Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
Download 298.1 Kb.
|
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
Hindiston Respublikasining tashkil topishi
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Hindiston xalqining milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi. Bu harakatga, hatto, Buyuk Britaniya armiya- sida xizmat qilayotgan hindistonlik soldat va matroslar ham qo‘shilishdi. 1946-yilning fevralida Bombey harbiy-dengiz bazasi matroslarining bosh ko‘tarishini deyarli butun Hindiston qo‘llab- quvvatladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya hukumati Hindistonga mustaqillik berilishini e’lon qilishga majbur bo'ldi. Buyuk Britaniya bosh vaziri K. Ettli 1947-yil 20-fevralda Hindiston haqida yangi deklaratsiya bilan chiqdi va hokimiyatni «hindlar qo'liga» topshirishini bayon qildi. yilning 15-avgustida Hindiston mustaqilligi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bunga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonni ikki dominionga (Hindiston Ittifoqi va Pokistonga) bo‘lib yubordi. Shu tariqa Buyuk Britaniya yana bir marta o‘zining « Bo‘lib tashla, hukmronlik qil!» shioriga sodiqligini namoyon qildi. Bu bo‘linishni eng nozik belgi — diniy belgi asosida amalga oshirdi. Hindiston Ittifoqi hududida aholining katta qismi (musulmonlar ham kam emas edi) hinduiylik diniga e’tiqod qilishardi. Pokiston aholisining katta qismi esa (hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar ham kam emasdi) islom diniga e’tiqod qilardi. Bir davlatning ikkiga boiinishi jarayoni katta diniy to'qnashuvlar, qirg‘inlar sharoitida amalga oshirildi. Ikki tomondan qochoqlar soni 8 mln. dan ortiqni tashkil etdi. Ayniqsa, Kashmir viloyatining Hindistonda qoldirilishi (bu viloyat aholisi asosan musulmonlardan iborat edi) Hindiston va Pokiston o‘rtasida urush harakatlarini keltirib chiqardi. 1947-yil kuzida Pokiston qo‘shinlari Kashmirga kirdi. Hindiston armiyasi bilan janglar bo‘ldi. М. K. Gandi bu diniy to'qnashuvga qarshi chiqdi. Hindistonda musulmonlarning hayot kechirishi uchun zarur sharoit yaratishni talab qildi. Bunga shovinist hind burjuaziyasi qarshi chiqdi. 1948-yil 30-yanvarda 70 yoshli М. K. Gandi o‘ldirildi. 1949-yilning 1-yanvarida bu ikki dominion o‘rtasida urushni to'xtatish haqida bitim imzolanishiga erishildi. 1949-yil- da Hindiston Ta’sis majlisi mamlakat konstitutsiyasini qabul qildi va u 1950-yilning yanvaridan kuchga kirdi. 1950-yilning 26-yanvarida Hindiston Respublika deb e’lon qilindi. Shunday qilib, hind xalqining Buyuk Britaniya mustamlakachiligiga qarshi salkam 100 yil davomida olib borgan milliy- ozodlik kurashi mustaqil davlatga ega bo'lish bilan yakunlandi. Bu kurashga Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlik qildi. Mustaqillikdan so‘ng tuzilgan birinchi hukumatni HMK rahbari J. Neru (1889—1964) boshqardi. Ayni paytda Hindiston Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi tarkibida qoldi. Iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot Yangi hukumat o‘tkazgan dastlabki muhim islohot agrar islohot bo‘ldi. Unga ko‘ra, yer bevosita unda ishlayotganlarga berilishi ko‘zda tutildi. Biroq za- mindorlarning qattiq qarshilik ko‘rsatishi oqibatida hamma dehqonlar ham yerli bo‘la olmadi. Shunga qaramay, yerni zamindorlardan ijaraga olib ishlayotganlarning katta qismi yerli bo‘lib qoldi. Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmi ikki baravardan ortiq ko‘paydi. Hindiston 1966-yilgacha uchta besh yillikni amalga oshirdi. To‘g‘ri, aholining barchasi ham to‘q yashamayotgan yoki ma’lum qismi och holatda yashayotgan bo‘lsa-da, islohot tufayli Hindiston o‘z aholisini oziq-ovqat bilan asosan o‘zi ta’minlash imkoniga ega bo‘ldi. Hindiston hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga ham alohida e’tibor berdi. Natijada sanoat ishlab chiqarishi deyarli to‘rt baravar ko'paydi. Hindiston agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. 1990-yilda Hindiston 170 mln. kv/s elektr energiya, 12 mln. tonna po'lat, 30 mln. tonna neft ishlab chiqardi. Avtomobil, avtobus, radio, televizor ishlab chiqarish yuksak sur’atlarda rivojlanmoqda. Traktor ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biriga aylandi. Hindiston iqtisodiyotida davlat sektori yildan-yilga kamayib bormoqda. Bugungi kunda u jami milliy mahsulotning 20 foizini ishlab chiqaradi, xolos. Hindiston siyosiy hayotida parlamentarizm mustahkam qaror topdi. Download 298.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling