi? Hozirgi bosqichda Pokiston — Hindiston munosabatlari qanday? AQSHning Hindiston va Pokiston bilan munosabatlari qay tarzda davom etmoqda? 15.0'zbekistonning Hindiston va Pokiston bilan munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? JADVALNI TO'LDIRING. HINDISTON VA POKISTON RAHBARLARINING FAOLIYATLARI HAQIDA BAHS YURITING Jamiyat taraqqiyotida dinning roli va G'arb davlatlarining diniy ayirmachilikdan Sharq mamiakatlarida qanday foydalanayotganlikiari haqida erkin fikr yuritib, matbuot va tarixiy materiallar asosida insho yozing. Hindiston iqtisodiyotidagi qaysi jihatlardan O‘zbekistonda ijodiy foydalanish mumkin? Bu haqda erkin fikr bildiring. Bahs yuriting. Ma’ruza №: 5. Yaponiya 1945 – 2015 yy. Reja: Urush oqibatlari I Urush Yaponiyani vayronaga aylantirdi. Ishlab 1 chiqarish urushdan oldingi darajaning 30 foiziga tushib qoldi. 10 mln. kishi ishsiz qoldi. Yaponiya taslim bo'lganidan (1945- yil 2-sentabr) ikki haftadan so‘ng uning hududi AQSH armiyasi tomonidan okkupatsiya qilindi. Bu armiyaga general D. Makartur rahbarlik qildi. U Yaponiyada cheklanmagan hokimiyatga ega edi. Yaponiya qurolsizlantirilishi va mamlakatda demokratik tartib o‘rnatilishi kerak edi. Bu vazifaning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida Tokio shahrida ittifoqchi davlatlar (AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Xitoy) vakillari dan iborat Ittifoq Kengashi tuzildi. Amerikaliklar losudani Bosh vazir qilib qo‘ydilar. U 1944-yildan qurol - yarog‘ vaziri bo‘lib ishlagan va amerikaliklarga «kommersiya xabarini» yetkazishda ayblanib, 1945-yil boshida qamoqqa olingan edi. Iosida ozgina tanaffus bilan (1947—1948) mamlakatni 1954-yil dekabrigacha boshqardi. Mamlakat armiyasi demobilizatsiya qilindi. Harbiy muassasalar tarqatib yuborildi. Militaristik tashkilotlar taqiqlandi. Harbiy va siyosiy jinoyatchilar sudga tortildi. Davlat apparati jinoyatchi unsurlardan tozalandi. Yashirin politsiya tugatildi. Kasaba uyushmalari faoliyati tiklandi. Demokratik siyosiy partiyalar tuzildi. Bular taraqqiyparvar, liberal va sotsialistik partiyalar edi. Mamlakat demokratik yo‘ldan taraqqiy etishi uchun barcha zarur choralar ko‘rildi. Shu tariqa ikkinchi jahon urushida Yaponiyaning mag'lubiyatga uchrashi yapon xalqi va mamlakat kelajagi uchun katta ijobiy ahamiyatga ham ega bo‘ldi. Chunki mag‘lubiyat tufayli Yaponiyada militarizm tugatildi. Bu esa Yaponiyani Osiyo va Tinch okeani havzasida yangi bosqin- chilik urushlari olib borish imkoniyatidan mahrum etdi. Bu hoi Yaponiya hukumatiga butun imkoniyatni tinch bunyodkoriik ishlariga qara- tishga sharoit yaratdi. Ayni paytda AQSH ning Yaponiyani ishg‘ol eti- 234 shi oxir-oqibatda bu mamlakatning kelgusi taqdiri uchun katta ijobiy hodisa bo'ldi. Chunki aynan AQSH ning okkupatsiyachi ma’muriyati Yaponiyada chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazilishining kafolati vazifasini bajardi. . Download 298.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling