Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari


Pokiston Islom Respublikasi


Download 298.1 Kb.
bet28/67
Sana21.04.2023
Hajmi298.1 Kb.
#1373937
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67
Bog'liq
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari

Pokiston Islom Respublikasi

  1. Pokiston davlatining tashkil topishi

Pokiston davlati 1947-yilning 14-avgustida tashkil etildi. Bu hodisa, awalgi mavzuda ta’kidlangani- dek, Hindistonning ikkiga bo‘lib yuborilishi natijasi edi. Bu bo‘linish diniy belgi asosida amalga oshirilganligi uchun Pokiston hududi amalda ikki — g‘arbiy va sharqiy qismdan iborat bo‘lib qoldi. Bu qismlarni 1600 km. lik masofa ajratib turar edi. Pokiston 1947- yildan 1958-yilgacha inglizlarning Hindistonni boshqarish haqidagi 1935- yildagi Qonuni, 1947-yildagi Mustaqillik deklaratsiyasa bo‘yicha parlament tizimi asosida boshqarib kelindi. Lekin Oliy qonun chiqaruvchi organga saylov o'tkazilmas edi.
Pokiston davlati dastlabki kunlardanoq katta muammolarga duch keldi. Ma’lumki, Hindistonning ikkiga bo'linishi qattiq diniy qirg‘inlami keltirib chiqargan edi. Buning oqibatida faqat Hindiston hududidan dastlabki yillarda 7 mln. kishi Pokistonga qochib o‘tdi. Ularni yashash joyi va ish bilan ta’minlash muammosi buningsiz ham ahvoli og‘ir bo'lgan yosh davlatning ahvolini yanada qiyinlashtirib yubordi.



    1. Kashmir muammosi

Ikki davlat o‘rtasidagi hududiy kelishmovchilik- lar katta qurbonlarga sabab bo'lgan urushlarni keltirib chiqargan.
Asosiy hududiy muammo Kashmir viloyati muammosi edi. Kashmir aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat. Pokiston ana shu omilga urg‘u beradi. Hindiston esa Kashmirni asrlar osha hind maxaraji boshqarib kelganligiga urg‘u beradi.
Maxaraj 1947-yilning iyul oyida Hindiston tarkibida qolish istagini e’lon qildi. Bu qaror ommaviy to‘qnashuvlarni keltirib chiqardi. Kashmir muammosi BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama qilindi. Kengash urush harakatlarini to‘xtatish, har ikki davlat qo‘shinlarini Kashmirdan olib chiqib ketish va BMT nazorati ostida Kashmirda referendum o'tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Biroq Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashi qarorini bajarmadi. 1954- yilning may oyida Kashmirni Hindistonga qo‘shib oldi. Kashmir muammosi hamon ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarning keskinligicha saqlanib qolishiga sabab bo‘lib kelmoqda.
Ayni paytda bu keskinlik har ikki davlatni ittifoqchilar izlashga majbur etgan. Hindiston qo'shilmaslik harakati a’zosi bo‘lsa-da, sobiq SSSR bilan, Pokiston esa AQSH bilan yaqinlashish siyosatini yuritganlar. Har ikki tomon ham kuchli armiya tuzishga urindilar. Pokiston 1954-yilda SEATO, 1955- yilda esa Bag‘dod pakti (keyinchalik SENTO) ga a’zo bo'lib kirdi.
Britaniya mustamlakachiligining og'ir oqibatlari, katta harbiy xarajat Pokistonning iqtisodiy jihatdan sekin rivojlanishiga, agrar davlatligicha qolishiga sabab bo‘lgan. Bu esa muhim ijtimoiy sohalarni (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot va boshqalarni) zarur mablag‘ bilan ta’minlashga imkon bermagan.



    1. Harbiy diktatura o'matilishi

Aholi turmush sharoitining og'irligi, boshqa mil- latlar huquqlarining kamsitilishi mamlakatdagi ichki ahvolni yanada murakkablashtirdi. Pokis­ton hukumati mamlakatning butun hududida urdu tilini davlat tiliga aylantirishga urindi. Sharqiy Pokiston (hozirgi Bangladesh)da asosan bengallar yashar edi. Biroq ular davlat xizmatchilarining atigi 10 foizini tashkil etardilar.
Sharqiy Pokiston iqtisodiga butun davlat budjetining uchdan bir qismi, ta’limga esa o‘n oltidan bir qismi sarflanar edi. Bu hududdan qilingan eksport natijasida davlat xazinasiga tushgan valuta asosan G'arbiy Pokiston ehtiyojlari uchun sarflanardi. Bu hoi, tabiiyki, Sharqiy Pokistonda milliy harakatni vujudga keltirgan. Bu harakatni Xalq Ligasi partiyasi boshqargan.
Mamlakatdagi bu ichki ahvolni adolatli hal etish O‘rniga hukmron Musulmon Ligasi partiyasi repressiya, zo'ravonlik siyosati bilan javob qaytardi. 1954-yilda Sharqiy Pokistonda qonuniy yo‘l bilan hokimiyat tepasiga kelgan Birlashgan front hukumati ag‘darib tashlandi. Ayni paytda Pokiston parlamenti tarqatib yuborildi. Butun mamlakat hududida favqulodda holat joriy etildi. 1956-yil 23-martda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko'ra, Pokiston Islom Respublikasi deb e’lon qilindi. Konstitutsiyada mamlakat prezidenti musulmon kishi bo'lishi kerak, deb belgilab qo'yildi. 1958-yilga kelib davlatning iqtisodiy ahvoli yanada yomonlashdi. Aholi turmush darajasi pasaydi. Natijada aholining o'z haq- huquqi uchun kurashi kuchaydi.
Ayni paytda turli siyosiy guruhlar o'rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi. Mamlakatda korrupsiya avj oldi. Bu hoi hukumat beqarorligini keltirib chiqardi. Mamlakatni chuqur iqtisodiy va siyosiy tanglik qamrab oldi. Shunday sharoitda Pokiston armiyasi qo'mondonligi hokimiyatni qo'lga olishga qaror qildi. Ular 1958-yil 27-oktabrda davlat to'ntarishini amalga oshirdilar. Butun hokimiyat armiya bosh qo'mondoni general (1959-yildan — feldmarshal) M. Ayubxon qo'liga o'tdi. Mamlakatda harbiy holat o'rnatildi. 1960-yil fevralda saylovlar o'tkazilib, Ayubxon g'alaba qildi.




    1. Download 298.1 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling