Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
Download 298.1 Kb.
|
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
Eron nefti uchun kurash
Ingliz-eron neft kompaniyasi (IENK) Buyuk Britaniya uchun katta ahamiyatga ega edi. Bu kompaniya 1933-yilda tashkil etilgan. Kompa- niya daromadining asosiy qismini Buyuk Britaniya olardi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng ham u bu kompaniyani saqlab qolishga zo‘r berib urindi. Shu maqsadda Buyuk Britaniya 1949-yilda «Qo'shimcha shartnoma» deb ataluvchi shartnoma ishlab chiqdi. Unda kompaniya da- romadidan Eronga beriladigan ajratma miqdorini qisman oshirish ko'zda tutilgan edi. Eron xalqi qarshi chiqdi. Buyuk Britaniya shu yo‘l bilan IENK da o'z xo‘jayinligini saqlab qolmoqchi bo'ldi. Biroq Eron hukumati uni rad etdi. 1951-yilning 15- martida esa mamlakat parlamenti IENK ni milliylashtirish to'g'risida qaror qabul qildi. 29-aprelda bosh vazir lavozimiga tayinlangan, Milliy front (Eron- ning chet davlatlarga iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaramligiga qarshi kurashuvchi kuchlar) rahbari M. Mossodiq bu qarorni bevosita amalga oshirishga kirishdi. Buyuk Britaniya va AQSH har xil yo'llar bilan bunga to'sqinlik qildilar. Ular bu masalani xalqaro Gaaga sudida hal etmoqchi bo'ldilar. Biroq Eron hukumati bu sud vakolatini tan olmadi. Buyuk Britaniya endi BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qildi. Xavfsizlik Kengashi Eron neftini xalqaro kom- paniya ixtiyoriga berish to'g'risida qaror qabul qildi. Biroq Mossodiq bu qarorni rad etdi. U Eron nefti Eronning milliy boyligi ekanligini, uni milliylashtirish Eronning ichki ishi ekanligini ta’kidladi. Bunga javoban Buyuk Britaniya Eronga nisbatan iqtisodiy qamal tashkil etdi. Eron hukumati esa Buyuk Britaniya bilan diplomatik munosabatlarini uzdi. Shoh boshchiligidagi ichki g'arbparast kuchlar Buyuk Britaniya va AQSH ning qo'llab-quwatlashiga tayanib 1953-yilning 19-avgustida davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Unga general Zohidiy rahbarlik qildi. Shoh uni bosh vazir etib tayinladi. Barcha siyosiy partiyalar, tashkilotlar, Mossodiq siyosatini qo'llab-quwatlagan vaqtli matbuot nashrlari tor-mor etildi. Shu tariqa Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy o'z mavqeini mustahkamlab oldi. Yangi hukumat 1954-yilda Xalqaro neft konsorsiumi bilan shartnoma imzoladi. (Unda AQSH va Buyuk Britaniya neft kompaniyalari yetakchi mavqega ega edi). Shartnomaga ko'ra, Eron nefti 25 yil muddat bilan (1979-yilgacha) shu konsorsium ixtiyoriga berildi. Konsorsiumning neft qazib chiqarishi yildan yilga o'sib bordi. Xususan, 1950-yilda u 32 mln. tonnani tashkil etgan bo'lsa, 1961-yilga kelganda bu ko'rsatkich 57 mln. tonnani tashkil etdi. Ayni paytda, Eron ham neft eksportidan katta daromad topa boshladi. 70-yillar o'rtalariga kelganda bu daromad 20 mlrd. dollardan oshdi. Eron 1955-yilda Bag'dod paktiga (1959-yildan SENTO) a’zo bo'ldi. «Eyzenxauer doktrinasi»ni qo'llab-quwatladi. 1959-yilda AQSH bilan shartnoma tuzib, unga deyarli qaram bo'lib qoldi. Budjetning 40 foizi harbiy maqsadlarga ketdi. Download 298.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling