Maruza – “geofizika” faniga kirish. Geofizika fanining maqsadi reja: Geofizika fanni, vazifasi. Geofizikaning boshqa fanlar bilan aloqsi. O’zbekiston hududida geofizika fannining vujudga kelishi. Geofizika
Download 128.12 Kb. Pdf ko'rish
|
1- maruza
Maruza – 1. “GEOFIZIKA” FANIGA KIRISH. GEOFIZIKA FANINING MAQSADI Reja: 1. Geofizika fanni, vazifasi. 2. Geofizikaning boshqa fanlar bilan aloqsi. 3. O’zbekiston hududida geofizika fannining vujudga kelishi. Geofizika — Yer sharining umumiy fizik xossalarini, uning qattiq, suyuq va havo qatlamlaridagi jarayonlarni oʻrganadigan fanlar majmui. Uchta katta boʻlim: Yer fizikasi, gidrofizika va atmosfera fizikasidan iborat. Geofizikaning xususiy usullari xilma-xil boʻlib, ular qattiq, suyuq va havo qatlamlarining xususiyatlarini oʻrganish bilan bir-biridan farq qiladi Геофизика фани геология, геодезия, география, геокимё, физика ва астрономия фанларига яқин. . Ер физикаси Ернинг тузилишини ўрганади. Геофизик тадқиқот усуллари Ер пўстининг геологик тузилишини ўрганади унинг асосий мақсади фойдали қазилмаларни излаш ва разведка қилиш, турли амалий масалаларни ечиш (масалан, турли муҳандислик геология масалалари). Геофизика фани физик майдонлар ва ҳодисаларни ўрганиш, таҳлил қилиш усулларига асосланган. Физик майдонларни Ер юзасида, тоғ қазилмалари, бурғи қудуқлари, уммон, атмосфера ва коинотда ўрганиш мумкин. Фаннинг мақсади - геологик кесим тузилиши тўғрисида маълумотлар олиш мақсадида фойдали қазилмаларнинг истиқболлилиги тўғрисида хулоса чиқариш. Физик майдон деганда, Ер ёки унинг маълум бир қисмидаги физик параметрларнинг қийматларини тушунамиз. Геологик нуқтаи назардан олиб қараганда, ҳар хил тоғ жинслари, яхлит тузилмалар, бир жинсли табақалар, маъданли жисмлар турлича физик хусусиятларга эга. Масалан, электр ўтказувчанлик, магнит қабул қилувчанлик, сейсмик тўлқинларнинг турлича тарқалиши ва ҳоказо. Ҳар бир тоғ жинси атрофдаги муҳитда ҳар хил физик хоссаларнинг таъсири натижасида физик майдонлар ҳосил қилади. Ҳар бир тоғ жинси атрофдаги муҳитда (ташқи майдонлар) ва ўз ичида (ички майдонлар) бир қатор физик майдонларни яратади. Ташқи майдонларнинг параметрларини ўлчаб, майдон манбаси тўғрисида маълумотлар олиш имконини беради. Физик майдонлар ҳам табиий, ҳам сунъий бўлиши мумкин. Табиий физик майдонлар табиатнинг яратиши билан боғлиқ – гравитацион (тортишиш майдони, оғирлик кучи майдони), магнит, электр, электромагнит, зилзила натижасида ҳосил бўлган сейсмик тўлқинларнинг тарқалиш майдони, радиоактив нурланиш, термик майдон бўлади. Сунъий физик майдонлар инсоннинг табиатга таъсири билан боғлиқ – электр, электромагнит, зарба ёки портлатиш натижасида ҳосил бўлган сейсмик тўлқинларнинг тарқалиш майдони, термик (иситиш ёки совутиш майдони), сунъий радиоактив нурланиш майдони. Geofizikaning bevosita Yerni oʻrganish bilan shugʻullanadigan qismi amaliy va umumiy boʻlimlardan iborat. Amaliy Geofizikaga elektr razvedka, seysmik razvedka, gravimetrik razvedka, magnitrazvedka, radiometriya usullari kiradi; ular foydali qazilma konlarini qidirishga karatilgan. Umumiy Geofizika esa Yerning ichki, ustki qatlamlaridagi fizik maydonlar va jarayonlarni oʻrganadi. Umuman Geofizikaning ayrim sohalari bilan ilmiy nuqtai nazardan shugʻullanish 16-asr oxirlaridan boshlangan. 19-asr oʻrtalarida Geofizika mustaqil fanga aylandi, 20-asr 40—60 yillariga kelib izchil sistema sifatida shakllandi. Oʻzbekistonda Geofizikaning vujudga kelishi 1867-70 yillarda Toshkentda fizik rasadxona ochilishi bilan boshlandi. Geomagnit oʻlchashlar 1871 yildan marshrutlar boʻylab oʻtkazilgan, 1877 yildan esa muntazam ravishda rasadxonada olib borilgan. 1901 yilda Toshkentda Oʻrta Osiyoda birinchi seysmik stansiya ochildi, 1928 yilda magnit rasadxona tashkil etildi. 1930-40 yillarda Oʻzbekistan barcha hududlarining magnitometrik va gravimetrik haritalari tuzildi. Atmosfera fizikasi sohasidagi dastlabki muhim natijalar 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida olindi. Birinchi marta atmosfera sirkulyatsiyasi, siklonlarning taraqqiy etish nazariyalari ishlab chiqildi. 20-asr 40-yillari oʻrtalaridan boshlab Geofizikaga doyr ishlar kompleks rivojlana boshladi. Gaz va neft chiqishi ehtimoli bor joylar oʻrganildi (Yu. N. Godin, B. P. Lebedev, I. I. Kreynes, M. V. Muxin va b.). Rudaga boy joylarning oʻrganilishi natijasida Buxoro — Xiva hududida, Fargʻona va Surxondaryo vodiylarida qimmatbaho qazilma boylik konlari aniqlandi. 40-yillar oxiridan boshlab chuqur seysmik zondlashning nuqta usulini qoʻllab izlanishlar oʻtkazildi. 50-yillar oxirida uzluksiz profillash tartibidagi chuqur seysmik zondlash usuli ishlab chiqildi va Oʻrta Osiyoning koʻp qismida shu usuldan keng foydalanildi. 50-60-yillar oʻrtalarida neft va gaz konlarini izlash bilan birga chuqur parmalash loyihalari tayyorlandi (B. B. TalVirskiy, I. S. Volvovskiy, A. M. Kolpakov, T. L. Bobojonov, V. V. Rubo va boshqa). Kibernetika fanining taraqqiy etishi, Yer sunʼiy yoʻldoshlarining uchirilishi Geofizika fanining jadal rivojlanishiga sabab boʻldi. Geofizik tadqiqotlar geofizik hodisalarni bevosita kuzatishlar natijalariga asoslanib, maxsus asbob va usullardan foydalanib bajariladi. Bunday ishlar gidrometeorologiya stansiya tarmoqlari, Geofizika rasadxonalari, magnit rasadxona, Yer sunʼiy yoʻldoshlarini kuzatish punktlari, seysmik stansiyalar va b.da olib boriladi. 60-yillardan boshlab Geofizikaning seysmologik, paleomagnetizm va boshqa usullari qoʻllanib, Oʻzbekistonni seysmik xavflilik jihatidan r-nlashtirish, Yer poʻsti qatlamlarini geologik yoshini aniqlash ishlari olib borildi. Natijada geologik, tektonik va b. maʼlumotlarni ham tahlil qilib, Oʻzbekistonning seysmik r- nlashtirilgan haritalari (1966, 1978) tuzildi. Mazkur haritalardan qurilish ishlarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan meʼyoriy hujjat sifatida foydalanib kelinmoqda. 1966 yil 26 aprelda yuz bergan Toshkent zilzilasidan soʻng Geofizikaning ayrim usullari Oʻzbekistonda keng miqyosda qoʻllanila boshladi. Jumladan, Toshkent , Fargʻona , Qizilqum geodinamik poligonlari tashkil qilinib, bu joylarda seysmologik, magnitometrik, elektrometrik, gravimetrik usullar bilan zilzilalarni oldindan bilish (prognoz qilish) muammosi boʻyicha izlanishlar olib borildi. Yer poʻstidan tarqaladigan elektromagnit impuls lar va atmosferadagi ionosfera tok qatlamlarining holatini oʻrganish kabi usullar ham oldindan bilish muammosini yechish yoʻlida qoʻllanila boshladi. Ushbu soʻnggi ikki usul zilzilalarni oldindan bilish maqsadida dastlab Oʻzbekistonda qoʻllanildi. Geofizikada bu yoʻnalishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan yangi natijalar olindi. Jumladan, Yer magnit maydonida kuzatilgan oʻzgarishlar orqali 1978 yil 2 noyabrdagi Olay, 1982 yil 6 maydagi Chimyon, elektromagnit impuls larining oʻzgarishi boʻyicha esa 1976 yil 17 maydagi Gazli, seysmik usul yordamida 1984 yil 18 fevraldagi Pop zilzilalarining vaqti, joyi va kuchi bashorat qilindi. Bu natijalar shu sohada dunyo miqyosida birinchi marotaba olingan ilmiy-amaliy yutuqlar boʻldi (F. O. Mavlonov, V. I. Ulomov, Q. N. Abdullabekov, S. S. Husamiddinov, S. X. Maksudov va b.). Geofizikaning seysmologik, elektrometrik, geologik, gidrogeologik usullarning majmui asosida 1966— 98 yillarda Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Samarkand kabi 20 dan ortiq shahar, yirik sanoat qurilish obʼyektlari uchun mikrorayonlashtirish haritalari yaratildi va xalq xoʻjaligiga qoʻllash uchun joriy etildi. 1970 yildan boshlab Yer poʻsti va yuqori mantiyasini urganishda chuqur seysmik zonalash, seysmologiya, gravimetrik razvedka, elektr razvedka, magnit razvedka usullaridan foydalanildi (Ye. M. Butovskaya, F. X. Zunnunov, V. A. Pak, T. Ye. Ergashev va b.). Zilzilalar, portlash vujudga keltiradigan toʻlqinlarni yalpi qayd qilish usuli bilan Pomir — Himolay xalqaro loyihasi buyicha Italiya, Hindiston, Pokiston olimlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib borildi (I. H. Hamroboyev, Ye. M. Butovskaya, T. L. Bobojonov). Yer poʻstining har xil chuqurliklarida roʻy beradigan fizik, mexanik jarayonlarning tabiati murakkab ekanligi eksperimental Geofizikani tashkil qilish va rivojlantirishga sabab boʻldi. Xususan. togʻ jinslari namunalarining magnit, elektr, toʻlqin oʻtkazish va b. fizik xususiyatlari lab. sharoitida har xil bosim va temperatura taʼsirida oʻrganildi (M. X. Boqiyev, S. X. Maqsudov va boshqa). Olingan natijalar kuchli zilzilalar tabiatini aniqlash, ularning tayyorlanish jarayoni nazariyasini yaratish va zilzilalarning magnit, elektr, elektromagnit maydonlarda paydo boʻlgan darakchilarini tahlil qilishda foydalanildi. Oʻzbekistonda Geofizikaga doir ilmiy tadqiqotlar ishlari Oʻzbekiston Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi, Geodeziya, haritagrafiya va kadastrlar boshqarmasi, "Oʻzbekneftegaz" xolding korloratsiyasi, Oʻzbekiston FA Geologiya va geofizika va Seysmologiya institutlari, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekistan milliy universiteti, Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida olib boriladi. Download 128.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling