1. Tabiiy resurslar / Gidrometeorologiya. Seysmologiya
Download 93.32 Kb.
|
1 2
Bog'liq606 09.08.2017
[OKOZ: 2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari] [TSZ: 1.Tabiiy resurslar / Gidrometeorologiya. Seysmologiya; 2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida (qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi PQ-3029-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq; Oldingi tahrirga qarang. (1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son) Oldingi tahrirga qarang. (1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) 2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizom (ustav)larni tasdiqlasin; tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2017-yil 9-avgust, 606-son Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qaroriga 1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Oldingi tahrirga qarang. 2. Vazirlik tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, gidrometeorologiya, seysmik kuzatuvlar, kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni bexatar ishlatilishini, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish ishlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) 3. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi. Oldingi tahrirga qarang. 4. Markaziy apparat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi), Gidrometereologiya xizmati markazi, Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, shuningdek idoraviy bo‘ysunuvdagi boshqa tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona tizimini tashkil etadi. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) 5. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga,shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 6. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 7. Vazirlikning belgilangan tartibda, o‘z vakolati doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusdagi qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi. 8. Vazirlikning harbiy xizmatchilari harbiy xizmatda bo‘ladilar. Oldingi tahrirga qarang. Vazirlik harbiy xizmatchilari va xodimlari (Gidrometeorologiya xizmati markazi xodimlaridan tashqari) xizmatni o‘tash, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va maishiy xizmat ko‘rsatilishi,barcha ta’minot turlari bilan ta’minlanishi, ularning huquqlari va imtiyozlari masalalarida, shu jumladan ularning oila a’zolari ham, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli toifadagi harbiy xizmatchilari va xodimlariga tenglashtiriladi. (8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) 9. Vazirlik tizimining harbiy xizmatchilari va xodimlarining moddiy-texnik ta’minoti va mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar, Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning o‘z daromadlari, budjetdan tashqari daromadlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 10. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi yozilgan muhrga va blankalarga, ramzga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida g‘aznachilik hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 11. Vazirlik Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 4-uy, 100084 manzilida (pochta manzilida) joylashgan. 2-bob. Vazirlikning asosiy vazifalari va funksiyalari 12. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: Oldingi tahrirga qarang. tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan bexatar foydalanish, suv inshootlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; (12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni ta’minlash; aholiga fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga xavf-xatar tug‘ilganda kompleks yordam ko‘rsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada o‘zaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish; favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini (keyingi matnlarda — FVDT) hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasini rivojlantirish va boshqaruvini ta’minlash; favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, mazkur sohada gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar olib borish; aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarning davlat zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish; Oldingi tahrirga qarang. favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mamlakat aholisi va hududlarini muhofaza qilish, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan foydalanish xavfsizligini samarali nazorat qilish, suv havzalarida aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tayyorlash, o‘tkazish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar hamda maqsadli ilmiy-texnika dasturlar ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish; (12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda, aholini, mansabdor shaxslarni hamda FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tizimli tayyorlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish; yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, gidrometeorologik va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish. Oldingi tahrirga qarang. daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish. (12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son) Oldingi tahrirga qarang. ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, turar-joy fondi, shuningdek, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlarida qurilish, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash ishlarini bajarish. (12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son) 13. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Oldingi tahrirga qarang. a) tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan bexatar foydalanish, suv inshootlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: (13-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkillashtiradi; O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi: Oldingi tahrirga qarang. fuqaro muhofazasi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, gidrometeorologiya, seysmoprognostik monitoring va seysmologik kuzatuvlar, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish sohasida normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; (13-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) quyidagilar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi: tinchlik va harbiy davrda fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish; favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi, seysmik xavf bo‘yicha respublika hududlarini rayonlashtirish, tabiiy ofatlar, shuningdek texnogen avariya va halokatlar manbasining rivojlanish xavfini aniqlash va chuqur tahlil qilinishini ko‘zda tutgan favqulodda vaziyatlarni prognozlash va monitoring qilish tizimini takomillashtirish; davlat gidrometeorologik kuzatuvlar tizimini, iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini gidrometeorologik ta’minlashni rivojlantirish va takomillashtirish; Oldingi tahrirga qarang. (13-bandning “a” kichik bandi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) seysmologik monitoring tarmog‘ini rivojlantirish; suv obyektlarida odamlar xavfsizligini ta’minlash; Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat sirini, xizmat axborotlarini muhofaza qilishga, maxsus aloqani rivojlantirishga doir tadbirlarni o‘tkazishni ta’minlaydi; Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi; b) favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni ta’minlash sohasida: favqulodda vaziyatlar xavfi va tahdidlari omillarini oldindan aniqlashning maqsadli hamda ilmiy-texnik dasturlari bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirilishi va bajarilishini ta’minlaydi; aholining hayoti va sog‘lig‘i, ularning mulkiga bo‘lgan xavflarni barvaqt profilaktika qilish va oldini olish, hayot faoliyatini ta’minlovchi obyektlar mustahkamligini oshirish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarning yuzaga kelishi sabablarini barvaqt aniqlash, ularni bartaraf etishning aniq choralarini ko‘rish, ushbu sohada aholining xabardor qilinishi darajasi oshirilishini ta’minlaydi; avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar haqida o‘z vaqtida xabardor qiladi va ularning oqibatlarini yengillashtiradi; v) aholiga fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga xavf-xatar tug‘ilganda kompleks yordam ko‘rsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada o‘zaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish sohasida: favqulodda vaziyatlar xavfi va tahdidi bartaraf etilishini, aholining hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda ularga o‘z vaqtida va kompleks yordam berilishini ta’minlaydi; xalq bilan, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan muloqotni kengaytiradi va kuchaytiradi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi; Vazirlik vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning qabul qilinishi va murojaatlari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi hamda ular bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda tegishli choralarni qabul qiladi; respublikaning barcha hududlarida tizimli ravishda profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek aholi bilan keng ko‘lamli muloqot olib boradi hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarida yuzaga kelgan muammolarni hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlaydi; favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda aholini avtomatik tarzda xabardor qilish tizimi yaratilishini va boshqarilishini muvofiqlashtirib boradi; aholini katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarida favqulodda vaziyatlar oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar xavfi to‘g‘risida xabardor qiladi; FVDT va fuqaro muhofazasini xabar berish tizimi, aloqa, avtomatlashgan boshqaruv tizimi va axborotlar bilan ta’minlashning doimiy tayyor holatda bo‘lishi tashkil etilishini ta’minlaydi; favqulodda vaziyatlar xavfi yoki yuz berganligi to‘g‘risida aholini xabardor qilish hamda lokal va obyekt darajasida xabar berish tizimi ishlarini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi; respublikaning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, muassasalar va aholini yuz bergan va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar va iqlim o‘zgarishi, atrof muhitning zararlanganlik darajasi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli va ofatli gidrometeorologik jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi; aholini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish maqsadida mavjud barcha ommaviy axborot vositalari va teleradio eshittirish kanallaridan belgilangan tartibda foydalanadi; aholini fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, suv obyektlarida aholining xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha bilimini oshirishni tashkil etish va boshqa davlat organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarga uslubiy rahbarlik qiladi; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishni tashkillashtirish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llaydi; jamoat birlashmalarini hamda tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lgan alohida fuqarolarni, shu jumladan, xorijiy fuqarolarni, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini o‘tkazishga belgilangan tartibda jalb qilish ishlarini tashkillashtiradi; g) favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasini rivojlantirish va boshqaruvini ta’minlash sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyatini boshqaradi va davlat nazoratini amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi; qutqaruv xizmatlarini, qutqaruv tuzilmalarini tashkil etish, tayyorlash va doimiy shay holda bo‘lishini, favqulodda vaziyatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish va tugatish ishlarini muvofiqlashtiradi; Oldingi tahrirga qarang. davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan kuch va vositalarni joylashtirish va jihozlanishini belgilaydi; (13-bandning “g” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son) to‘g‘ridan to‘g‘ri va operativ bo‘ysinuvdagi qutqaruv tuzilmalar tomonidan qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni, vazirlik tizimiga kiruvchi, shuningdek ularni amalga oshirishga jalb etiladigan boshqa qutqaruv tuzilmalarning o‘qitilishini tashkil etadi; katta ko‘lamli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, ushbu maqsadlar uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalarni yaratish va shayligini ta’minlash ishlariga rahbarlik qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqaro muhofazasi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etadi; hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va tuzilmalari tomonidan fuqaro muhofazasi tadbirlari amalga oshirilishiga bevosita rahbarlik qiladi, ularning safarbarlik tayyorgarligini rejalashtiradi va tashkil etadi; fuqaro muhofazasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, fuqaro muhofazasi tizimini shay holga keltirish va xabarlashni tashkillashtirish bo‘yicha direktiv hujjatlarni ishlab chiqadi; fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining jangovar va safarbarlik shayligini ta’minlaydi; fuqaro muhofazasi harbiy qismlari va tuzilmalarini boshqarishni tashkil etadi; fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, davlat boshqaruvi organlari, qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan harbiy qo‘shinlar va tuzilmalarning hamkorligini muvofiqlashtirib boradi; fuqaro muhofazasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan qurol-yarog‘, texnika, himoya va boshqa moddiy-texnik vositalar bo‘yicha davlat buyurtmasi loyihasini tuzadi; aholining radiatsion, kimyoviy va biologik (bakteriologik) muhofazasi tashkil etilishi, panagohlar va fuqaro muhofazasining boshqa obyektlar yaratilishi va doimiy tayyorgarligini ta’minlash yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; fuqaro muhofazasi shaxsiy himoya vositalarini tekshirish va sinash, radiatsion razvedka o‘tkazishga mo‘ljallangan asboblarni qiyoslash va kalibrovka qilishni o‘rnatilgan tartibda amalga oshiradi; o‘z vakolati doirasida FVDT va fuqaro muhofazasining safarbarlik bo‘yicha moddiy-texnik va inson resurslari kuchlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish tadbirlarini amalga oshiradi; tegishli davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasi va chet davlatlar aholisiga belgilangan tartibda muruvvat yordami shakllantirilishi va yetkazib berilishini tashkil qiladi; favqulodda vaziyatlar hududidagi ishlarga jalb qilingan Vazirlik, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarining xavfsizligini ta’minlash, talofat hududiga Vazirlik tomonidan olib kelingan yuklarni, shu jumladan muruvvat yordami saqlanishini ta’minlaydi; d) favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, mazkur sohada gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar olib borish sohasida: zilzila, ko‘chki, sel, suv bosishi, suv toshqini, qor ko‘chkisi va boshqa tabiiy ofatlar, shuningdek texnogen xususiyatli avariya va halokatlarni nazorat qilish va prognozlash tizimining rivojlanishini muvofiqlashtirib boradi; atrof muhitning holati, xavf manbai yuqori bo‘lgan obyektlar va chegaradosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish yuzasidan rahbarlikni amalga oshiradi; atrof muhit (atmosfera, tuproq va ochiq suv havzalardagi suvlar)ning ifloslanganligini, daryolar atrofida suv toshqini xavfini monitoring qilishni, gidrologik rejimga amalga qilinishini hamda gidrometeorologik ma’lumotlarni tayyorlash, atrof muhitning ekstremal yuqori darajada iflosganligi haqida ogohlantirishni ta’minlaydi; gidrometeorologik xavfli jarayonlarni kuzatish va prognozlash, sel va qor ko‘chkisiga qarshi choralar ko‘rilishi lozim bo‘lgan hudud va joylarni aniqlashni ta’minlaydi; Oldingi tahrirga qarang. manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni prognozlash uchun avtomatlashgan xabarlash tizimini yaratishni, respublikaning barcha hududini qamrab oladigan favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha geografik ma’lumotlar tizimi, shuningdek tabiiy va texnogen xavfli joylarning davlat kadastri olib borilishini ta’minlaydi; (13-bandning “d” kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, almashish va berilishini ta’minlaydi; tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi natijasida, shu jumladan atrof muhitga yetkazilgan moddiy zararni hisoblash usulini ishlab chiqishni tashkil etadi; e) aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarning davlat zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish sohasida: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; respublika rahbariyatining topshirig‘iga asosan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, tashkilotlar tomonidan sel, qor, yer ko‘chkisi hududlari, suv bosish ehtimoli mavjud hududlardan aholini ko‘chirish, ular uchun yangi yashash hududlarida zarur bo‘lgan ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, shuningdek turar-joylar qurilishini, ushbu hududlardan ko‘chirilgan fuqarolar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalar barpo etilishini; favqulodda vaziyatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfli hududlar (uchastka, joylar)dan aholini evakuatsiya qilish, shuningdek ularga yangi yashash joylarida zarur bo‘lgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqarolarni muhofaza qilish sohasidagi qonun talablari bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi; vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, tashkilotlar tomonidan halokatlardan jabr ko‘rgan yoki favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tibbiy muhofaza qilinishi va ushbu sohada tadbirlar amalga oshirilishi nazorati bo‘yicha tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi va faoliyatini muvofiqlashtiradi; hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning tezkor navbatchilar guruhi bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, obyektlar va boshqa tashkilotlar navbatchi dispetcherlik xizmatlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi va boshqaruvini ta’minlaydi; tegishli vazirliklar va idoralar bilan yirik va o‘ta muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati va xavfsiz ishlashi bilan bog‘liq hodisalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; aholini zarur bo‘lgan birinchi navbatdagi moddiy boyliklar bilan ta’minlash va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan maxsus tuzilmalarni jihozlash uchun idoraviy, moddiy boyliklar zaxirasini yaratadi; Oldingi tahrirga qarang. j) favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mamlakat aholisi va hududlarini muhofaza qilish, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan foydalanish xavfsizligini samarali nazorat qilish, suv havzalarida aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tayyorlash, o‘tkazish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar hamda maqsadli ilmiy-texnika dasturlar ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish sohasida: (13-bandning “j” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) favqulodda vaziyatlarning oldini olish, insonlar xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlari, boshqa tashkilotlarning faoliyati barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilishda yuzaga kelayotgan muammolar, gidrometerologiya va seysmoprognostik monitoring bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazishni va moliyaviy jihatdan ta’minlanishini, mavjud qutqaruv vositalarini takomillashtirish va yuqori darajadagi yangilarini yaratish, ularni amalga oshirish uchun maxsus-texnik vositalarni yaratish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyati barqarorligini oshirishni tashkil etadi; fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish talablariga rioya qilinishi bo‘yicha shaharsozlik hujjatlari va obyektlarni qurish loyihalarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishida qatnashadi; Oldingi tahrirga qarang. insonlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida respublikaning barcha suv havzalarida kichik hajmli kemalar va ularning to‘xtash joylaridan to‘g‘ri foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi; (13-bandning “j” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) potensial xavfli obyektlar va ular chegarasidagi hududlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni, ularning ko‘lami va oqibatlarini prognozlashning nazoratini ta’minlaydi; favqulodda vaziyatlarda aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek turar joyi binolari va iqtisodiyot obyektlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishni nazorat qiladi; Vazirlik faoliyati sohasiga oid maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirishda belgilangan tartibda davlat buyurtmachisi funksiyasini bajaradi; Oldingi tahrirga qarang. kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazadi, kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan, kemalarni qurish, foydalanish, qayta jihozlash va ta’mirlashda ko‘rikdan o‘tkazadi; kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, shuningdek, kemalarni qurish, qayta jihozlash va ta’mirlashni nazorat qiladi; kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalarga kema guvohnomalari va biletlarini, tasniflash guvohnomalarini, suzishga yaroqlilik guvohnomalarini hamda kemachilikni tartibga soluvchi qoidalarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni beradi; kemalarni xavfsiz boshqarishning yangi usullarini tatbiq qilish bo‘yicha kemalarning suzish xavfsizligini oshirishni ta’minlovchi tadbirlarni amalga oshiradi. (13-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son) z) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda, aholini, mansabdor shaxslarni hamda FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tizimli tayyorlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida: FVDT va fuqaro muhofazasi kuchlari respublika va mahalliy organlar mansabdor shaxslarini, mutaxassislarni tayyorlash tizimini tashkil qiladi, rivojlantiradi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha kompleks tadbirlar bajarilishini ta’minlaydi; aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarining fuqarolar, vazirlik, idoralar, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mansabdor shaxslarini, shuningdek umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va ularning oldini olishga tayyorlash bo‘yicha o‘quv-uslubiy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi; aholini, boshqaruv organlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, FVDT bo‘linmalari mansabdor shaxslarini tayyorlash, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatish dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi,tasdiqlaydi yoki kelishadi, qutqaruvchilarni va qutqaruv tuzilmalarini attestatsiyadan o‘tkazadi; ta’lim muassasalarining fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatish, qutqaruvchilarni maxsus tayyorlash kabi masalalar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqadi va kelishadi; favqulodda vaziyatlarning oldini olish, avariyalar va halokatlar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish va ularda harakat qilish, hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga aholi barcha toifasini safarbar etish bo‘yicha aholi o‘rtasida bilimlarning keng tarqatilishini ta’minlaydi; aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llaydi va ulardan keng foydalanilishini ta’minlaydi; i) yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, gidrometeorologik va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida: davlat standartlari, jahon amaliyoti, fan va ta’lim sohasida yo‘nalishlar va innovatsion texnologiyalar talablarini inobatga olib “Aholini favqulodda vaziyatlar xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli yuqori malakali magistr darajasida tayyorlashni ta’minlaydi; Vazirlikning shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilari va fuqaro tarkibini, hududiy va tarkibiy tuzilmalari qutqaruv xizmatlari qutqaruvchilarini, shuningdek FVDT tizimiga kiruvchi boshqa vazirlik va idoralarning mutaxassislari va mansabdor shaxslarini aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi; favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlariga jalb etiladigan qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarni belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi; fuqaro muhofazasi, gidrometeorologik, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni, konstruktorlik ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi; Oldingi tahrirga qarang. kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlaydi. (13-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son) k) favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi, shu jumladan avariyalar va talafotlar oqibatlarini bartaraf etish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ushbu sohalarda chet el tajribasini o‘rganish va tatbiq etish sohasida: Oldingi tahrirga qarang. fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, gidrometeorologiya, seysmoprognostik monitoring, shuningdek avariyalar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish, zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha hamda Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalar bo‘yicha xalqaro munosabatlarni amalga oshiradi, shuningdek ushbu yo‘nalishda xalqaro tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va ommalashtirishni o‘rnatilgan tartibda amalga oshiradi; (13-bandning “k” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalar va kelishuvlarni ishlab chiqishda, tuzishda va bajarishda, shuningdek fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda o‘zaro ma’lumot almashish va yordam berish, qo‘shni davlatlar bilan davlatlararo va chegarada joylashgan suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish masalalarini hal etishda belgilangan tartibda qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra BMT tizimining ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarining va boshqa ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarning markaziy organlarida va mintaqaviy bo‘linmalarida ishlash uchun, ushbu tashkilotlar bilan kelishilgan shartlarda, belgilangan tartibda vakillar yuboradi; l) Vazirlik faoliyatini tashkil etish sohasida; Vazirlikning boshqaruv organlari, qutqaruv va boshqa tuzilmalarining moliyaviy, moddiy va texnik ta’minotini tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan belgilangan tartibda moliyalashtirish, keyinchalik ajratilgan moddiy va moliyaviy resurslarning ishlatilishini nazorat qilishni tashkil etadi; Vazirlik harbiy xizmatchilari va xodimlari(qutqaruvchilari)ning majburiy sug‘urta qilinishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi, ularning, shuningdek oila a’zolarining huquqiy va ijtimoiy himoyasi, sog‘lig‘i muhofaza qilinishini ta’minlaydi; maxsus signallar va aloqa vositalari taniqli belgilar bilan belgilangan tartibda ta’minlangan maxsus transport vositalarga ega bo‘ladi. Oldingi tahrirga qarang. m) daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida: daryolar o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al qazib olish ishlarini olib borish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ular bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olishni ta’minlaydi; daryolar o‘zanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni o‘rganib boradi; shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar o‘zanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shag‘al materiallari hajmining hisobini yuritadi; daryolar o‘zanlarida to‘planib qolgan va tozalanishi lozim bo‘lgan uchastkalar ro‘yxati tayyorlanishini ta’minlaydi; daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlarini amalga oshiradi. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-sonli qaroriga asosan “m” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son) Oldingi tahrirga qarang. n) ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, turar-joy fondi, shuningdek, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlarida qurilish, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash ishlarini bajarish sohasida: buyurtmachi funksiyasini amalga oshiradi va Vazirlikning kapital qurilish va ta’mirlash obyektlarida, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, turar-joy fondi, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari bo‘yicha loyiha qarorlarining samaradorligini ta’minlaydi; ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, turar-joy fondi, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha pudratchi ishlarini amalga oshiradi; qurilish-montaj va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarining sifatli bajarilishiga qaratilgan kompleks tashkiliy va texnik tadbirlarni amalga oshiradi. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qaroriga asosan “n” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son) 3-bob. Vazirlikning huquq va majburiyatlari 14. Vazirlik o‘z zimmasidagi vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: o‘z vakolati doirasida fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, avariyalar, halokatlar, terroristik harakatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun zarur bo‘lgan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan qarorlar qabul qilish hamda ularning ijrosini nazorat qilish; Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rab olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini, Vazirlik faoliyatiga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirish, shuningdek qonun buzilishi holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish; Vazirlik faoliyatining dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun idoralararo muvofiqlashtiruv va maslahatlashuv organlari, ishchi guruh, komissiya (ilmiy, ilmiy-texnik, uslubiy va shu kabilarni) tuzish; Oldingi tahrirga qarang. qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarima va boshqa tushumlar hisobidan Vazirlikning budjetdan tashqari fondini belgilangan tartibda tashkil etish, uning mablag‘larini boshqarish; (14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son) Vazirlik ixtiyoridagi davlat mulkini belgilangan tartibda boshqarish; Vazirlik xizmat majburiyatlarini bajarishda, faoliyatni tashkil etish uchun budjet manbasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri olinadigan mablag‘lar, shuningdek davlat moddiy resurslarini yangilash uchun sotishdan kelib tushadigan mablag‘lar, jarimalar, xayriya mablag‘lari, muruvvat yordam, grant va qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar mablag‘larini tasarruf etish; Oldingi tahrirga qarang. avariya-qutqaruv texnikalarini yaratish, avariyalar va halokatlardan jabrlangan aholi va hududlarni reabilitatsiya qilish ishlarini olib borishda ishlarni bajaruvchilar (firmalar), chet ellik ish bajaruvchilar bilan, shuningdek, Vazirlik zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish; (14-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son) maxsus texnik vositalarni tayyorlash va ushbu vositalarni tayyorlashga buyurtmalar berish, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan radiovositalar, maxsus jihoz va texnika, boshqa texnik vositalarni olish, ularni saqlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish; vazirlik harbiy xizmatchilari, xodimlari va mutaxassislarini, ularning oila a’zolarini, shuningdek pensionerlarining qonunchilik talablari asosida davolash-profilaktik, sanatoriya-kurort va boshqa chora-tadbirlar orqali ijtimoiy himoyasini ta’minlash; Oldingi tahrirga qarang. vazirlik ehtiyojlari uchun kapital qurilishlar, shu jumladan, uy-joy qurilishi, bino va inshootlarni ta’mirlash va qayta ta’mirlash ishlarini olib borish shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlarida; (14-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son) belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus radioaloqa, signal berish vositalari, bayroqchalar, tanish belgilari bilan jihozlangan maxsus rangdagi texnik vositalar, uchish vositalari, havo va suv kemalariga egalik qilish; qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z faoliyatiga mustaqil ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish; Vazirlik faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishga tayyorgarlik ko‘rish va ijrosini ta’minlash haqida belgilangan tartibda takliflar kiritish; chet el mamlakatlarining tegishli tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar va nodavlat tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish; belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish; mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda boshqa viloyatlardagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlariga doimiy shay turadigan hududiy kuch va vositalarni jalb qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish; Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 15. Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega. Vazirlik zarur hollarda boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega. 16. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi. 4-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish 17. Vazirlikni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri (keyingi o‘rinlarda vazir deb ataladi) boshqaradi. Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari bo‘ladi. 18. Vazir: Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; Vazirlik va uning tarkibida bo‘lgan tashkilotlar va tuzilmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari organlarida, shuningdek xalqaro hamkorlik doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda Vazirlik manfaatlarini ifodalaydi; vazir o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlikning alohida ish yo‘nalishlari va uchastkalari, shuningdek bo‘ysunuvidagi tashkilotlarga rahbarlik qilishining belgilangan bo‘yicha vakolati, shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi; xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Vazirlik markaziy apparati shtati va tarkibini tasdiqlaydi, shuningdek ularning tasdiqlangan davri va budjet ajratmalari doirasida xarajatlar miqdorini belgilaydi; buyruqlar, ko‘rsatmalar va direktivalar chiqaradi, Vazirlik tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi; vazirlikning oliy ofitserlari tarkib tomonidan egallanishi mumkin bo‘lgan mansablar ro‘yxati bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi; vazirlik vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolaydi; xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida markaziy apparat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi; markaziy apparat tuzilmalarining nizomlarini, Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning nizom (ustav) larini tasdiqlaydi; harbiy xizmatchilarning lavozimi, shuningdek ushbu lavozimga muvofiq keladigan harbiy unvonlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi; tuzilmalar shaxsiy tarkibining texnika va asbob-anjomlar bilan ta’minlanish me’yorlarini tasdiqlaydi; davlat budjeti hisobidan ajratilgan va belgilangan xizmat resursini o‘tab bo‘lgan moddiy-texnik vositalarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi bo‘yicha hujjatlarni tasdiqlaydi; ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari topshiriqlari, shuningdek obyektlarni, qutqaruv tuzilmalari uchun yangi turdagi texnika va texnik vositalarni loyihalashtirish topshiriqlarini tasdiqlaydi; harbiy xizmatchilarga, polkovnikka qadar hisobga olgan holda, harbiy unvonni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ofitserlar tarkibi uchun belgilangan tartibda va muddatda beradi; vazirlik harbiy xizmatchilarini lavozimlarga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari bilan kelishgan holda hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarini lavozimga tayinlaydi; belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga qabul qiladi; vazirlik vakolatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar qabulini tashkil etadi; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlik tizimida harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi; o‘z vakolatlari doirasida Vazirlik tizimi harbiy xizmatchilari va xodimlari, shuningdek ular oila a’zolarining huquqiy va ijtimoiy muhofazasini ta’minlash masalalarini hal etadi; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oddiy askar va ofitserlar tarkibidan bo‘lgan harbiy xizmatchilarni davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarga xizmat safariga yuboradi; alohida xizmatlari uchun Vazirlik tizimi xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish, shuningdek idoraviy mukofotlarni ta’sis etish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi; Vazirlik harbiy xizmatchilari va xodimlarini belgilangan tartibda xizmat safarlariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuboradi; idoraviy taqdirlash belgilarini ishlab chiqadi, ushbu belgilar va ularning tasviri haqidagi nizomlarni tasdiqlaydi, ular bilan Vazirlik shaxsiy tarkibini, shuningdek fuqaro muhofazasi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlari amalga oshirilishiga ko‘maklashgan fuqarolarni taqdirlaydi; Favqulodda vaziyatlar vazirligini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning bosh tasarrufchisi hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqishi uchun belgilangan tartibda: oliy ofitserlar tarkibining, ular uchun belgilangan lavozimlarga tayinlanishi va ozod etilishi to‘g‘risida; oliy ofitserlar tarkibiga harbiy unvonlar berilishi to‘g‘risida; Vazirlik harbiy xizmatchilari va qutqaruvchilarining kiyim-bosh namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida takliflar kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. 19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tashkil etiladi. Toifalangan tumanlar va shaharlarda — favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tashkil etiladi. 20. Vazirlikni harbiy xizmatchilar bilan jamlash belgilangan tartibda, buyurtmanomalar asosida amalga oshiriladi. Vazirlikning ofitserlar va serjantlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilarini tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining oliy harbiy va maxsus ta’lim muassasalarida va boshqa davlatlarning ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. 21. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), lavozimi bo‘yicha vazir o‘rinbosarlari, Vazirlikning hamda unga qarashli tashkilotlarning, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat tarkibdagi hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi va soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi: Vazirlik faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini amalga oshirish; aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda Vazirlik rahbariyati va boshqa mansabdor shaxslarning ijro intizomi va shaxsiy javobgarligini oshirishni mustahkamlash. Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega. Hay’at qarorlari Vazir buyruqlari bilan amalga oshiriladi. 22. Vazirlik vakolati doirasidagi muhim muammolarni ko‘rib chiqish, tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi, uning tarkibiga tegishli davlat ijro hokimiyati organlari, ilmiy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining vakillari kirishi mumkin. Ilmiy-texnik kengashi tarkibi va uning to‘g‘risidagi Nizom Vazir tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-texnik kengash o‘z faoliyatini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat hamda hududiy komissiyalar bilan yaqin hamkorlikda tashkil etadi. 23. Vazirlikning shaxsiy tarkibi harbiy va maxsus kiyim-bosh formasiga, ramzga va farqlovchi nishonlarga ega bo‘ladi, ularning namuna-etalonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlik texnikalari va transport vositalari uning ramzi tasviri tushirilgan maxsus rangga bo‘yaladi. 5-bob. Moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari 24. Vazirlik shaxsiy tarkibini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 25. Vazirlikning harbiy xizmatchilari va xizmatchilari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minoti me’yorlari, ulardan foydalanish muddati Vazir tomonidan belgilanadi. 6-bob. Yakunlovchi qoida 26. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. (2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son) Oldingi tahrirga qarang. (3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son) Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qaroriga 4-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari Download 93.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling