Ma'ruza № konchilik ishlari texnologiyasi. Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish


Download 201.5 Kb.
bet5/5
Sana08.05.2023
Hajmi201.5 Kb.
#1443311
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma'ruza № 9.

Ko’tarma (vosstayushiy) – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan qiya (ayrim hollarda vertikal) kon laximi bo’lib, asosan ruda konlarini qazib olishda ish joylarini shamollatish, foydali qazilma va boshqa yuklarni yuqoridan pastga, o’z og’irlik kuchi ta'sirida tashishga xizmat qiladi.

9.3- rasm. Qiya stvol qirqimi:
1 – конвейер; 2 – вагонетка
Kamera va qazish laximlari.
Ko’ndalang kesim yuzasiga nisbatan uncha uzun bo’lmagan kon laximlari kamera deb yuritiladi. Kameralar, odatda, stvol atrofida barpo etiladi. Shu sababli kameralar majmuini stvol atrof inshootlari (qo’rasi) deyiladi. Shaxta va rudniklarda kameralarga suv chiqarish qurilmalari, elektrovoz va vagonchalar deposi, yer osti elektr podstantsiyasi, meditsina punkti kabi xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalar joylashtiriladi.
Bevosita foydali qazilma yotqizig’ini qazib olish uchun barpo etiladigan kon laximlari qazish laximlari deyiladi. Qazish ishlari boshlanadigan qazish laximlarining yuzasi kovjoy (zaboy) deb ataladi. Ko’mir shaxtalarida kovjoy katta uzunlikka ega bo’lsa, uni lava deb yuritiladi.
Qazish ishlariga mo’ljallangan burg’i quduqlar (skvajinalar) va kameralar ham qazish laximlari hisoblanadi.
Download 201.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling