Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
Download 298.1 Kb.
|
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
Oq inqilob
1955-yildagi qonun bilan Eronda 1000 dan ortiq turli firmalar ish ko'rar edi. Import eksportdan 5 baravar ortdi. Eron mahalliy sanoati sindi. Ko'plab korxonalar yopildi. Eron AQSHdan g'alla sotib oldi. Eron shohi mamlakat taraqqiyotini jadal sur’atlarda tezlatishga, og'ir iqtisodiy ahvoldan qutulishga va mamlakat hayotida g'arbga munosabatlarni qaror toptirishga, to'xtovsiz davom etayotgan norozilik to'lqinlarini bostirishga harakat qildi. Shu maqsadda, 1963-yilning 23- yanvarida quyidagi 6 qonun loyihasi yuzasidan referendum o'tkazildi: 1) Yer islohoti. 2) O'rmonlami milliylashtirish. Yer islohotini moliyalashtirish uchun davlat zavod va fabrikalarini sotish. Ishchilarning korxona foydasidan ulush olishi. 5) Parlamentga saylov to'g'- risidagi qonunga o'zgartirish kiritish. 6) Savodsizlikka qarshi kurashish uchun «maorif korpusi» tuzish. Shoh bu islohotlar ahamiyatini inqi- lobga tenglashtirdi va uni «oq inqilob» deb atadi. Sanoat ishlab chiqarishining yillik o'rtacha o‘sish sur’ati 10—15 foizni tashkil etdi. Islohot natijasida Eron agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. Ayollarga erkaklar bilan teng saylov huquqi berildi. Hayotga Yevropacha tus berila boshladi. Mamlakat G'arb dunyosining bir qismiga aylandi. Biroq islohot xalqning turmush darajasini yaxshilamadi. Chunki Eron jamiyati agrar islohotga tayyor emas edi. Buning ustiga, islohot juda tez sur’atlar bilan o'tkazila boshladi. Aholining ongi esa buni o'ziga singdira olmadi. Chunki iqtisodiy islohot dastlab aholi turmush darajasini pasaytirib yuborishi tabiiydir. Bundan tashqari, islohot aholining ma’lum tabaqasini haddan tashqari boyitib yubordi. O‘n millionlab odam- lar esa tobora kambag‘allashdi. Jamiyatdagi bu o'zgarishlar aholi ko'z o‘ngida islom an’analaridan, asrlar osha davom yetib kelayotgan turmush tarzidan voz kechishdek gavdalandi. Xalq noroziligi kuchaydi. Xalqqa qarshi maxfiy politsiya (SAVAK) tashkil etildi. Uning yerto'lalarida 380 mingdan ortiq eronliklar yo‘q qilindi. Bu hodisa G'arbcha tamoyillar asosida o'tkazila- yotgan islohotlarga boshdanoq qarshi bo'lgan ruhoniylarga qo‘l keldi. Diniy mutaassiblik aholi ongini chulg'ab olgan jamiyatda ruhoniylarning mavjud hukmron doiralarga qarshi turishi ular uchun juda katta xavf tug'dirar edi. Shoh hukumati muxolifat kuchlarga qarshi repressiyani kuchaytirdi. Bu hoi shohga qarshi kurash harakatini vujudga keltirdi. Harakatni islomning shia oqimi ruhoniylari boshqardi. Ularning rahnamosi Eronning oliy diniy arbobi Oyatullo Ruhullo Musovi Xumayniy edi (1898— 1989). U ham shoh repressiyasiga duchor etilgan edi (1964-yil). Inqilob arafasida Parij shahrida yashardi. Eron inqilobi Eron aholisining juda katta qismi shohga qarshi kurashga qo‘shildi. Armiyaning katta qismi shohni qo'llab-quvvatlamay qo'ydi. Natijada 1979-yilning 16-yanvarida shoh mam- lakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi.11-fevral kuni esa umumiy qurolli qo‘zg‘olon boshlandi, armiya ham qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tdi. Shu tariqa Eronda inqilob g‘alaba qildi. Bu inqilob islom inqilobi edi. 15-fevral kuni Oyatullo Xumayniy Tehronga qaytib keldi. U «islom inqilobirting rahnamosi» deb e’lon qilindi. Mamlakat ruhoniylari yangi hukumat tuzdilar. 1979-yilning 1-aprelida davlatning rasmiy nomi o'zgardi. Endi, u Eron Islom Respublikasi deb ataladigan bo‘ldi. Ayni paytda yangi konstitutsiya ham qabul qilindi. Konstitutsiya Oyatullo Xumayniyni umrbod mamlakatning oliy siyosiy va diniy rahbari deb e’lon qildi. Hatto mamlakat prezidenti ham unga bo‘ysunar edi. 1979-yilda Tehronda AQSH diplomatlari garovga olindi va 1981-yil yanvarida Eron AQSH bitimidan keyin ozod qilindi. 1980-yilda mamlakat prezidenti va parlamenti (majlis) saylandi. Diniy bo‘lmagan hamda milliy partiyalar faoliyati taqiqlandi. Garchand Eron ham ko‘p millatli davlat bo‘lsa-da, Oliy rahbariyat barcha musulmonlarning tengligini ro'kach qilib, mamlakatda milliy masala tan olinmasligini ta’kidladi. Shu tariqa yangi rahbariyat ichki siyosatda jamiyat va davlat hayotini to‘la islomlashtirish siyosatini yurita boshladi. Ichki muxolifatni tugatish maqsadida Xumayniy «islom madaniy inqilobi»ni e’lon qildi. Bu hoi hukmron doiralar o‘rtasida ham kelishmov- chilik keltirib chiqardi. Mamlakatning birinchi Prezidenti Banisadr Xumayniy atrofidagilarning ekstremistik harakatlariga qarshi chiqdi. Oxir- oqibatda u mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. Download 298.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling