Ma`ruza № Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati. Analitik kimyo usullarining sinflanishi. I va II- guruh kationlari tavsifi


Analitik kimyoning maqsad va vazifalari


Download 1.42 Mb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415037
1   2   3   4   5
Bog'liq
Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati

1. Analitik kimyoning maqsad va vazifalari

  • 1. Analitik kimyoning maqsad va vazifalari
  • Analitik kimyo moddalar (yoki ularning aralashmalari)ning sifat va miqdoriy tarkibini tekshirish metodlari haqidagi fandir.
  • Analitik kimyoning vazifasi analiz usullarini ishlab chiqarish, ularni amalda qo`llash hamda analitik kimyo metodlarining nazariy asoslarini keng miqyosda o`rganishdan iborat. Аnаlitik хimiyaning аmаliy vаzifаsi mоddаning yoki mоddаlаr аrаlаshmаsining tаrkibini аniqlаshdаn ibоrаt
  • Hozirgi kunda analitik kimyo
  • oldiga ancha murakkab
  • masalalar qo’yiladigan
  • bo’ldi. Endi kimyoviy
  • elementlarning faqat
  • o’zigina emas ularning
  • izotoplarini ham aniqlash
  • talab etilmoqda.

Bugungi kunda, analitik kimyo (analitika) uch tarkibiy
qismdan iborat.
Kimyoviy sifat tahlil-tahlil etiluvchi modda tarkibidagi element, ion, atomlar guruhi, molekulalami ochish, ya’ni mavjudligini isbotlashdan iboratdir.
Kimyoviy miqdoriy tahlil moddaning miqdoriy tarkibini aniqlash, ya’ni aniqlanuvchi modda tarkibidagi elementlar, ionlar, atomlar, atom guruhlarining miqdorini aniqlashdan iborat.
Tahlilni uskunaviy (fizik va fizik-kimyoviy) usullarida modda (eritma)ning fizik xossalarini uning sifat va miqdoriy tarkibiga bog'liqligidan foydalaniladi.
Analitik kimyo(analitika)da—moddalarning element, funksional, molekular va fazaviy holatlari tahlil etiladi.
Element tahlilda — modda tarkibida qanaqa elementlar va qanday nisbatlarda borligi aniqlanadi.
Funksional tahlilda — turli funksional guruhlar masalan, amino NH2, nitrito NO2, karbonil C = O, karboksil COOH, gidroksil OH, nitril CN va boshqa guruhlar borligi ochiladi va aniqlanadi.
Molekular tahlilda tahlil etiluvchi modda tarkibidagi molekulalar ochiladi va murakkab moddaning molekular tarkibi aniqlanadi, ya’ni tahlil etilayotgan obyekt qanaqa molekulalardan va qanday nisbatlarda tarkib topganligi aniqlanadi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling