Ma’ruza № Mavzu: Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati. Sifat analizi. Analitik kimyo usullarining sinflanishi I va II- guruh kationlari tavsifi


Kationlarning analitik guruhlarga bo‘linishi


Download 53.07 Kb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi53.07 Kb.
#1502345
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu..

Kationlarning analitik guruhlarga bo‘linishi.
Sistemali analiz qilishda ionlar murakkab aralashmadan ayrim - ayrim hollarda emas guruh-guruh qilib ajratiladi. Bunda ularni GURUH REAGENTI deb ataluvchi moddalar, ya’ni ba’zi reaksiyalar ta’siriga bir xil munosabatda bo‘ladigan moddalardan foydalaniladi.
Guruh reagenti bo‘lib ma’lum talablarga javob beradigan reagent xizmat qiladi:
1. U kationlarni amaliy jihatdan to‘liq cho‘ktirishi kerak.
2. Keyingi analizlarni o‘tkazish uchun hosil bo‘lgan cho‘kma kislotalarda oson eriydigan bo‘lishi kerak.
3. Ortiqcha qo‘shilgan reagent eritmada qolgan ionlarni topishga halaqit bermasligi kerak.
Bu talablarga hamma reagentlar ham javob bera olmaydi.
Kationlarni analitik guruhlarga sinflashning bir necha xil sxemalari bor. Ulardan eng qulayi va kengroq tarqalgani sulfidlarning xossalariga asoslangan sinflanishdir.


Kationlarni 5 ta analitik guruhga ajratiladi.

Sulfidlari
suvda eriydi



Sulfidlari suvda erimaydi (yoki ular digan gidroksillari o‘rniga suvda erimay hosil bo‘ladi).



Karbo-natlari
suvda eriydi

Karbo-natlari suvda
erimaydi

Sulfid-lari yoki
ular o‘rniga hosil bo‘ladigan gidroksid-lari suyul-tirilgan kislotalar
da erimaydi.

Sulfidlari suyultirilgan kislotalarda erimaydi.

I guruh

II guruh

III guruh

IV guruh

V guruh

K, Na, NH4,
Mg2 va boshqa-lar .

Ba2,Ca2
Va boshqalar .

A13,Zn2
Cr3,Fe2,
Fe3,Mn2Co2, Ni2 va bosh-qalar.

a)I guruhchaga ta’sirida
sulfidlari tiotuzlar
hosil qilmaydi:
Su2,Cd2Ag, Bi3, Hg2 , Pb2 va boshqalar a) I guruhchaga; ta’sirida sulfidlari
(NH4)2S da
erib, tiotuzlar hosil qiladi:
As5, As3, Sb5 ,
Sn4, Sn2 va boshqalar.

Xloridlari suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydi. Ag, Pb2 Hg va boshqalar.



Reagenti yo‘q

Reagenti
(NH4)2SO3

Reagenti
(NH4)2 S

Reagenti ishti-rokida N2S, HC1

Reagenti HCl

Kationlarni vodorod sulfid bilan ajratish usulida quyidagicha ish ko‘riladi:


1. Avval eritmaga NS1 ning 2 n.li eritmasidan qo‘shib suvda erimaydigan xloridlar AgC1, HgC12, PbC12 beradigan kationlar cho‘ktiriladi.
2. Xloridlar cho‘kma holida ajratib olinganidan so‘ng, xlorid kislotali eritmani ma’lum kislotali muhitga keltirib, vodorod sulfid ta’sir ettirilsa, sulfidlari suyultirilgan kislotalarda erimaydigan kationlarning hammasi cho‘kmaga tushadi. Bularga mis (II), kadmiy (II), simob (II), vismut (II), qo‘rg‘oshin (II), mishyak (II), surma (III) va (V), qalay (II) va (IV) kationlari kiradi.
3. Sulfidlar cho‘kmasini eritmadan ajratib olib, eritmadan keyingi guruh tegishli guruh reagenti - ammiakli muhitda ammoniy sulfid (NH4)2S ta’sirida ajratib olinadi. Bunda sulfidlari kislotalarda eriydigan lekin, suvda erimaydigan kationlari cho‘kmaga o‘tadi. Bularga temir(II) va (III), rux (II), nikel (II), kobalt kationlari kiradi. SHu bilan birga xrom (III), alyuminiy, titan (IV) va kationlarning gidroksidlari ham cho‘kmaga tushadi.
4. Uchinchi analitik guruhning sulfidlari va gidroksidlari ajratib olinganidan so‘ng, ammiakli muhitda (NH4)2CO3 ta’sir ettirib ishqoriy er metallarining kationlari cho‘ktiriladi. CHo‘kmaga karbonatlar BaCO3, SrCO3, CaCO3 tushadi.
5. Ikkinchi guruh kationlari karbonatlari ajratib olingandan so‘ng, cho‘ktirish sharoitida suvda erimaydigan karbonatlar hosil qilmaydigan kationlar eritmada qoladi. Bularga natriy, kaliy, ammoniy va magniy kationlari kiradi.
SHunday qilib, analitik kimyoda kationlarni sinflash ular hosil qiladigan birikmalarining erituvchanligiga va eruvchanligi turlicha bo‘lishiga asoslangan.



Download 53.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling