Fazaviy tahlilda — tahlil etilayotgan tizimning fazaviy tarkibi (qattiq, suyuq, gazsimon) ochiladi va aniqlanadi.
Analitik kimyo muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Deyarli barcha qonunlar analitik kimyo metodlari yordamida topilgan. Turli moddalar, ma`danlar, minerallar, oy tuprog`i, uzoq sayyora va boshqa osmon jismlarining tarkiblari analitik kimyo metodlari orqali aniqlanadi.
Analitik kimyo geologiya, geokimyo, qishloq xo`jaligi, farmosevtika, lak-bo`yoqchilik, neft-kimyo sanoati va xalq xo`jaligining boshqa ko`pgina sohalarda ham muhim ahamiyatga ega.
1. Analitik kimyo fanining qisqacha tarixi. - Analitik kimyodagi ko`pgina metodlar va ularning yo`llari qadim zamonlardan ma‘lum edi. Analitik kimyoning amaliy usullari qadim zamonda dastlabki kimyoviy ishlab chiqarish ehtiyojlari tufayli paydo bo`ldi va rivojlandi. Dastlab, sifat analizi ba'zi tabiiy birikmalarni hususiyatlariga qarab aniqlashdan iborat bo`lgan. Miqdoriy analiz avval tekshirish san'ati deb ataluvchi shaklda paydo bo`ldi, bu yo`l bilan oltin va kumush kabi qimmatbaho metallarning tozaligi (probasi) aniqlanar edi. Bu usullar qo'hna Misr, Yunoniston va Kiev Rusida qo'llanilgan.
- XVII asr o`rtalarida analitik kimyo fan sifatida shakllandi. Mineral, ma'dan va boshqa moddalar tarkibini aniqlashda juda katta qiziqish paydo bo`ldi va shu vaqtda kimyoviy analiz kimyo fanidagi ilmiy tadqiqotning asosiy metodi sifatida qo'llanila boshladi. Kimyoviy analizning daslabki umumiy tushunchalar Boyl (1627-1691 y. ingliz) tomonidan XVII asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqildi. Boyl eritma bilan ishlash reaksiyalarini va boshqa muhim yangi usullarni taklif etdi.
- Kimyoviy analizda birinchi bo`lib tarozini qo'llashni M.V.Lomonosov (1711-1765 yillar, rus) tomomnidan muttasil amalga oshirildi. U tomonidan gaz analizining asoslari yaratildi, kristallarining shakli bo`yicha sifat analizini bajarishda mikroskopni qo'llash taklif qilindi. T.Ye.Lovits (1756-1804 yillar, rus) XVIII asr oxirida kristallarning shakli bilan ularning kimyoviy tarkibi orasidagi bog`lanishni aniqladi va mikrokristalloskopik analiz metodiga asos soldi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |